Mustaqillik yillarida o’zbek davlatchiligi tarixiga oid ilmiy tadqiqotlarning olib borilishi



Yüklə 101,5 Kb.
tarix09.04.2023
ölçüsü101,5 Kb.
#95382
Sh2


Mavzu: Mustaqillik yillarida o’zbek davlatchiligi
tarixiga oid ilmiy tadqiqotlarning olib borilishi

1 .Buxoro vohasi tarixiga oid ilmiy tadqiqotlarning olib borilishi 2.Mustaqillik yillarida Buxorodagi ilmiy muassasalar faoliyati va ularning tarixiy merosimizning o‘rganishdagi xizmatlari 3.Mustaqillik davrida Xiva xonligi tarixiga bag‘ishlangan asarlar tahlili 4.Qo‘qon xonligi tarixiga oid ilmiy izlanishlar




Tarixiy va madaniy yodgorliklar xalqimizning ma’naviy qiyofasini shakllantirishda, yosh avlodda vatanparvarlik va milliy iftixor tuyg’ularini tarbiyalashda muhim o’rin tutadi. Shuning uchun ham istiqlol yillarida respublikamizda tarixiy va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish, ularni tiklash va ulardan foydalanishga katta e’tibor berilmoqda. Tarixiy obidalar va madaniy yodgorliklarni asrash va qayta tiklash O’zbekistonda davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Bu borada Prezidentimiz I.A.Karimov quyidagilarni ta’kidlagan edi: “Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratib kelingan g'oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo’lib qoldi”67. Hozirgi kunda respublikada 7216 ta yodgorlik davlat muhofazasiga olingan bo’lib, shundan 2248 tasi me’morchilik, 1695 tasi arxeologik yodgorliklardir. Respublika hukumati ushbu yodgorliklarni saqlash, ularning ayrimlarini qayta tiklash, tarixiy obidalardan unumli foydalanishga qaratilgan qator chora-tadbirlarni ishlab chiqib, uni qadam-baqadam amalga oshirib kelmoqda. Istiqlol yillarida respublika hukumati tarixiy va madaniy yodgorliklarni qayta tiklash ishiga katta e’tibor berdi. Bu ishlar asosan davlat byudjeti hisobidan amalga oshirildi. Ayni vaqtda homiylar, xayriya jamg'armalari va “Oltin meros” jamg'armasining imkoniyatlari ishga solindi. Natijada mustaqillik yillarida bu sohaga sarf qilingan mablag'lar yildan-yilga oshib bordi, tarixiy va me’moriy yodgorliklar restavrastiya qilindi va qayta ta’mirlandi. Agar sobiq ittifoq davrida respublikadagi tarixiy va madaniy yodgorliklarni ta’mirlash va tiklash ishlariga 1989 yilda 10,28 mln rubl ajratilgan bo’lsa, mustaqillikning dastlabki, 1992 yilda respublika byudjetidan ajratilgan mablag'lar hajmi 65,4 mln rublni, 1996 yilda esa 592 mln so’mni tashkil etdi. “Buxoro haqiqati” va “Buxoronoma” gazetasi sahifalarida Buxoro vohasidagi tarixiy yodgorliklar va ularning ta’mirlanish tarixi masalalarga oid maqolalar ham chop etilgan. Gazeta sahifalarida ma’muriy inshoot binolaridan Ark va Sitorai Moxi Xossaga bag’ishlangan O.Jo’rayev, N.Naimov, X.Ahmedov, N.Yo’ldoshev, A.Xalilovlarning69 maqolalari, shu bilan birga, Buxorodagi muqaddas qadamjoylar, masjid, madrasalar, qadimgi savdo inshootlari va karvonsaroylar xususidagi J.Mirzaahmedov, R.Almayev, A.Mo’minov K.Jumayev, N.Naimov, A.Xalilov, S.Buxoriy, A.Xalimov, Yo.Yusupov va S.Salimovlarning70 ilmiy maqolalari keng o’rin olgan. Ushbu maqolalarda vohadagi tarixiy yodgorliklar va ularning ta’mirlanish tarixi masalalariga bag’ishlangan. Jumladan, Buxorodagi ma’muriy inshoot binolaridan Ark tarixi to’g’risida N.Naimov, X.Ahmedov, A.Xalilovlovlar gazeta sahifalaridagi ilmiy maqolalarida yoritib berganlar. Arkning asoschilari Siyovush va Afrosiyob tarixiy shaxslar bo’lganligi N.Yo’ldoshev maqolasida quyidagicha izohlab beriladi: “Siyovush otasi Kaykovus Ahamoniylar sulolasidan bo’lib VI asrda Eronda hukmronlik qilgan. Abu Rayhon Beruniy Siyovushnig o’g’li Kayxusrav Xorazmda hukmron bo’lganligini tarixiy faktlar asosida tasdiqlaydi. Buxoro majusiylari Afrosiyob va Siyovush qabrini muqaddas bilib sajda qilganlar. Buxoro, Samarqand, Xorazm xalqlari qadimgi an’analarni davom ettirib Buxorolik musulmonlar XX asr boshlariga qadar Siyovushni shahid bo’lganlar qatorida, qabrlarini ziyoratgohga aylantirib, Siyovushni vali (madadkor) deb bilganlar”. Yuqoridagi dalillardan tashqari Siyovush zamonida yashab kelayotgan mahalliy urf odatlar va an’analar borki uning tarixiy shaxs ekanligidan dalolat beradi. Birinchidan, Buxoro arkining sharqiy darvozasi Dari Kohfurushon (Somonfurushon) deb atalgan chunki, darvozaning pastidagi maydonchada Buxoro arki paydo bo’lgandan buyon dehqonlar somon, beda va boshqa mol ozuqalarini keltirib sotganlar. Ikkinchi dalil Siyovush shahid bo’lgandan keyin “Dari Kohfurushonda” ko’milgani uchun bu darvoza “Dari Go’riyon” deb atalgan. Qadimgi so’g’d va fors tilida “qabr”-go’r degan manoni bildiradi. Uchinchi dalil Siyovushning xotirasiga bag’ishlab aytiladigan Mug’lar yig’isi marsiyasi, o’zgargan holda vafot etgan kishining o’lgan kuni, “begoyi juma”, “qirq oqshomi” marosimida oymullalar tomonidan marsiya aytish odat tusiga kirib qolgan. To’rtinchi dalil Navro’z kuni ertalab erkakalar tomonidan xo’roz so’yilib, bu an’ana ham o’zgartirilgan holda saqlangan. Navro’zda xo’roz so’yish odat ga aylanib, buni buxoroliklar “Qozon to’ldi”deb ataydilar . Ushbu me’moriy majmuaning qadimiy inshootlardan bo’lishiga qaramay mustaqillik yillarigacha bo’lgan davrda binoning ta’mirlanishiga yetarli darajda e’tibor berilmagan. Sovet hokimiyati yillarida Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tomonidan qabul qilingan dastlabki dekretlarning birida Respublika xalq maorif nozirligi huzurida “San’at va tarixiy yodgorliklarni muxofaza etish seksiyasi” tuzilgan. Seksiya ta’mirlash ishlarini qayta tiklashdan boshlab 19211922yillarda Arkning g’arbiy devori ta’mirlandi. Lekin keyinchalik ta’mirlash ishlari olib borilmagan edi. Ark devorlarini tiklashga 1 mln so’m kerakligi, ushbu mablag’ning yetarli emasligi va O’zbekiston SSR Madaniyat Minstirligining Restavratsiya ilmiy tadqiqot institutui tomonidan faqat uning g’arbiy devorini ta’mirlash bo’yicha loyiha ishlab chiqilib, devorning janubiy qismi ning ta’mirlanish rejasi ishlab chiqilmaganligi, Arkni ta’mirlash ishlariga partiya, sovet tashkilotlari va jamoatchilik birlashm alari diqqatini jalb qilish lozimligi N.Naimovning maqolasida aytib o’tilagan. XX asrning 80yillarida arkni tamirlash ishlari yetarli darajada e’tibor berilmagan. Ushbu davrda ark devorni ta’mirlash uchun bor yo’g’i 2 mingta g’isht ajratilgan edi . O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng, mustaqillikning dastlabki yillarida Buxoro ilmiy ta’mirlash ustaxonasining bunyodkorlari A.Xo’jayev, M.Xo’jayev, S.Raxmatov, A.Pak, U.Troshuv, S.Rustamov, N.Fozilov, B.Xoldorov va X.Salomovlar Ark devorlarini qaytada n tiklash tadbirini amalga oshirish tashabbusi bilan chiqqanlar. Sarmoya yetishmasligi sababli Arkni ta’mirlash tadbirlarini amalga oshirish uchun viloyat miqyosidagi korxonalar va tashkilotlar ushbu ta’mirlashni amalga oshirish uchun Sanoat qurilish bankining 002700050 hisob raqamiga mablag’ o’tkazishgan.1
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-martda qabul qilgan “2020-yilgacha Buxoro shahri hududidagi madaniy meros obyektlarni ilmiy o’rganish, ta’mirlash va ularni zamonaviy foydalanishga moslashtirish bo’yicha davlat dasturi to’g’risidagi” qaroriga muvofiq Ark qal’asi qayta ta’mirlandi. Ta’mirlash ishlariga poytaxtdagi “Meros chashmasi” korxonasi loyihalovchilari jalb qilindi. Ular obyektni asl qiyofasini saqlagan holda qal’a devorini avvalgidan ham mustahkamlash tarxini tayyorlab berdilar. Buxoro azaldan sharqning yetti iqlimga tanilgan qadimiy shaharlardan biridir. Bunday shuhratning sabalaridan biri shahardagi ulug’vor masjid va madrasalardir. Buxoro shahrining markazidagi ulug’vor inshootlaridan biri Poyi Kalon ansambli o’zining betakrorligi bilan ajralib turadi. Poyi Kalon ansambli tarkibidagi inshootlardan biri Masjidi Kalonning qayta-qayta yaratilish tarixiga nazar tashlab, Buxoroning rivojlanish va inqirozli bosqichlarini belgilash mumkin. Arslonxon qurdirgan mahobatli masjid Buxoroda barpo etilgan birinchi sajdagoh emas. Narshaxiyning naql qilishicha, Buxorodagi dastlabki masjid Muslimxonning taxt vorisi Qutayba tomonidan 713-yilda bunyod etilgan. Qutayba bu sajdagohni budparastlar ibodatxonasi o’rnida qurdirgan. O’sha davrda islom dini endigina Buxoroga kirib kelayotgan edi. Xorun ar-Rashid zamonida Ark qal’asi yaqinida mo’min musulmonlar jamoa bo’lib, namoz o’qib, bir-birlaridan ibrat olishlari uchun jome masjidi qurildi. Somoniylar hukmdori Ahmadning o’g’li Said Nasr hukmronligi yillarida Masjidi Kalon qulab tushib, minglab odamlar halok bo’lgan. X asr boshida Abu Abdulloh Muhammad masjidni qaytadan bunyod etib bu bino 60 yil muqaddas sajdogoh sifatida xizmat qilgan. Ibn Sino, Rudakiy, Narshaxiy singari buyuk zotlar shu masjidga tashrif buyurganlar. Masjidi Kalon saljuqiylar tomonidan XI asr o’rtalarida vayron etilgan edi. Shamsul Mulk masjidni qaytadan ta’mirladi. Uning minbar va mehrobi samarqandlik ustalar tomonidan tayyorlanib Buxoroga keltirilgan. Arslonxon hukmronligi yillarida jome masjidi ark qal’asi yonida joylashib istilochilar tomonidan vayronaga aylanganligi sababli masjidni Arkdan sharq tomonga qarab ko’chirishga qaror qilgan. Shu maqsadda shahristondan ko’pgina hovli joylar sotib olinib, buxorolik me’morlar shaharsozlik tarixida ilk bor bu inshootning samarqandlik ustalar tomonidan yasalgan mehrob, minbar va maksuralarni yaxlit tarzda yangi joyga ko’chirishdi. 1221-yil 12-martda masjid bunyod etilib husni jamoli islom olamiga ko’z-ko’z qilindi. Hozirgi Masjidi Kalon Abdullaxon davrida qurib bitkazilgan. U Markaziy Osiyodagi eng yirik jome masjidi hisoblanadi Sho’rolar davrida Masjidi Kalon uzoq yillar don tashkilotining omborxonasi vazifasini bajargan. Mustaqillik yillarida masjid faoliyati qaytadan tashkil etilib I.Karimovning Masjidi Kalonni ta’mir etish to’g’risidagi farmoniga binoan, masjid 1997-yilda ta’mirlash ishlariga alohida e’tibor berildi.2Masjidning ta’mirlanib asl holiga keltirilishi to’g’risida A.Xalilov o’z maqolasida quyidagi ma’lumotlarni keltirib o’tadi: “Tamirlash ishlari Usta Shirin Murodov nomidagi Buxoro maxsus ilmiy-ta’mirlash ustasi Baxshullo Murodov ta’mirlovchilar brigadasiga topshirildi. Masjid gumbazidagi niliy koshinlarning 3700dan ziyodi asl holida saqlanib, 160ga yaqini yangi tayyorlangan bezaklar bilan almashtirildi. Masjid galeriyasida 288 ta kichik gumbaz ta’mirlandi, 239 ta ustun poydevori mustahkamlanib, 40 ta ustun qaytadan tiklandi. 126,2 x 81,6m kattalikdagi ulkan inshootda barcha suvoq ishlari qo’lda bajarilib Masjidi Kalon eng ko’rkam ziyoratgohlardan biriga aylantirildi”76. Poyi Kalon ansamblidagi salobatli obidalardan biri Minorai Kalon. Minorai Kalon qurgan usta nomining minoradagi belbog’larning birida aks etganligi “Buxoro haqiqati” gazetasining 1965-yil 27-iyul sonidagi nashrida quyidagicha izohlab berilgan: “ Qoraxoniylardan Arslonxon tomonidan qurilgan Minorai Kalon ijodkori Usto Baqo bo’lib, me’mor binoni qurish davrida o’z nomini sirli yozuvlar bilan bitgan. Ma’lumki m inora tanasi bir necha naqshdor halqalardan iborat bo’lib, ular orasi turli geometrik shakldagi bezaklar bilan to’ldirilgan”. Minora o’rta qismidagi bir halqada kufiy harflar bilan “mim” harfi yuqorisida ortiqcha “ayn” bor, “alif” esa “lom” harfiga o’xshab ketadi, “yo” harfi esa “be” kabi yozilgan. Xatning oxiridagi ortiqcha “alif” harfi va yuqorisidagi “qof” harfiga tegishli ikki nuqta bor. Hamma ko’rsatilgan harflar qo’shib o’qilganda “Amole Baqo” ya’ni Usto Baqo jumlasi kelib chiqadi . Buxorodagi eng katta ta’lim muassasalardan biri Miri Arab madrasasidir. Miri Arab madrasasining tarixi to’g’risida S.Buxoriy o’z ilmiy maqolasi Arab nomi bilan mashhur bo’lgan zotning asl ismi Said Abdullohdir ta’kidlab o’tgan . Shu bilan birga maqoladi da Miri ekanligini U kishi Yamanning Hazarmavut mavzesida tug’ulgan. “Juxfat azZoiriy”da yozilishicha Hazarmavutda Hud Alayhissalomning qabrlari bo’lgan. Said Abdulloh amir bo’lgan, lekin 22 yoshida dillariga alloh taollo ishqi paydo bo’lib, tojutaxtdan voz kechib Samarqa Kafshir guzarida Xo’ja Ahror Valiy su h ndga keladilar va uyerda Xo’ja batlariga yetishadi. Qisqa vaqt ichida Xo’ja Ahrordan irshid xati olib, buyuk pir darajasiga yetishadi. Zayniddin Vosifiyning ”Badoye ul vaqoye” asarida ta’kidlanishicha Mir Arab Turkisto nning Sabron degan joyida koriz, Shofirkon, Vobkent, G’ijduvon ariqlarini qazdirib, Shofirkon rudi(arig’i)ni Ubaydulloxon ibn Sulton sharafiga Sulton obod deb ataganlar. Asarda yana ta naqshbandiya tari ’ kidlanishicha Miri Arab Ubaydulloxonning piri bo’lib, qatining rivojlanishiga ulkan hissa qo’shgan. 1512yil Erondan Najmi Soniy boshliq 80 ming qo’shin Movraunnahrga hujum qilganlarida Buxoro xoni Ubaydulloxon va Jonibek sultonlar qochganlarida, Mir Arab Turkistondan Buxoroga kelib uni jang qilishga chorlab, jangda g’alaba qilishini aytadi. Mustaqillik yillarida Prezident I.Karimov tashshabbusi bilan madrasa faoliyatini tubdan yaxshilash uchun samarali ishlar olib borildi. O’zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2003yil 22avgustdagi qaroriga asosan mazkur madrasa diplomi davlat ta’lim hujjati deb e’tirof etildi Buxorodagi eski asosiy ko’chalar tutashgan Labi Hovuzni Buxoroni qalqib turgan yuragiga qiyos etishadi. 3 Ilmiy tadqiqot muallifi A.Xalilov ushbu me’moriy majmuaning tarixini ochib berishga harakat qilib quyidagilarni keltirib o’tadi: “ Labi Hovuz majmuasining birinchi inshooti Ko’kaldosh madra sasi 1568yillarda qurilgan. 160 hujradan iborat ushbu madrasada Zaliliy, Shukuriy, Abdulqodir Savdo, Maxtumquli, Ergash Jumanbulbul, Berdi Kerboboyev, Jalol 1569 Ikromiy kabi adiblar o’qishgan. Labi hovuz majmuasining ikkinchi inshooti 1622 yilda qurilganNodir Devonbegi xonaqohi hisoblanib, bino tuzulishi oddiy bo’lib, an’anaviy katta gumbaz va bir necha kichik xonalardan iborat. Bino ichkarisi o’zining kengligi bilan ajralib turadi. Nodir devonbegi ushbu binoni tiklashdan avval uning oldida katta tosh ho vuzni qurdirishgan. Bu hovuz tarixga “Havzi bazo’r” ya’ni “zo’rlik hovuzi” nomi bilan kirgan. Bu iboraning arabcha yozuvidan 1620 kelib chiqadi” 80 . XX asrning 50-- yil, ya’ni hovuzning bapo etilish sanasi yillarida hovuz qurutilib, uning zinalarida tribunala r, tubida esa voleybol maydonchalari tashkil etilgan. 60yillarda madaniy jamoatchilik talabi bilan hovuzga suv quyilib asl holiga keltirilgan. Labi hovuzning uchinchi inshooti sifatida qurilgan Nodir devonbegi madrasasi 1623-yillarda qurilgan bu binon ing ochilish marosimida Imomqulixon uni to’satdan madrasa deb e’lon qilgan. Karvonsaroy qaytadan qurilib madrasaga moslashtirilgan. 1920yil sentabrga bu binoga Mirzo Narzullo kulubi nomi berilgan. Keyinchalik bino yosh tomoshabinlar teatriga, tikuvchilik ustaxonasiga aylantirilgan. 1970yilda yodgorlikni ta’mirlash jaroyinida ajoyib sur’at “tipirchilab turgan oxuni changallab quyosh tomon uchayotgan ikki afsonaviy qush tasviri” yaratildi. Mustaqillik yillarida buxorolik naqqoshlarning go’zal bezaklari bila n jilolangan bu bino chet el sayyohlarining sevimli maskaniga aylangan. Buxoro aholisi VIII asrda islom dini kirib kelgunga qadar zardushtiylik diniga e’tiqod qilib, aholining bu dinga sig’inganligini ko’rsatuvchi Mag’oki Attori masjidi hisoblanadi. Tarixc hi mutaxasis N.Naimov o’z ilmiy tadqiqotlardan birini Mag’oki Attori masjidi va unda olib borilgan izlanishlarga bag’ishlaydi. Olim o’z ilmiy tadqiqotlarini Narshaxiy ma’lumotlariga tayangan holda yoritib beradi. Buyuk tarixnavis Muhammad Narshaxiy Abul Ha “Xazoniy ulsan Nishopuriyning ulum” asariga tayanib, qadim zamonlarda buxoroliklar otashparastlar mabudasi Anaxitaga sig’inganligi va uning but va sanamlarini har yili sotib olganliklarini, bu but va sanamlar hozirgi Mag’oki Attori masjidi atrofida yilida 2 marta o’tkaziladigan gavjum bozorda xarid qilinganligini, bozorda o’n ming do’kon bo’lib har safar ellik ming dirhamlik savdo qilinganligini va podsho savdo sotiqni rivojlantirish maqsadida bu yerda otashparastlar butxonasini qurdirganligi N.Naimov o’z maqolasida qayt etib o’tadi. Arab istilosidan keyin aholiga islom dinini singdirish maqsadida butxona va bozor yo’q qilib tashlangan. Masjid XII asrda qayta bunyod etilib uning janubiy peshtoq qismi hozirgi davrgacha saqlangan. Bu peshtoqning yaratilish m islomgacha bo’lgan fors me’morchiligi uslibida qurilgan O’tgan asrning 3081 . aqomi yillarida V.Shishkin rahbarligidagi olimlar masjid atrofida izlanishlar olib borib, binoning eng qadimgi janubiy peshtoqi ostini 6 metr chuqurlikda qazib, masjid ostidan otas hxona qoldig’ini topishdi. Qazishmalar natijasida turli davrlarda obida o’rnida ustmaust uchta bino barpo etilganligi aniqlandi. Eng pastda dastlabki birinchi qurilgan qadimgi otashparastlar butxonasining uch metrlik paxsa devori ochilgan. Keyingi ikkinch i devor Abu Muslim otashxonani vayron qilib, o’rniga qurdirgan va Mag’oki Attoron ya’ni chuqurlikdagi bozor deb atalgan devor qoldiqlari. Tadqiqotchilar masjidning eng qadimgi binosini Sankt Ermitajda qo’yilgan Sosoniylar davriga mansub laganPeterburgdagi da aks ettirilgan feodal qasrga monand bo’lgan degan fikrni bildirishgan. Masjidning sharqiy peshtoqi va qolgan butun qismi XVI asrda Ubaydulloxon davrida bunyod etilgan. 1860 Buxoroda bo’lib o’tgan qattiq zilzila obidaga shikast yetkazib uning qo’shyilda gumbazi qulab tushgan. 1970yilda Abu Ali Ibn Sinoning ming yillik yubileyiga tayyorgarlik munosabati bilan obida memor V.Filiminov loyihasi asosida tubdan ta’mir etilgan.4 Mustaqillik yillarida Respublikada xizmat ko’rsatgan madan Salo mov rahbarligid tikladilar. agi ta’mirlovchilar obidaning to’rt i yat xodimi Aminjon asr oldingi qiyofasini K.Jumayev, A.Mo’minov, J.Mirzaahmedov, R.Almeyevlar gazeta sahifalaridagi ilmiy maqolalarida Buxoroning muqaddas qadamjolaridan Buxoro v iloyat Vobkent tumanidagi Chashmai Ayub. Istiqlol yillarida ushbu me’moriy majmuaning qayta ta’mirlanib asl holiga keltirilishi to’g’risida “Buxoro haqiqati” gazetasining 1999yil 15may so nida “Chor Bakr tarixiy yodgorligini ta’mirlash” sarlavhasidagi maqolada quyidagi ma’lumotlar keltiriladi: 1999yil me’moriy majmuani ta’mirlash bo’yicha ish boshlanib, shu yil Buxoro viloyat hokimi tomonidan 1 atrofini ta’mirlash vaprel kunini “Chor bakra uni obodonlashtirish kuni boshlangan” kun deb e’lon qildi”. “Buxoroyi sharif” jamg’armasi huzurida S.Baratov boshchiligida memoriy majmuani ta’mirlash direksiyasi tashkil etildi. Yodgorlikni ta’mirlash bo’yicha bosh pudratchi tashkil etilib, “Shirin Mur odov nomidagi maxsus ilmiy ishlab chiqarish va ta’mirlash” ustaxonasi belgilandi. Ularga Samarqand, Qarshi, Shahrisabzdan mutaxasislar jalb qilingan. Respublika budjetidan ta’mirlash ishlarini tezlashtirish maqsadida 20 mln so’m mablag’ ajratilgan. Viloyat bosh memori Maxmud Axmedov boshliq ijodiy guruh loyihasi asosida Chor Bakr majmuasida ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib memoriy majmua asl holiga keltirilgan.5 Mustaqillik yillarida obidalarimizni ta’mirlanib qayta yosharishida Buxoro ilmiy restavratsiya ishlab chiqarish ustaxonasining yetakchi murabbiyssi Ah mad Boymurodovning hissasi salmoqli bo’lib, u deyarli qirq yildan ziyod umrini memorchilikka bag’ishlaydi. Mirzo Ulug’bek, Abdullaxon, Modarixon, Ark, Bahouddin Naqshband maqbaralari, Navoiydagi Mir Said Bahrom obidasi va Qosim Shayx daxmasi A.Boymurodovni ng qo’li bilan ta’mirlangan. Ahmad Boymurodov va u Boymurodovlar, aka kishining o’g’illari Ravshanjon, Rahimjon va Raxmatjon uka Zarif va Sharif Rahimovlar, Qo’shmurod Xolliyev, Raxmatjon Ashurov, Bahodir Hamdamov, Yoqubjon Obidjonov singari ustalar Masjid i Kalonni qayta tiklashda va Miri Arab madrasasi old qismi peshtoqlariga koshinkorlik ishlarini amalga oshirib, Poyi Kalon ansamblini asl holiga keltirishda o’z hissalarini qo’shganlar. Yuqorida bildirilgan fikrlarga asoslanib “Buxoro haqiqati” hamda “Buxoronoma” gazetalari sahifalarida Buxoro vohasida mavjud tarixiy yodgorliklar va ularning tamirlanish tarixi masalalariga oid maqolalar O’zbekiston tarixining bir qismi hisoblangan Buxoro tarixi masalasini tadqiq etuvchi olim va tadqiqotchilar uchun muhim ma’lumotlar berishi bilan ahamiyatlidir.
1991 yil 31 avgust o‘zbek xalqi va umuman O‘zbekiston xalqlari, shu jumladan Buxoro aholisi hayotida unitilmas sana bo‘ldi. – O‘zbekiston mustaqilligi e’lon qilindi. Mustaqillikka erishgandan so‘ng mamlakatda shu jumladan qadimiy Buxoroda ilmiy texnikaviy va ma’naviy salohiyati, boy ilmiy – madaniy merosi o‘zbek xalqining hayoti bilan qiziquvchi xorijlik sayyolarni, turli soha vakillarini o‘ziga jalb etmoqda. Mustaqil Buxoro uchun jahon eshiklarini lang ochib berdi. Natijada o‘tgan yillar davomida Buxoroni jahon keng jamotchilik bilan tanishtirish imkoniyati tug‘ildi. Ayniqsa Buxoro Tojik o‘rtasidagi ijtimoiy – madaniy aloqalar ravnaq topdi. 1993 yilning oktyabrida Buhoro shahar hokimi U.Nosirov O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida borib, u erda o‘tkazilgan suhbat va uchrashuvlar davomida Buxoroning insoniyat sivilizatsiyasiga salmoqli hissa qo‘shganini, jahon ahamiyatiga molik me’moriy yodgorliklar to‘g‘risida so‘z yuritdi. 1991 yil may oyida Parijda tashkil etilgan “Buyuk ipak yo‘li – muloqot yo‘li” ekspeditsiyasi mutaxassislari Buxoroga tashrif buyurdilar. Mehmonlar shahardagi asari – atiqalar, yodgorliklar bilan tanishar ekanlar muzey – shahar, uning boy madaniy merosi jahon sivilizatsiyasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatganligini ta’kidlashdi. Jahondagi xalqaro nufuzli tashkilotlar – Yunesko e’tiborini tortgan Buxoroiy SHarifga qiziqishi orta bordi. 1991 yilning noyabrida tashkilotning mustaqil eksperti Djon Uorren Buxoroga tashrif buyurdi. U ko‘hna shaharning me’moriy merosi bilan chuqur tanishar ekan, Buxoroni dunyo ahamiyatiga ega bo‘lgan shaharlar ro‘yxatiga kiritish lozimligi haqidagi xulosani xalqaro madaniyat va muassasasining Parijdagi qarorgohiga yubordi. Shunday qilib, Buxoro madaniy merosi bilan bog‘liq barcha hujjatlar Parijga, xalqaro tashkilot qarorgohiga jo‘natildi. Yuqori malakali ekspertlar hujjatlarni sinchiklab ko‘zdan kechirgach, 1995 yilning kuzida Buxoro Yuneskoning jahom madaniy qadyatlar ro‘yxatiga kiritildi. Parijda o‘tkazilgan Yuneskoning 28 – sessiyasi (1995 yil 25 oktyabr – 15 noyabr) qadimiy Buxoroning jahon shuhratini dunyo xalqlari orasida targ‘ib qilishda tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Sessiyada O‘zbekiton delegatsiyasi qatnashib, Buxoroning 2500 yilligini, YUNESKOning 1996 – 1997 yillarda o‘tkaziladigan tadbirlar ro‘yxatga kiritishni taklif etdi. Bu taklif yakdillik bilan qabul qilindi. Natijada Buxoroliklar 2500 yillik yubeleyga qizg‘in kirishib, keng qo‘llashni ishlarni boshlab yubordilar. Yubeley obektlari hisoblangan Masjidi Kalon, Ark, Mir Arab, Sarrofon hammomi maqbarasi, Zindon, Chorminor, Xo‘ja Kalon, Ismoil Samoniy maqbarasi, Nodir Devonbegi madrasasi, Abdullajon, Modarixon, Ko‘kaldosh madrasalari Badriddin karvonsaroyi kabi tarixiy va me’morchilik yodgorliklarini ta’mirlash qizg‘in olib borildi.6
Ma’lumki Buxoro Temur va temuriylar zamonida Samarqanddan keyin Hirot, Balx shaharlari qatorida katta nufuzga ega bo‘lib, Sohibqironning siyosiy, madaniy va harbiy rejalarini amalga oshirishgda katta tayanch rolini o‘ynagan. Binobarin, Amir Temur davlati tarixini yaratish jarayonida fransuz tadqiqotchilari Buxoro mavzuini ham chetlab o‘tmaganlar. YUNESKO bosh konfrensiyasining qarori bilan 1996 yilda Amir Temurning 660 yilligi butun dunyoda nishonlandi. Parijda “Temuriylar davrida fan, madaniyat va ta’lim ravniqi” mavzuida O‘zbekiston madaniyati haftiligi o‘tkazildi.”Temuriylar davri va tarixi san’atini o‘rganish va o‘zbek – fransuz madaniy aloqalari uyushmalari” hamda O‘zbekiston Fanlari Akademiyasi hamkorligida Temuriyshunos olimlarning xalqaro ilmiy anjumani o‘tdi. Sohibqiron tavalludining 660 yilligi munosabati bilan 1996 yilning sentyabrda Toshkentda fransiya elichixonasi va 1991 yilda tashkil etilgan. Markaziy Osiyoni o‘rganish instituti tomonidan ilmiy davra yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu yig‘ilishda Buxoro tarixi masalalariga etarli e’tibor berildi. Jumladan fransuz Sharqshunosi Iv Porter o‘z ilmiy axborotida Buxoroning XVIIasr san’ati tarixiga old ma’lumotlarni tahlil qildi. Shu ilmiy yig‘inda Buxoro davlat muzey qo‘riqxonasi qo‘lyozmalar xodimi, tarix fanlar nomzodi B.Qozoqov Ashtarxoniylar davrida madaniy va ilmiy jarayonlarning so‘nmagani haqida yangi fikr xulosalarni bayon qildi. Markaziy Osiyoni o‘rganish fransuz tadqiqot instituti o‘zining maxsus ilmiy davra majlisini Buxoroning 2500 yilligiga bag‘ishlanadi. 7
O‘zbekiston poytaxtiga jadidchilik harakati tarixi muammolariga bag‘ishlangan ilmiy anjuman ham fransuz olimlari tashabbusi bilan tashkil etilib, unda O‘rta Osiyoda bu harakatni keltirib chiqargan shart – sharoitlar, jadidchilik mohiyati va taqdiri haqida bayon qilingan fikr – xulosalar Buxoro jadidchiligi tahliliga asoslangan holda shakllantirilganligini qayd etish lozim. Keyingi 5-6 yilda Parij va Buxoro aloqalarining jonlanishini Evropa va Osiyoda mashhur siyosiy va madaniy markazlar o‘rtasida o‘rta asrlarda boshlangan munosabatlarning mantiqiy davomi deb hisoblash mumkin. Asrlar: guvoh Bu ikki manzil doim bir – biriga intilgan, masofaning uzoqligi til va dinning boshqaligiga qaramasdan bir –birin tushinishga harakat qilgan, o‘zga yurtni o‘rganib, o‘z ma’naviy dunyosini boyitishga urindi. Buxoro va Parij umuminsoniy qadriyatlarga doim sodiq bo‘lib, tinchlik, mamlakatlar va xalqlar o‘rtasida do‘stlik, iqtisodiy taraqqiyot, madaniyat va ma’naviyatini yuksak pog‘onalarga ko‘tarishga samarali aloqalar va hamkorlikni yanada mustahkamlaydilar. Qadimiy Buxoroning 2500 yillik bayrami bu maqsadlarga erishishida qo‘yilgan katta va qutlug‘ qadam bo‘ldi. Parijdagi tantanalardan boshlangan Buxoro to‘yi jahonga yuz olayotgan O‘zbekistonni fransiya bilan yanada yaqinlashtirib, insoniyat, orzularining ushalishiga xizmat qiladi. 1993 yilning sentyabrda Fransiyaga rasmiy tashrif bilan bergan O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov bu mamlakatning noyob madaniyat, nafis san’at, yuksak ma’rifat, turmushning dono falsafasi, insonparvarlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan adabiyot va she’riyat mamlakati ekanligini uqtirib bu madaniyat va ma’naviyat rivojlangan asrlarda O‘rta Osiyoning mashhur shaharlari – Samarqand, Buxoro boshqa maskanlarning SHarqda katta mavqe va shuhratga ega bo‘lganini alohada ta’kidladi. Fransiya Respublikasi Prezidenti Fransua Mitteran M.O. Xalqlari boy madaniy merosga yuksak baho berib shunday deydi! “Biz Avitsena deb ataydigan ulug‘zot tufayli G‘arb Arestotel asarlarini o‘rgandik. U erda san’atning hamma turlari gullab – yashnadi. Samarqand, Buxoro, Xiva kabi shaharlarga shon – shuhrat keltirgan me’moriy yodgorliklar shundan dalolatdir”.8
1994 yilda Mirzo Ulug‘bek yubeleyi butun dunyo miqiyosida nishonlanib mustaqillik yillarida Buxoro tarixini yoritishda juda ko‘p asarlar yaratildi. Jumladan: Tarixchi olimlardan V.CH. Saokovning “Buxoro 100savolga 100 javob”i F.H. Qosimovning “Buxoro tarix” “Asrlar sadosi” kitoblari shuningdek, “Buxoro tarixi” afsona va faktlar, kitoblari bosmadan chiqdi. Mustaqillik yillarida Buxoroda yashagan va ijod etgan bir qancha yurtdoshlarimizning tavallud bayramlari bo‘lib o‘tdi. Umuman bir yilning ichida o‘zbekiston Prezidenti Buxoroning 2500 yiligini nishonlash; Masjidi Kalonni ta’mirlash, Buxoroning asl farzandlari – Fayzulla Xo‘jaev, Abdurauf Fitratning yubeleylarini o‘tkazish to‘g‘risidagi hujjatlarni imzolaganliklari yurtboshimizning ona shahrimizga mehr – murhabbatlari belgisidir. Fitratning ilmiy ozodlik yo‘lidagi ulkan sa’yi harakati, keng jamoatchilik fikrini shakllantirishga qo‘ygan bebaho hissasi alohida e’tirof etilib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1996 yilning 22 fevralida Abdurauf Fitrat tavalludining 110 yosh 1 mingni nishonlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Ana shu munosabat bilan 20 dekabrda O‘zbekiston Fanlar akademiyasida Abdurauf Fitratning 110 yilligiga bag‘ishlangan tantanali majlis va ilmiy anjuman o‘tkazildi. Anjuman Respublika rahbariyatining marifatparvarlik orqali ilmiy istiqlol g‘oyalarin olg‘a surgan. Jadidlar xotirasini abadiylashtirishga ko‘rsatayotgan e’tiborini alohida takidladilar. Ilmiy anjuman qatnashchilari Abdurauf Fitratning jadidchilik harakatida tutgan o‘rni, ijtimoiy g‘oyalar, abadiy va ilmiy merosining bugungi kundagi ahamiyati haqida ham gapirdilar. SHunday tantanalar Abdurauf Fitratning ona yurti Buxoroda bo‘lib o‘tdi. Hozirda Buxoroda bu olimlarimizning har qadamida xotirlaymiz. Fayzulla Xo‘jaev uy muzeyi hozirda yurtdoshlarimiz, shu bilan xorijiyliklarni ziyoratgohlarga aylangan. Shunday ekan biz buyuk ajdodlarimizni ilmiymerosini yosh avlodga sof holda etkazishimiz shart. Ikkinchi fazilatimiz shundan iboratki, ma’rifatli xalq izlanuvchan va bunyodkor bo‘ladi. Har qanday qiyinchiliklarda cho‘chimaydi, kuch – quvvut, katta idora sohibi bo‘ladi. To‘siqlarni engib chiqadi. Eng og‘ir va ziddiyatli paytlarda ham istiqboshini aniq ko‘ra oladi. Unga etishmoq yo‘llarini topa biladi. Uchinchidan, ma’rifatli yuksak ma’naviyatni xalq milliy birlik, milliy yaxlitlik namunasini ko‘rsatadi. Jamiyat qarama- qarshiliklarini, turli kuchlarni enga oladi. Millat yaxlitligi orqali manfaatlar yaxlitligiga erishadi. Bunday xalqni engib o‘tadigan kuch bo‘lmaydi. Mustaqillikning o‘tgan davri – tarix uchun bir lahza, bepoyon osmon kengliklarida chaqnagan chaqin kabidir. Biroq istiqlolning murakkab, dog‘lariga to‘la ziddiyatli bir paytda xalqimiz boy ma’naviyatini misisiz iqtidorini, beqiyos irodasini yaqqol namoyon qiladi. Mustaqillik yillarida o‘rganilishi Mustaqillik davri tadqiqotchilari tomonidan Xiva xonligidagi ichki va tashqi savdo aloqalari, bozorlar, savdo rastalari va soliq tizimi haqida ma`lumotlar qayd qilingan.
Tadqiqotchi H. Ziyoev ichki savdo haqida yozish jarayonida XIX asrning 70-yillarida Xiva shahar va qishloqlarida haftada ikki marta bozor bo‘lishi, bundan tashqari Xiva shahrining o‘zida 400 savdo do‘koni, karvonsaroyda 105 savdo rastasi mavjud bo‘lganini ta'kidlagan. A.Abdurasulov ham Xiva bozorlari haqida fikr yuritib, boshqa mualliflardan farqli ravishda xonlikdagi qul bozori haqida yangi ma'lumotlarini keltirgan H. Ziyoev Xivaning tashqi savdosiga ta'rif beraturib, Xivadan Rossiyaga, Eronga tuya karvonlari qatnagani, Buxoroga esa mollar tuyalardan tashqari, suv yo‘li orqali kemalarda ham jo‘natilganini qayd qilgan . M. Mahmudov XIX asrning 80-yillariga kelib Xiva xonligi bilan Turkiston general-gubernatorligi shaharlari orasida savdo-sotiq va boshqa tarzdagi aloqalar yo‘lga qo‘yilganini va bunda Amudaryo kemachilik idorasining ro‘li katta bo‘lganini yozadi. Muallif ”Kavkaz-Merkuriy” va “Xiva” nomli birlashmalar ko‘magida 1887 yildan "Sar” va “Saritsa” nomli paroxodlar Petro-Aleksandrovsk va Chorjo‘y shaharlari orasida odamlar va yuklarni tashishni tashkil qilgani, bu esa savdoning rivojida ahamiyatli ekanini bayon etishi bilan Xivadagi nafaqat tashqi savdo, balki kemachilik sohasida ham keng ma'lumotlarni qayd qilgan.9 I.Jabborov: “Xiva xonligida XIX asr oxirida Amudaryoda mahalliy ustalar yasagan 330 katta va o‘rtacha, yuzlab mayda kemalar suzib yurgan. Katta kemalar 500 puddan 2000 pudgacha, o‘rtachalari 100 dan 500 pudgacha va kichiklari yuz pudgacha yuk ko‘targan. Bu kemalar o‘ziga xos bezaklar bilan bezagan” , - degan ma'lumotni qayd qilgan. Xuddi shunday ma'lumotni F.Ernazarovning tadqiqotida va birinchi o‘zbek kinooperatori Xudoybergan Devonov tomonidan yaratilgan kinolavhada ham kuzatish mumkin. Bundan ko‘rinadiki, Xiva xonligida kemachilik keng rivojlangan bo‘lib, Xivaning kema yasaydigan ustalari mustahkam kema va qayiq yasashda o‘zlarining mahoratini namoyish etganlar. Tadqiqotchilar Mahmudov va I.Jabborovlarning asarlaridan Xorazmdagi kemasozlik soxasi, dastlabki kemachilik idoralarining faoliyati, xonlikning suv yo‘li orqali qilgan savdo aloqalari xususida keng ma'lumotlarga ega bo‘lish mumkin. Ma’lumki, XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Xiva xonligida muomalada ishlatiladigan pullar 3 xil atalgan: “Tilla”, “tanga” va “pul”. Tadqiqot jarayonida Xiva xonligida zarb qilingan tanga va pullarda odam rasmi tushirilmagani, arab imlosida sanasi va qaysi xon tomonidan zarb qilingani ko‘zga tashlanadi. So‘nggi Xiva xoni - Sayid Abdullaxon davrida pullar atlas matoga bosib chiqarilib, manot deb yuritila boshlangan, uni xivaliklar “turma qog‘oz” (“turma qog‘oz”ning chiqishi Junaydxon faoliyati bilan ham yuritganlar . Shuni aytish joizki, XX asr boshida Xiva xonligi iqtisodi ahvolda bo‘lganligidan pullar yaxshi daftar qog‘ozlariga chiqarilavergan. 10 Fikrimizcha, Xiva xonligidagi iqtisodiy qiyinchiliklarning muhim sabablari - Rossiya istilosidan keyin Xiva xonligi birliklarining qadrsizlanganligi, pul muomalasining majburan o‘zgartirilganligi, oltin va kumush pullarning markazga yig‘ilishi, asossiz pul islohotlari o‘tkazilgani bo‘lgan. Shu bilan birga, Xiva xoniga pul zarb qilishning taqiqlanishi va mamlakat hududida turli pul birliklarining muomalada bo‘lganligi ham xonlikning iqtisodiy ahvoliga salbiy ta'sir ko‘rsatganini ta'kidlagan. Xiva xonligida Rossiyadagi kabi mol-mulkka qarab ayirmachilik bo‘lmagan. Har qanday xivalik bir vaqtning o‘zida savdogar, navkar, dehkon, hunarmand bo‘lishi, yerga yoki boshqa mulkka ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan. Lekin hamma majburiyatlarni o‘z vaqtida ado etishi lozim edi. Xonlikdagi soliq va majburiyatlar masalasi ham mustaqillik davri tadqiqotlarida o‘z aksini topgan. Jumladan, H.Ziyoev ma'lumotiga ko‘ra, qoraqalpoqlar o‘zbeklar kabi bir xil soliq to‘lashgan. Biroq, ular xon talabi bilan urushga chiqishga majbur bo‘lganlar. Turkmanlar esa o‘n xonadondan bitta navkar berishlari lozim bo‘lib, buning evaziga xon oila boshiga 10 tanobdan yer bergan . Arxiv hujjatlaridagi ma'lumotlarda bu o‘z tasdig‘ini topgan. 11 Unga ko‘ra, general-mayor Susanin: “Turkmanlar suv solig‘i to‘lamas edilar, ammo ular harbiy xizmatga chairilar edi…”- deb qayd qilganligi ma'lum bo‘ldi. “Xiva qozilik hujjatlari” va “Manbashunoslik” kitobida yozilishicha, Xiva xonligida faqat sayidzodalargina hech qanday soliq to‘lamaganlar, kanal va ariq tozalashga ham chiqmaganlar. “Xiva qozilik hujjatlari” dagi 86-raqamli hujjat Xiva xoni Sayid Muhammad soniyning yorlig‘i bo‘lib, unda 13 xojaning (Muhammad Eshon avlodlari) davlat soliqlari, solg‘ut, olg‘ut, hashar, qazuv ishlaridan ozod etilganli,Xiva xonligining harbiy salohiyati qo‘shinning ahvoli, qurol-aslahalarning turlari xususida ayniqsa H. Ziyoevning ma'lumotlari ishonchli va to‘liq yoritilgan. Chunki muallif o‘zining diqqat markazini arxiv materiallari ma'lumotlariga qaratgan. H.Ziyoev Xivada navkarlikka olinuvchilar ko‘pincha soliq to‘lashga qurbi yetmaydigan yetmaydigan kambag‘allar bo‘lib, ularga maosh to‘lanmagani, o‘z otlarini minib harbiy yurishlarda qatnashganliklarini ta’kidlaydi. Muallifning yozishicha, jangda qo‘shindagi otlarga yem-xashak, o‘zlariga esa oziq-ovqat berilmagan. Mehtar buyrug‘i bilan ularning otlariga tamg‘a bosilgan va bu otlar lashkarga tegishli bo‘lgan. Yurishlarda yo‘lda o‘lgan ot uchun egasiga atigi 5 tiyin to‘langani bois, ko‘plar yurishga nochor ot bilan chiqishgan... Tinchlik vaqtida esa navkarlar o‘zlarining xo‘jalik yumushlari bilan shug‘ullanishgan, yurish boshlanishidan oldin bozorlarda jar solib, ularni chaqirishganini qayd qilgan . Arxiv hujjatlarida bu haqda quyidagicha ma'lumot mavjud:”Harbiy xizmatga tortilgan turkmanlar janglarda qatnashish uchun o‘zlarining otlari va qurollari bilan borishlari kerak edi... hattoki ularning o‘zlariga oziq-ovqat, otlariga yem-xashak ham berilmagan...” .
Demak, H.Ziyoev ma'lumotlarining arxiv hujjatlari asosida yozilgani haqida fikrimizni asosli desak, yanglishmaymiz. Xiva xonligidagi qo‘shinning yomon ahvolga kelib qolganining sababini aniqlash xonlikdagi davlat boshqaruv tizimini o‘rganish zaruriyatini keltirib chiqardi. Chunki davlat hokimiyatining mustahkam bo‘lishida boshqaruv tizimi qanday tashkil etilgani muhimdir. Xiva xonligida davlat boshqaruv tizimi, mavjud amal va unvonlar va ularning egalari haqida mustaqillik davri tadqiqotchilaridan M. Matniyozov, A. Sotliqov, Q.Munirov, Davlatyor Raxim, Shihnazar Matrasul, Sh. Vohidov, N. Polvonov, S. Soburovalarning tadqiqotlarida o‘z aksini topgan. Ma’lumki, Xiva xonligida Muhammad Rahimxon I davlat hokimiyatining boshqaruv apparatini tartibga keltirgan va ixchamlashtirgan. Abulg‘oziy Bahodirxon davrida ta’sis etilgan 360 davlat lavozimini qisqartirib, 100 lavozim ta'sis etgan. Tadqiqotchi S. Soburova o‘zining nomzodlik dissertatsiyasida xonliklagi amal va unvonlarning to‘liq nomlarini, ularning ma'nosi, amaldorlarning shaxsi va ularga to‘lanadigan maosh xususida fikr yuritgan.12 Tadqiqotchilar M. Matniyozov va A. Sotliqovlar ham bu davrga kelib davlat xodimlariga to‘lanaligan ish haqi uchun fuqarolardan o‘zboshimchalik bilan pul undirib olish qat`iyan ta'qiqlangan, amaldorlarning barchasiga mansab darajasiga qarab ish haqi uchun xon tomonidan oylik maosh belgilangani, quyi lavozimdagilarga xazinadan yiliga 3 tilla, saroydagi yuqori lavozimdagi amaldorlarga esa 350-500 tillagacha maosh to‘langanini ta'kidlaydilar .
Shuni aytish lozimki, mualliflar tadqiqotlarini yozishda mahalliy va rus manbalari ma'lumotlari va arxiv hujjatlaridan fondalanganini ta'kidlaganlar. Davlat lavozimlari haqida fikr yuritganda shuni ta'kidlash lozimki,”Sayid Islomxo‘ja” risolasida davlat amaldorlarining avlodlari ham shu kasb-kor egalari bo‘lganligi ta'kidlanadi. Jumladan, Xiva xoni Asfandiyorxonning bosh vaziri Sayid Islomxo‘janing otasi Ibrohim xo‘ja, keyin amakisi Sayid Abdullaxo‘jalar Muhammad Rahimxon II davrida vaziri a'zam lavozimida bo‘lganlar. Tadqiqotchi Q.Munirov Munisning mirobligidan keyin uning jiyani Ogahiy, undan keyin esa Ogahiyning amakizodasi Muhammad Karimbek mirob vazifasiga tayinlanganini yozadi 156. Bunday ma'lumotlar, Davlatyor Rahim va Shixnazar Matrasulning asarida ham qayd qilingan . “Firdavs ul-iqbol» asarida Munisning 7-8 ta ajdodi mirob va boshqa lavozimda ishlaganligi qayd qilingan. Umuman olganda, N. Polvonovning “Xiva xonligida mansabga qo‘yish tartibi” maqolasidagi fikriga qo‘shilgan holda shuni aytish mumkinki,Xiva xonlari tomonidan davlat lavozimlariga bilimli, ishining haqiqiy ustasi bo‘lgan shaxslar tayinlangan bo‘lib, bu kishilar xonlarga mamlakatda tinchlikni, osoyishtalikni saqlashda xizmat qilishgan - milliy davlatchilik qaror topayotgan tarixiy davrda mamlakatimizda tarixshunoslik va manbashunoslik sohalarida rivojlanish kuzatilmoqda. Natijada ko‘plab manbalar o‘rganilib, ilmiy jihatdan tadqiq qilinmoqda; mustaqillik davri tadqiqotchilari tomonidan xonlida kechgan siyosiy jarayonlar va islohotlar, madaniyat, hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo, xonlikning xorijiy davlatlar bilan olib borgan diplomatik munosabatlari, shaharsozlik va davlatchilik tarixiga oid keng doiradagi ma’lumotlar ilmiy muomalaga kiritildi. Ushbu masalalar yuzasidan risola va maqolalar nashr etildi, nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi.Biroq, Xiva xonligi tarixshunosligiga doir tadqiqot qilinmaganini aytish joiz. 13Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, mustaqillik davri tadqiqotchilari tomonidan Xiva xonligi tarixining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoliga oid keng ma'lumotlar taqdim qilingan bo‘lib, ularni o‘rganish va tahlil qilish tarixshunoslar oldiga katta vazifa qo‘yadi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston tarixining turli davrlari, xususan,xonliklar davri tarixi ham yangi yondashuvlar asosida o‘rganila boshladi. Bu davrga oid O‘zR FA Tarix instituti tomonidan O‘zbekiston tarixi‖ (3-jild) nashr etidi. Kitobning birinchi jildida Qo`qon xonligi tarixi batafsil yoritib berilgan. O‘zbekiston hududida qadim zamonlardan beri shakllanib va rivojlanib kelgan milliy davlatchillikning uzviy davomchisi bo‘lgan Qo‘qon xonligida kechgan jarayonlar haqida H.N.Bobobekov, Sh.H.Vohidov, H.Z.Ziyoyev, G.A.Agzamova, D.Sangirova, V.T.Ishquvvatov, Z.A.Ilhomov, Muhammad Yahyoxon 22 kabi tadqiqotchilar asar va maqolalar yozdilar. Ularda xonlik tarixining turli masalalari,xususan, Turkiston xalqlari Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurashi, Qo‘qon xonligida xalq harakatlari va ularning ijtimoiy-siyosiy asoslari, turli tarixiy shaxslar,jumladan,Aliquli Amirlashkarning mamlakat siyosy hayotidagi o‘rni,xonlikdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayotning ba‘zi masalalari, ma‘muriy boshqaruv tizimining ayrim muammolari, Qo‘qon xonligi manbashunosligi masalalarini va o‘zlarining ilmiy mulohazalarini berganlar. Qo‘qon xonligi tarixi bo‘yicha yirik mutaxassis H.N.Bobobekovning bu davrda chop etilgan “Qo‘qon tarixi” asarida xonlik tarixining ko‘p muammolarini tahlil qilish bilan birga xonlikdagi ayrim mansablar va soliq tizimiga oid ma‘lumotlar keltirilgan. 14
Qo‘qon tarixnavislik maktabi vakillari tomonidan yaratilgan xonlik tarixiga oid asarlar ustida manbashunoslik tadqiqotlarini olib borgan Sh.H.Vohidov ham o‘z tadqiqotlarida Qo‘qon xonligi davrida o‘zbek davlatchiligining holatini ilmiy tahlil etishga imkon yaratuvchi tarixiy faktlarni berdi. Ayniqsa, uning R.Xoliqova bilan‖ Markaziy Osiyodagi davlat boshqaruvi tarixidan‖, deb nomlangan risolasi mavzusini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega H.Z.Ziyoyev Qo‘qon xonligining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishiga bag‘ishlangan asarida bu jarayonning muhim jihatlarini ko‘rsatib berish bilan birga xonlik boshqaruv tizimining ayrim tomonlariga ham e‘tibor qaratdi. Shuningdek, G.A.Agzamovaning O‘rta Osiyo xonliklari, xususan,Qo‘qon xonligi tarixiga oid tadqiqotlarda shaharlar hayoti, ularda mavjud ma‘muriy boshqaruv tizimi va bu tizimning turli bo‘g‘inlarini egallagan mansabdorlar, xususan, rais ( muxtasib)lar hayoti, faoliyati haqida muayyan fikrlar bayon etilgan. Bu davrda Qirg‘izistonlik,Qozog‘istonlik va Rossiyalik olimlar T.K.Beysimbiyev, Yu.F.Lunyov,V. Ploskiylar ham xonlik tarixiga oid tadqiqotlar olib bordilar. T.K.Beysimbiyev Muhammad Yunus Toib qalamiga mansub “Tarixi Alimquli Amirlashkar” asari va boshqa manbarlarda keltirilgan ma‘lumotlarga asoslanib,xonlikda mavjud mansablarni izohlagan. U Qo‘qon xonligi davrida janubiy Qozog‘istonning yo‘qori ma‘muriyati ga bag‘ishlangan maqolasida 18091865 yillarda Toshkent viloyati va uning shimoliy hududlarining idora etilishi, mazkur viloyatga tayinlangan hokimlar hamda mahalliy boshqaruv tizimida asosiy vazifalar zimmasiga yuklangan botirboshi va sarkor mansablarini tahlil qilgan. Qo‘qon xonligi tarixini o‘rganishda xorijiy tadqiqotchilar ham o`z hissasini qo‘shganlar. Qo‘qon tarixi bo‘yicha M.Xoldsvort va B.Mans 28tomonidan ingliz tilida chop etilgan asarlarda xonlikning siyosiy, ijtimoiy- iqtisodiy hayoti ma‘muriy boshqaruv tizimi yuzasidan mulohazalarini keltirgan. Biroq, ularning ushbu mavzuga oid mulohazalarida ba‘zi kamchiliklarga yo`l qo`yganlar. Xususan,M.Xoldsvort xonlikning davriy chegarasini 1798 yildan 1876 yilga qadar ming sulolasi qo‘lida bo‘lganligi, xonlik tarkibiga Marg‘ilon, Qo‘qon va Namangan viloyatlari kirgan deb noto‘g‘ri mulohaza yuritgan. 29 B.Mans ham shunday mulohazani ilgari surdi. 30 Ayrim ingliz tadqiqotchilari, jumladan,Yu.Bregel, E.Ollvort va S.Livay esa bu masalaga jiddiy e‘tibor qaratib,tarixiy jarayonlarni tog‘ri keltirishga harakat qildi. Xususan, Yu.Bregel va E.Ollvortlar M.Xoldsvort hamda B.Mansdan farqli ravishda xonlikning tashkil topishi 1710 yilda sodir bo‘lganligini nisbatan to‘g‘ri ko‘rsatishdi. S.Livay esa xonlikni 1709 yilda tashkil topganligini to‘g‘ri ko‘rsatgan. Biroq bu asarlarda Qo‘qon xonligining ma‘muriy–boshqaruv tizimi alohida tadqiqot ob‘yekti sifatida o‘rganilmagan. 15 O`zbek davlatchiligi tarixi O`rta Osiyo hududida turli davrlarda mavjud bo`lgan davlatlar o`zining ichki va tashqi siyosatini murakkab boshqaruv tizimiga asoslanib idora etgan. Bu jarayonlarda markaziy boshqaruv tizimi bilan qatorda mahalliy boshqaruv tizimi ham muhim o`rin tutgan. Bu boshqaruvni amalga oshirishda bu tizimda faoliyat yuritgan unvon va mansablarni aniqlab olishimiz kerak. Birinchi navbatda,Qo`qon xonligi mahalliy boshqaruv tizimida birinchi mansabdor shaxs xususida xonlik tarixiga oid tadqiqotlarda turlicha fikrlar ilgari surilgan. Jumladan , T.Beysimbiyev xonlikdagi viloyatlarni hokimlar yoki voliylar boshqargan degan fikrni bildirib,‖ ayrim hollarda markaziy boshqaruv tizimidamuhim o`rin tutgan amaldorlar - otaliq, qo`shbegi, devonbegi, parvonachi, xazinachi va dodgoh mansabidagilar ham xonlikdagi ma`muriy- hududiy birlik bo`lgan viloyatlarni boshqarishi mumkin edi‖ ,-deb Ba`zi tadqiqotchilar viloyat hukmdorlarini hokimlar deb atashgan. yozadi. Jumladan, A.P.Qayumov o`z tadqiqot ishida xonlikda ― viloyatlarni hokimlar boshqarar edi‖-deb yozgan. Xonlikdagi mahalliy boshqaruv tizimi tepasida turgan viloyat boshliqlarining ―hokim‖ deb atalishi xususida mahalliy muarrixlarning XIX asrda yozilgan Qo`qon xonligiga oid asarlarida juda ko`p ma`lumotlar keltirilgan. ―Ansob us-salotin…‖ asar muallifi Mirzo Olim Mushrif Qo`qon xoni Sheralixonning hukmron doira vakillari bilan kengashib,Marg`ilon viloyatiga yangi hukmdor tayinlashi haqida yozar ekan, quyidagilarni qayd etadi: ― Arkoni davlat bilittifoq maslahat qilib,… Yusuf mingboshini Marg`ilonga hokim qildilar‖. 90 Shu o`rinda viloyat hokimlarining qo`shbegi,devonbegi, parvonachi mansabidagilari va o`z amallari doirasida davlatning ichki va tashqi siyosatida muhim rol o`ynagan va muayyan e` tibor qozonganlar. Ularning ayrimlariga ba`zi siyosiy ijtimoiy-iqtisodiy sabablarga ko`ra viloyatlar boshqaruvi ishonib topshirilgan. Ko`p hollarda ular biror viloyatga hokim etib tayinlanganidan keyin ham mamlakat markaziy boshqaruv tizimida ilgari egallab turgan mansabining nomi bilan atalgan. Viloyat boshliqlarining ―bek‖ deb atalishi xususida Sattorxon Abdug`afforovning ma`lumotlari e`tiborga loyiq. U viloyatlarni beklar va hokimlar boshqargan deb e`tirof etar ekan, ularning farqiga to`xtalib, ―… ikkalasining mavqeyi teng , farqi –bek xon urug`idan, hokim esa oddiy fuqarolardan‖ bo`lgan,-deb yozadi. 91 Bundan ko`rinadiki, ayrim viloyat hokimlari xonning yaqin qarindoshlaridan bo`lganligi uchun ―bek‖ deb atalgan Xonlikda kechgan siyosiy va ijtimoiy jarayonlar mahalliy boshqaruvda ham bir qator o`zgarishlar bo`lishiga sabab bo`ldi. Xususan, poytaxtdan ancha uzoqda joylashgan va XIX asrning dastlabki o`n yilligida xonlik tarkibiga qo`shib olingan Toshkent va Janubiy Qozog`iston hududlarini boshqarish tizimiga ayrim o`zgartirishlar kiritishni talab etdi. Shunga ko`ra,1831 yilda Muhammad Alixon tomonidan yangi unvon joriy qilindi. Bu ― beklarbegi‖ unvoni bo`lib, u faqat Toshkent viloyati hokimiga berilgan. Ushbu mansabdor bir qator imtiyozlarga ega bo`lgan jumladan, unga xonlikning shimoliy hududlaridagi ma`muriy birliklar ustidan nazorat qilish vazifasi topshirilgan.Viloyat hokimlariga ma`muriy hududni to`la boshqarish bilan bir qatorda, viloyatdagi qo`shinni boshqarish ham yuklatilgan edi. Xonlikning asosiy harbiy kuchlari, asosan,viloyatlarda to`plangan bo`lib, V.Nalivkin va A.Kun o`z asarlarida bu qo`shinlarni boshqargan viloyat 92 Viloyat hokimligiga hokimlarini ―sarkarda‖ deb ham qayd etadilar. va mahalliy boshqaruv tizimining nufuzli vazifalariga mansabdorlar xon tomonidan maxsus davlat xujjati bo`lgan yorliqlar asosida tayinlangan. Mahalliy boshqaruv kengashi ham viloyat hokimi huzuridagi mansabdorlardan tuzilgan. T.Beysimbiyev Toshkent viloyati hokimining yordamchisi bo`lganligini qayd etib, ular mahalliy boshqaruvning muhim jabhalariga javobgar bo`lganliklarini ta`kidlaydi. Uning ta`kidlashicha, ularning birinchisi fuqarolik ishlari va soliq yig`ish bilan shug`ullanib,sarkor (yoki mirzaboshi), ikkinchisi harbiy masalalar bilan shug`ullanib, botirboshi deb atalgan. Bu ikki mansab egasi mahalliy boshqaruv tizimida muhim o`rin tutgan. Bularning faoliyatisiz viloyat ma`muriyatini tasavvur qilish qiyin bo`lgan. Ayniqsa,viloyatlardagi fuqarolik ishlari va soliqlar yig`ishga mutasaddi bo`lgan sarkorlar hokimlarning asosiy yordamchisi bo`lgan. Bu haqida tadqiqotchi R.Nabiyev sarkorlik ma`muriy boshqaruv tizimida muhim rol o`ynaganini ta`kidlab, ular bir vaqtning o`zida ham agrar masalalarni, ham savdo - sotiq munosobatlarini, ham hunarmandchilik sohalarini nazorat qilganligi va oliy hukmdorning hamda viloyat hokimlarining xo`jaligidagi barcha masalalarda ham muhim o`rin tutganligini ko`rsatadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR



1.Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib,yangi bosqichga ko‘taramiz.1-jild .Toshkent :O‘zbekiston. NMIU 2017 592bet 2.Karimov I.A Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. __T.:Sharq 1998
3.Karimov. I.A XXI asr bo‘sag‘asida xavfsizlikka tahdid,barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari __T.:O‘zbekiston 1997
4.Hayitov.Sh Amir olimxon va Afg‘on amirlari.Buxoronoma 2002 26-yanvar
5.Ziyayev H. Tarixning ochilmagan sahifalari.T.:2003
6.Qosimov. Y Qo‘qon xonligi tarixi ocherklari.Namangan 1994
7.Ziyo.A O‘zbek davlatchiligi tarixi.T.:Sharq 2001
8.Ziyayev .H.Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash. T.:Sharq 1998

1 Ahmedov X. Qadimiy ark qaytadan yuz ochadi // Buxoro haqiqati.1992-yil 28-noyabr.

2 Xalilov A. Ark qal’asidagi bunyodkorlik. // Buxoronoma.2012-yil 22-avgust.



3 Xalilov A. Niliy gumbaz chiroyi. // Buxoro haqiqati. 1997-yil 18-iyun.



4 Naimov N. Masjidi Kalon. // Buxoro haqiqati. 1997-yil 11-yanvar.

5 Chor bakr tarixiy yodgorligini ta’mirlash. Buxoro haqiqati. 1999



6 Сафар Аҳмедов “Жаҳон хазинаси жавоҳирлари”. “Бухоро нашриёти”. 1997 йил.



7 Жаҳон тарихи жавоҳирлари. Бухоро 1997 йил 38-39 бетлар.



8 Л.Керен. А. Саидов. Амир Темур ва Франция. Тошкент 1996 йил

9 Зиёев Ҳ. Тарихнинг очилмаган саҳифалари… - Б.100.



10 146Маҳмудов М. Хоразм тарихидан лавҳалар.- Урганч, 1998.-Б. 29



11 Жабборов И. Антик маданият ва маънавият хазинаси (тарихий этнографик лавҳалар)... – Б. 193.



12 Абдурасулов А. Хива (тарихий-этнографик очерклар).- Б. 31-34.



13 Полвонов Н.Т. Хива хонлигида давлат мансабларига тайинлаш тартиби // Жамияг ва бошкарув - Т., 2009. - № 4. - Б. 48-49. 57



14 Махмудов. Ш. Куканд хонлигининг ма‘мурий- бошкарув тизими (1709-1876 йй.). Тарих фан. Ном. Дисс.- Т. 2007.



15 Агзамов Г. А. Раиснинг шахарлар хаѐтидаги урни// Хаѐт ва конун. 1999-№ 11-12-б 81-83 27



Yüklə 101,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin