Reja: kirish I. Turkistonda arxiv ishi tarixi



Yüklə 53,91 Kb.
səhifə1/7
tarix12.06.2023
ölçüsü53,91 Kb.
#129034
  1   2   3   4   5   6   7
Turkistonda arxiv ishi tarixi (1917-1924 yillarda)


REJA:

KIRISH

I. Turkistonda arxiv ishi tarixi (1917-1924 yillarda)
1.1 Turkiston ASSRda arxiv ishining tashkil etilishi
1.2 Turkistonda arxivlarda ish yuritishlihi.oslikxi (1917-1924yy.)
II. Sovet Ittifoqi davrida O‘zbekiston SSRda arxiv ishi (1925-1945yillarda)
2.1 19251941 yillarda O‘zbekiston SSRda arxiv ishining tashkil qilinishi
2.2 Ikkinchi jahon urushi (19411945) yillarida O‘zbekistonda arxiv ishi

XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Kirish
Xalqimizning tarixiy o‘tmishi, o‘zligi, ma’naviyati masalalari yoritilayotganda chuqur ilmiy asos va aniq dalillar zarur. Haqqoniy tarixni yaratishda dalil bo‘ladigan muhim omillar orasida arxiv hujjatlari diqqatga sazovordir. O‘zbekistonning moddiy va ma’naviy hayoti aks etgan noyob arxiv hujjatlari tarix fani uchun boy manba sifatida xizmat qiladi. Markaziy Osiyo mintaqasida ilk arxivlar yozuv bilan bir vaqtda paydo bo‘lgan. Bu arxivlarga Nisadagi Parfiya arxivi, Xorazmdagi Tuproqqal’a arxivi, Mug‘ qal’asi xarobalaridan topilgan arxivlar kiradi. Birlamchi manbalarda toxiriylar, somoniylar, qoraxoniylar, g‘aznaviylar va xorazmshohlar saroylarida kutubxona-arxivlari mavjud bo‘lganligi qayd etilgan. Bu davrda Marv, Nishopur, Ray, Balx, Hamadon, Tus, Buxoro, Samarqand, Urganch, Xiva, Nisa, Termiz va boshqa shaharlarning har birida o‘nlab davlat, vaqf va shaxsiy kutubxonalar vujudga kelgan. Buxoroda Sharqdagi eng yirik kutubxonalardan biri Samoniylarning “Savoi-al-Xikma” kutubxonasi bo‘lib, bundan o‘z davrining yetuk allomalari Ibn Sino, Rudakiy, Daqiqiy, Firdavsiy va boshqalar foydalanganlar. Amir Temur va temuriylar davrida ham kutubxona-arxivlari mavjud bo‘lgan. Ayniqsa, Amir Temur harbiy yurishlari davrida ko‘pgina nodir qo‘lyozma asarlarni Movarounnahrga olib kelgan. Shuningdek, Sohibqiron jahonning bir qancha mamlakat qirollari bilan yozishmalar olib bordi. Bu diplomatik yozishmalar qimmatli arxiv hujjatlari hisoblanadi. Shu diplomatik yozishmalardan biri 1996 yil YUNESKO tashabbusi bilan Parijda o‘tkazilgan Amir Temur tavalludining 660 yilligida Fransiya prezidenti Jak Shirak tomonidan O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovga topshirildi. Amir Temurning nevarasi Boysunqur zamonida Hirotda ko‘pgina asarlardan namunalar to‘planadi. Uning atrofida o‘z davrining yetuk shoirlari, kitobxonlari,muqovasozlari, naqqoshlari va boshqa kitobsoz hunarmandlar yig‘ilgan. Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, o‘zaro feodal urushlar,vayronagarchiliklar natijasida arxiv hujjatlari, qo‘lyozmalar yo‘q bo‘lib ketgan. Bizgacha Qo‘qon va Xiva xonlarining arxivlari, Buxoro amirligining Qo‘shbegi arxivi saqlanib qolgan. Ularda XIX asrga oid hujjatlarning bir qismi mavjud xolos. O‘rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinganidan keyingi davr arxivlari, ya’ni XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr hujjatlari to‘la saqlangan.

Yüklə 53,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin