J izzax politexnika instituti «iqtisodiyot va menejment» kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi» fanidan



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə1/55
tarix07.04.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#94277
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
J izzax politexnika instituti «iqtisodiyot va menejment» kafedra


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
J IZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI


«IQTISODIYOT VA MENEJMENT» KAFEDRASI
« IQTISODIYOT NAZARIYASI » FANIDAN

MA’RUZA MATNI
JIZZAX 2020


Bayzakova D.F « Iqtisodiyot nazariyasi » fanidan Ma’ruza matni – Jizzax: JizPI. – 2020.

Fanning o‘quv dasturi O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil “14” 08 dagi № МД -5230600 sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan.




Tuzuvchi:




D.Bayzakova

JizPI “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi katta o‘qituvchisi;














Taqrizchilar:

Tsoy M.P.

“Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi dotsenti i.f.n.;

Xidoyatov R.

“Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi dotsenti i.f.n.


“ Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan Ma’ruza matni “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasining 2020 yil “___” avgustdagi 1 sonli majlis bayonnomasi bilan tavsiya qilingan
Kafedra mudiri: dots. S.Abdunazarov

MA’RUZA MATNI



1-mavzu

IQTISODIYOT NAZARIYASI FANINING PREDMETI VA BILISH USULLARI

1. Iqtisodiyot va uning bosh masalasi
Insonlarning talab va ehtiyojlari ko‘p va turlichadir. Biologik nuqtayi nazardan olib qaralganda, insonlarga faqat­gina havo, suv, oziq-ovqat, kiyim-kechak va oddiy boshpana bo‘lsa kifoya qiladi. Ammo biz yashayotgan zamonaviy jamiyatda inson­lar o‘z turmush tarzini va yashash sharoitlarini yaxshilash uchun ko‘proq yangi tovar va xizmatlarga talab bildiradi. Endi inson­lar daryodan oqib turgan oddiy suvga emas, balki bejirim idish­larda chiroyli qadoqlangan suv, salqin ichimliklar va sharbat­larga ehtiyoj sezadilar. Кiyinish borasida ham avvalgi eng sodda kiyim-kechaklarni emas, balki yuqori sifatli, bejirim kiyim-boshlarga ega bo‘lishni xohlaydilar, albatta.
Avvalgidek insonlar oddiy uyda emas, balki ko‘p qavatli binolarda, hashamdor imoratlarda kun kechirishni istaydilar. Insonlar ehtiyojining chek-chegarasi yo‘q. Shuningdek, biz o‘zi­mizda kun­dalik hayotimizni yaxshilashga va yengillashtirishga yor­dam bera­digan uy jihozlariga, sifatli ta’lim olishga, ishonch­li xavfsizlikka, sog‘likni saqlash xizmatiga va hokazolarga ehtiyoj sezamiz.
Ayni vaqtda insonlar ehtiyojini qondirish uchun Yer, foy­dali qazilma boyliklari, ish qurollari, texnika, mehnat qilish layoqati kabi ishlab chiqarish resurslari mavjuddir. Xuddi mana shu resurslar iqtisodiyotda qo‘llanilib, biz uchun turli-tu­man mahsulotlar ishlab chiqariladi va ko‘pgina ehtiyojla­rimiz qondiriladi.
Lekin oddiy haqiqat shundan iboratki, bizningehtiyoj­larimizni qondirish uchun zarur mavjud resurslar cheklangan. Biz ulardan foydalanishning muqobil variantlaridan birini tanlashga majburmiz. Ana shu haqiqat bizga iqtisodiyotning bosh masalasini tushunishi­mizga yordam beradi1.
Iqtisodiyotningdoimiy va bosh masalasi jamiyat ehtiyoj­larining cheksizligi hamda uni qondirish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy resurslarning cheklanganligidir. Iqtisodiyotning bosh masalasi o‘zining ikki tomoniga ega: ehtiyojlar cheksiz va iqtisodiy resurslar cheklangan.
Iqtisodiyotning asosiy muammosi – iqtisodiy resurslar chek­langan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qanday qilib to‘laroqqondirib borish mumkinligi to‘g‘risidagi masaladir.
Iqtisodiyotning asosiy muammosini hal qilish yo‘l­lari:
– iqtisodiy resurslar miqdorini ko‘paytirish;
– resurslar unumdorligini oshirish;
– resurslardan foydalanishning turli muqobil variant­lari­dan eng samaralisini tanlash;
– jamiyat ehtiyojlarini cheklash.
Bugun hammaga ma’lumki, kishilar yashashlari, siyosat, san’at, adabiyot, fan, ma’rifat, bilan shug‘ullanishlari uchun hayo­tiy ne’matlarni iste’mol qilishlari, kiyinishlari va turli xil xizmatlardan bahramand bo‘lishlari kerak.
Кishilar bunday hayotiy vositalarga ega bo‘lishi uchun turli sohalarda faoliyat ko‘rsatadi. Insonning turli faoliyatlari ichida eng asosiysi, ularning yashashi va kamol topishini ta’minlaydigan iqtisodiy ne’matlarni ishlab chiqarish (hamda xizmatlar ko‘rsatish) dan iborat bo‘lgan iqtisodiy faoliyatdir.
Кishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur bo‘lgan hayotiy ne’matlar va vositalarni ishlab chiqarish hamda iste’molchilarga yet­kazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan bog‘liqlikda amal qila­digan turli-tuman fao­liyatlar yaxlit qilib, iqtisodiy faoliyat deb ataladi.
Iqtisodiyot murakkab va ko‘pqirrali tushuncha bo‘lib, turlicha mazmun va talqinga ega. Iqtiso­diyot bu, birin­chidan xo‘jalik tizimi, ikkinchidan iqtisodiy munosabatlar birligi va uchinchidan, fan dara­jasida mu­jas­samlashgan bilimlardir. Qadimda iqti­sodiy faoliyatning asosiy shakli uy xo‘ja­ligi doirasida ro‘y bergan. Shuning uchun iqtisodiyot deganda, uy xo‘jaligi va uni yuritish qonun-qoidalari tushu­nilgan. Lekinhozirgi davrda iqtisodiyot faqat uy xo‘jaligi doirasi bilan cheklanib qolmaydi, balki yirik ishlab chiqarish korxonalari, korpo­ratsiyalar, kompaniyalari, moliya va bank tizimlari, xo‘ja­liklararo, davlatlararo birlashmalarni o‘z ichiga olgan juda murakkab tuzilma hisoblanadi.
Iqtisodiyot – bu iqtisodiy ne’matlar va vositalarni takror ishlab chiqarish jarayonida vujudga keladigan iqti­sodiy munosabatlar, xo‘jalik yuritish shakllari, ularni tartibga soluvchi mexanizmlar va infratuzilmaviy muassa­salarning ma’lum darajada tartibga solingan tizimidir. Boshqacha aytganda, iqtisodiyot – bu zaruriy hayotiy iqtisodiy ne’matlarni yaratish yo‘li bilan jamiyat ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi xo‘jalik tizimlari majmua­sidir. Har qanday iqtisodiyot bir qator zaruriy bo‘g‘inlar va umumiy tarkibiy tuzilmalardan iborat bo‘ladi.
Bular ichidan ishlab chiqarishning texnologik usuli, ijti­moiy-iqtisodiy va tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar, ijti­moiy mehnat taqsimoti va ixtisoslashish, jamiyatning iqtiso­diy resurs salohiyati va ustqurmaviy tuzilmalarini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin.
Iqtisodiyot doirasida iqtisodiy boyliklarni, ya’ni ja­miyat uchun zarur bo‘lgan ne’mat va vositalarni takror ishlab chiqarish jarayoni ro‘y beradi.
Iqtisodiy fanda takror ishlab chiqarish qisqarib boruvchi, oddiy va kengaytirilgan turlarga ajratiladi.
Qisqarib boruvchi takror ishlab chiqarishda ishlab chiqarish hajmi kamayib borish tartibida takrorlansa, uning oddiy turida bir me’yorda, o‘zgarmasdan va kengaytirilgan turida esa bu jarayon ko‘payib borish tartibida takrorlanadi.
Tovarlar, xizmatlar va resurslarningharakati bo‘yicha takror ishlab chiqarish - ishlab chiqarish, ayriboshlash, taq­simlash va iste’mol qilish jarayonlarining birligidan iboratdir. Bularning ichida eng asosiysi va boshlang‘ich bo‘g‘ini ishlab chiqarish jarayonidir. Chunki hamma tovar va xizmatlar xuddi shu bosqichda yaratiladi. Agar ishlab chiqarilmasa, taqsim­lanadigan, ayriboshlanadigan va nihoyat, iste’mol qilinadigan narsalar bo‘lmaydi.
Taqsimot jarayonida ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi, tovar va xizmatlar hamda pul daromadlari tarmoqlar, sohalar, hududlar, korxonalar va jamiyatning alohida a’zolari o‘rtasida taqsimlanadi hamda qayta taqsimlanadi.
Ayriboshlash yaratilgan ne’matlar va boyliklarning ishlab chiqaruvchilari va iste’molchilarini bog‘lovchi bo‘g‘in hisoblanadi. Bunda ishlab chiqaruvchilar va iste’­molchilar o‘rtasida iqtisodiy alo­qa – ayriboshlash jarayoni, ya’ni pul va unga tenglashtirilgan vositalar yordamida amalga oshiriladi.
Takror ishlab chiqarishning oxirgi bosqichi iste’mol jarayonidir. Bu jarayonda tovarlar va xizmatlar o‘zlarining pirovard iste’mol­chilarini topadi hamda turli xil ehtiyoj­larni qondirishga xizmat qiladi. Iste’mol ikki turga bo‘linadi: unumli va shaxsiy iste’mol. Ishlab chiqarish vosi­talari va ishchi kuchi ishlab chiqarish jarayonida foydalanilib, unumli iste’mol qilinadi. Iste’mol buyumlari shaxsiy iste’mol jarayonida foydalaniladi va shu orqali ularningo‘rniga yangisini ishlab chiqarish zaruriyati paydo bo‘ladi.
Infratuzilma – bu ishlab chiqarish va ayriboshlashning bir me’yorda ro‘y berishi hamda kishilar turmush kechirishining umu­miy shart-sharoitini tashkil qiluvchi sohalardir.
Infratuzilma quyidagi turlardan iborat bo‘ladi:
Ishlab chiqarish infratuzilmasi-bevosita ishlab chiqarish jara­yoniga xizmat ko‘rsatadi. Bular saqlash va uzatish vosi­talari, ombor xo‘jaligi, moddiy texnika ta’minoti, transport, aloqa, yo‘llar va boshqa shu kabilardir.
Ijtimoiy infratuzilma-kishilar yashash va hayot kechiri­shining ijtimoiy-madaniy va maishiy sharoitlarini tashkil qiladi (ta’lim, sog‘liqni saqlash, maishiy, uy-joy va kommunal xo‘jalik).
Bozor infratuzilmasi-tovarlar va iqtisodiy resurslar ayriboshlash jarayoniga xizmat qiladi (birjalar, savdo uylari, auksionlar va boshqalar).



Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin