Mustaqillik sharoitida milliy mafkurani shakllantirish va hayotga tatbiq etish zarurati



Yüklə 215,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix22.09.2023
ölçüsü215,23 Kb.
#146623
  1   2   3   4
3081-Article Text-6235-1-10-20220427



Mustaqillik sharoitida milliy mafkurani shakllantirish va 
hayotga tatbiq etish zarurati 
R.Jumayev 
Buxoro davlat universiteti 
 
Annotatsiya:
Maqolada jamiyat hayotida, kishilik tarixida muhim rol o‘ynagan 
mafkuralarning xususiyatlari, ularning namoyon bo‘lish shakllariga ko‘ra turlari, 
ularni tizimli asosda o‘rganishning o‘ziga xos ahamiyati, jamiyatimizning g‘oyaviy-
mafkuraviy poydevorini, targ‘ibot tizimini mustahkamlashning dolzarbligi haqida 
so‘z boradi. 
Kalit so‘zlar:
jamiyat, mafkura, milliy mafkura, g‘oya, targ‘ibot, tarixiy 
taraqqiyot, millat 
 
The necessity of forming and implementing the national 
ideology in the conditions of independence 
R.Jumaev 
Bukhara State University 
Abstract:
The article describes the characteristics of ideologies that play an 
important role in the life of society, the history of mankind, their types according to 
the forms of manifestation, the importance of studying them on a systematic basis, 
strengthening the ideological and ideological foundation of our society, the 
propaganda system 
Keywords:
society, ideology, national ideology, idea, propaganda, historical 
development, nation 
Jamiyat hayotida, kishilik tarixida muhim rol o‘ynagan mafkuralarning 
xususiyatlarini, ahamiyatini tahlil qilish, ularning namoyon bo‘lish shakllariga ko‘ra 
turlarga ajratish, ularni tizimli asosda o‘rganish o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Bu 
esa, kelajagimizni yaqqol tasavvur etish, jamiyatimizning g‘oyaviy-mafkuraviy 
poydevorini, targ‘ibot tizimini mustahkamlash, yot g‘oyalar tajovuziga qarshi tura 
olish, g‘oyaviy bo‘shliq bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, va nihoyat, yurtimizning yuksak 
taraqqiyotini ta’minlash uchun milliy g‘oyaning mazmun-mohiyatini chuqur 
o‘rganish imkonini beradi. 
Mafkuraviy jarayonlarning tizimli tahlili mafkuraning jamiyat hayoti sohalari 
bilan bog‘liqligini, milliy mafkura to‘g‘risida, uning ahamiyati, jamiyat hayotidagi 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
974


vazifalari, mafkuraviy jarayon mazmu-mohiyati, uning vujudga kelishi, rivojlanish 
jarayonlari bilan bog‘liqligi, O‘zbekiston mustaqil demokratik taraqqiyotining milliy 
g‘oya konsepsiyasi bilan mushtarakligi haqida tasavvurga ega bo‘ladi. Mafkuraning 
jamiyat hayoti sohalari bilan bog‘liqligini, mafkuraning turlari, shakllari, tarkibi, 
jamiyat hayotidagi vazifalari, uning vujudga kelishi va jarayonlar bilan bog‘liqligini, 
uning xususiyatlari, rivojlanish mexanizmlari va vositalarini, milliy g‘oyaning 
O‘zbekiston xalqining ishonch e’tiqodi ekanligini, xalqni xalq, millatni millat 
qiluvchi ma’naviy kuchga ega ekanligini, O‘zbekistonda g‘oyaviy ta’lim-tarbiya va 
targ‘ibot-tashviqot institutsional tizimining rivojlanish xususiyatlarini o`rganib, 
malaka hosil qiladi. Yoshlarning milliy g‘oyaga ishonch va e’tiqodi hamda faolligini 
oshirishda mafkuraning zarurligini anglab yetish, g‘oyaviy jarayonlarni ilmiy 
o‘rganish, o‘qitish va targ‘ib-tashviq qilish vositalarini qo‘llay olish, yot va zararli 
g‘oyalarni farqlash, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat 
bilan kurashish, yoshlarda turli tahdidlarga nisbatan ogohlik va dahldorlik 
tuyg‘ularini tarbiyalab borish, yoshlarni milliy g‘oyaning asosiy tushunchalariga 
ishonch ruhida tarbiyalay olish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi. Mafkuraviy jarayonlarning 
tizimli tahlili - mafkura sohasida tizimlarning vujudga kelishi, rivojlanishi, tugatilishi 
hamda ularning turlari, tuzilmalari, funksiyalari va xususiyatlarini o‘z ichiga oladi.
Ma’lumki, tadqiqotchilar turli tadqiqot usullari, jumladan, tahlil va sintez; 
induksiya va deduksiya; analogiya; ajratib olish; ideallashtirish; konkretlashtirish; 
tasniflash; qiyoslash majmuasidan foydalanadi. 
Mafkura tushunchasi (arabcha «mufakkir» “mufakkiratun” so‘zlaridan olingan 
bo‘lib, chuqur ma’noli, teran mazmunli fikr demakdir. Mafkura tushunchasini 
ta’riflashda falsafiy adabiyotlar va lug‘atlarda bir qancha fikrlar beriladi. Mafkura 
tushunchasiga turli davrlarda faylasuf olimlar tomonidan berilgan ta’riflar shakl va 
mazmun jihatidan har xil. Mafkuraga jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, ahloqiy, 
diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, fikrlar va g‘oyalar majmuidir, - deb ta’rif 
beriladi. Ularning barchasida jamiyatdagi muayyan siyosiy, falsafiy, huquqiy, 
ahloqiy, diniy, badiiy, ilmiy qarashlar, fikrlar, g‘oyalar majmui sifatida asoslab 
beriladi. Demak, mafkura - muayyan ijtimoiy guruh yo qatlamning, millat yoki 
davlatning, jamiyatning ehtiyojlarini, maqsad va intilishlarini, ijtimoiy-ma’naviy 
tamoyillarini ifoda etadigan g‘oyalar, ularni amalga oshirish usul va vositalari 
tizimidir. Unda manfaatlari ifodalangan kuch va qatlamlarning o‘tmishi, bugungi 
kuni va istiqboli o‘z ifodasini topadi.
Har qanday nazariya yoki ta’limot bir tizimga solingan g‘oyalar majmuidan 
iborat bo‘ladi. Shu sababli dunyoqarashning negizini va muayyan ishonch 
e’tiqodning asosini ham g‘oyalar tashkil etadi.«G‘oya» va «mafkura» tushunchalari 
bir-biriga yaqin bo‘lsada, ularni aynanlashtirmaslik kerak. 

Yüklə 215,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin