“Xalqaro bank ishi va moliya” фани 1-mavzu. Globalizatsiya va xorijiy firmalar. Xalqaro valyuta tizimlari



Yüklə 45,12 Kb.
səhifə1/12
tarix07.01.2024
ölçüsü45,12 Kb.
#209747
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1-mavzu. Xalqaro bank moliya (1)


“Xalqaro bank ishi va moliya” фани
1-mavzu. Globalizatsiya va xorijiy firmalar. Xalqaro valyuta tizimlari .
Мавзуси бўйича слайдлар

Reja
1.1 Xalqaro bank ishi va moliya nazariyalari. Xalqaro bank faoliyatining rivojlanish omillari.
1.2 Xalqaro bank operasiyalarining turkumlanishi.
1.3 Banklarning korrespondentlik munosabatlari va bank hisob-kitoblari texnologiyasi.
1.4 Yangi bank xizmatlarining paydo bo‘lishi, turlari va ularni joriy qilish yo‘llari.
1.1. Xalqaro bank ishi nazariyasi va moliya nazariyalari. Xalqaro bank faoliyatining rivojlanish omillari.
Bozor munosobatlariga o‘tish iqtisodiotda emas, bank faoliyati sohasida ham
jiddiy o‘zgarishlarni talab qiladi. Endilikda jahon miqѐsida faoliyat ko‘rsataѐtgan xalqaro banklar mutlaqo boshqacha tamoyillar asosida tuzilib, ish olib bormoqdalar.
Xorijiy mamlakatlarda ko‘p yillardan beri bank-moliya tizimiga nihoyatda katta ahamiyat berib kelinadiki texnika va texnologiyalarni tatbiq etish bilan, bugungi kunda bu tizim nihoyatda rivojlanib takomillashdi. Bu sohada tezroq muvaffaqiyat qozonish uchun shu davrga qadar to‘plangan hozirgi davr boshqaruviga doir mujassamlashgan bilimlardan foydalanish zarur. Bularni takomillashtirish, amaliѐtga kiritish, foydalanish bugungi kunning dolzarb muammolaridan
hisoblanadi.
Dunѐning barcha mamlakatlarida aholining ko‘pchilik qismi, davlat va davlat tashkilotlari, koorporativ mijozlar tijorat banklari xizmatlaridan foydalanadilar. Iqtisodiy tamoyil va normativ qonunchilikka amal qilib, faoliyat ko‘rsataѐtgan bank tizimi iqtisodiѐtni rivojlantirishga va milliy valyutani barqarorlashuviga olib keladi.
Xalqaro bank tushunchasi va uni nazariy tomonlarini o‘rganish bo‘yicha bir necha asrlardan beri iqtisodchi olimlar faoliyat olib boradilar. Masalan, Rossiya Moliya Akademiyasi professori Ye.Jarkovskayaning fikriga ko‘ra, xalqaro banklar – jahon iqtisodiѐtining o‘ziga xos "qon tomiri" bo‘lib, ularsiz zamonaviy jahon xo‘jalik mexanizmini tasavvur qilish mumkin emas. Bu tizimni turli xo‘jalik sub'ektlari, xalqaro kompaniyalar, chet el investorlari shakllantirib, pul va unga tenglashtirilgan qiymat resurslari muomalada bo‘ladi.
Devid Polfremen va Filip Fordlar o‘zlarining «Osnovi bankovskogo dela» o‘quv darsligida: «Xalqaro banklar – ular, o‘zlaridagi kapitallar bilan boshqa davlat sub'ektlarining moliyaviy ehtiѐjini qondiruvchi moliyaviy vositachilardir» deb ta'kidlaydilar.
O‘zbekistonda bank tizimi mustaqil davlat iqtisodiy siѐsatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi. Bugungi kunda bank tizimi xalqaro talablarga javob beruvchi asosda shakllanib, faoliyat yuritmoqda.
Albatta, xalqaro banklar o‘z faoliyati samaradorligini oshirishda iqtisodiy tamoyillarga amal qilishi qancha yuqori bo‘lsa, u shunchalik ko‘p foyda ko‘radi va natijada barqaror moliyaviy institutga aylanadi. Har bir davlat o‘z hududida bo‘lgan va hududidan tashqaridagi mahalliy banklari barqarorligiga alohida e'tibor qaratadi. Xalqaro bank ishi va moliya fanining maqsadi ham jahon xo‘jaligida xalqaro banklarning tutgan o‘rnini o‘rgatishdan iborat. Shu bilan birga,
Xalqaro bank ishi va moliya fanining xalqaro iqtisodiy munosabatlarda jahon banklarining tarixan shakllanishi, zamonaviy tuzilishi va operasion faoliyati bilan tanishtiradi, ular faoliyatini taqqoslashga o‘rgatadi.
Tijorat banklari bank tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lib, iqtisodiѐtning korxonalar, tashkilotlar, axoliga bevosita xizmat kursatadigan mustakil sub'ektlari bo‘lib hisoblanadi. Tijorat banklari pul mablag‘larining harakatlanish jaraѐnini tashkil etish bilan uz mijozlari: yuridik va jismoniy shaxslarning moliyaviy ehtiѐjlarini kondirib, bu mablag‘larini eng foydali tarzda joylashtirilishini ta'minlaydi. Xorijiy markaziy banklarning roli umuman qonun yaratuvchilik, tartibga soluvchilik, emission faoliyat, kredit tizimining barqarorligini qo‘llab-quvvatlash va shu kabilardan iborat.

Yüklə 45,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin