BUXORO DAVLAT PEDAGOGIKA
INSTITUTI
MATEMATIKA VA INFARMATIKA
YO`NALISHI
2-oliy (sirtqi)
FANNING NOMI: UMUMIY PEDAGOGIKA
MAVZU:
Abdulla Avloniyning ilmiy merosi
FAN O`QITUVCHISI: KARIMOV JAMSHID TO`LQIN O`G`LI
TALABA
:
Boboqulova Farida Sulton qizi
Mavzu: Abdulla Avloniyning ilmiy merosi
Reja
1. Abdulla Avloniyning hayoti va ijodi
2. Dastlabki poetik asarlari
3. Abdulla Avloniy
ning oʻzbek teatriga qo`shgan
hissalari
1. Abdulla Avloniyning hayoti va ijodi
XIX asr oxiri XX asr boshidagi oʻzbek milliy
madaniyatining mashhur vakillaridan biri maʼrifatparvar
shoir, dramaturg, jurnalist, olim, davlat va jamoat arbobi
Abdulla
Avloniydir.
U
1878
yilning
12
iyulida
Toshkentning
Mergancha
mahallasida,
toʻquvchi
Miravlon aka oilasida dunyoga keldi. Bolaligi Mirobod
mahallasining egri-
bugri koʻchalarida, koʻpchilik qismini
ruslar tashkil qilgan temir yoʻl ishchilari bolalari orasida
kechdi. Oʻqchidagi eski maktabda, soʻng madrasada
oʻqidi (1885–1886). Mustaqil mutolaa bilan shugʻullandi.
Arab, fors, rus tillarini oʻrgandi. Orenburg, Qozon, Tiflisda
chiqib turgan gazeta-jurnallarni kuzatib bordi. Qisqa
muddat ichida u maʼrifatparvar sifatida tanildi va oʻlkadagi
ijgimoiy-madaniy
harakatchilikning
faol
namoyandalaridan biriga aylandi.
XX asr boshlarida Turkiston madaniy hayotida yuz
bergan eng muhim oʻzgarishlardan biri maktab oʻquv
ishlarida oʻzgarish boʻldi. Avloniy bu davrda jadidchilik
harakatiga qoʻshilib, Toshkentdagi jadidlarning faol
ishtirokchilaridan biri boʻlib tanildi. Avloniy 1904 yilda
Mirobodda, soʻngroq Degrezliqda (1903–14) xuddi
shunday yangi usulda, yangicha maktab ochib, dars berdi
va darsliklar yozdi.
1909 yilda maktab maorif ishlariga yordam beruvchi
“Jamiyati xayriya” ochib, yetim bolalarni oʻqitdi. “Adabiyot
yoxud milliy sheʼrlar” nomli toʻrt qismdan iborat sheʼriy
toʻplamining birinchi juzʼini nashr qildirdi. Munavvarqori,
Muhammadjon Podshoxoʻjayev, Tavallo, Rustambek
Yusufbekov, Nizomiddin Xoʻjayev, Shokirjon Rahimiy
kabi taraqqiychilar bilan s
heriklikda “Nashriyot” (1914),
“Maktab” (1916) shirkatlarini tuzdi. “Taraqqiy”, “Shuhrat”
(1907), “Osiyo” (1908), “Turon” (1917) gazetalarini
chiqardi. 1918 yilda Turkiston Shurolar hukumatining
birinchi gazetasi “Ishtirokiyun”ning tashkilotchilaridan va
u
ning birinchi muharrirlaridan boʻldi. U sovet davrida turli
masʼuliyatli lavozimlarda xizmat qildi, qaysi vazifada
ishlamasin ilm-
maʼrifat tarqatish, taʼlim-tarbiya masalalari
bilan shugʻullanib keldi, bilimyurtlarida, oliy maktablarda
oʻqituvchilik qildi. 1930–34 yillarda Oʻrta Osiyo davlat
universitetida (hozirgi ToshDU) kafedrani boshqardi. U
1934 yilda vafot etdi.
Avloniy 1927 yilda Mehnat Qahramoni unvoniga sazovor
boʻldi.
Avloniy 30 yildan ortiqroq ijod qildi. 1916 yilgi mardikorlik
voqealarining, soʻng inqilobiy talotumlaru milliy-ozodlik
kurashlarining guvohi boʻldi. Oʻtgan davr ichida, oʻzi
taʼkidlaganidek, “oʻnlab sheʼr va maktab kitoblari, toʻrt
teatr kitobi”qoldirdi. Uning madaniyatimiz tarixidagi oʻrni
haqida gap ketganda, ikki jihatini alohida
taʼkidlash zarur:
pedagogik faoliyati va adabiy badiiy ijodi. Uning
pedagogik faoliyati, taʼlim-tarbiya haqidagi fikrlari XX
asrning
boshlarida
yangi
bosqichga
koʻtarilgan
maʼrifatchilikning xususiyatlarini belgilashda muhim
manbalardandir.
Avloniy maktabi gumanistik va erkin tarbiya asosiga
qurilgan, dunyoviy va ilgʻor ilm-fanni bolalarga oʻrgatishni
oʻz oldiga asosiy vazifa qilib qoʻygan, yoshlarni
mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotiga aralasha olish
qobiliyatiga ega boʻlishini taʼminlaydigan haqiqiy xalq
maktabi boʻldi. Adib bu maktablar uchun darsliklar tuzdi.
Uning avvalgi sinf shogirdlari uchun “Birinchi muallim”i
(1911) Oktyabr oʻzgarishigacha 4 marta, “Alifbedan
soʻnggi oʻquv kitobi” – “Ikkinchi muallim” (1912) 3 marta
kayta nashr etilgan. Axloqiy d
idaktik mazmundagi “Turkiy
Guliston yoxud axloq” darsligi (1913) XX asr boshlari
ijtimoiypedagogik fikr taraqqiyotida alohida oʻrin egalladi.
Unda tarbiya va axloq masalalari birinchi marotaba XX
asrning talab va ehtiyojlari nuqtai nazaridan tahlil
qilinga
n. Avloniy xulqlarni anʼanaviy yaxshi va yomonga
ajratar ekan, mulohazalarini Gippokrat, Platon, Aristotel,
Saʼdiy Sheroziy, Bedil fikrlari bilan dalillagan holda
zamonaviylikni asosiy mezon qilib oladi. Adib Vatan
muhabbatini uning uchun kurashmoqni eng yaxshi
insoniy xulqlardan hisobladi. Vatan
– bu har bir kishining
tugʻilib oʻsgan shahar va mamlakati. Uni qadrlamoq,
sevmoq, yashartmoq kerak. Shoir Vatan va unga
muhabbat deganda shuni tushungan edi. Tilga,
madaniyatga muhabbat esa, har bir kishining oʻz xalqiga
boʻlgan muhabbatidir: “Har bir millatning dunyoda
borligʻini koʻrsatadurgon oyinai hayoti til va adabiyotidir.
Milliy tilni yoʻqotmak millatning ruhini yoʻqotmakdur”.
Avloniy Hijron, Nabil, Indamas, Shuhrat, Tangriquli,
Surayyo, Shapaloq, Chol, Ab, Chegaboy, Abdulhaq
taxalluslari bilan sheʼr, hikoyalar va maqolalar yozgan.
Shuni aytish kerakki, Avloniy ancha murakkab hayot va
ijod yoʻlini bosib oʻtdi. U adabiyotga gʻoyaviy kurashlar
gʻoyat keskinlashgan bir davrda kirib keldi. Hech
ikkilanmasdan maʼrifat va taraqqiyot uchun kurashishini
maslak etib qabul qildi.
Shoir sheʼriyati bilan tanishar
ekansiz, qiziq bir holga duch kelasiz. Unda birorta ishqiy
sheʼr yoʻq. U ijtimoiy muammolarni, el-yurt gʻamini
muhimroq biladi. Xalq va Vatan baxtsizligi oldida har
qanday muhabbatni rad etadi. Oʻz onadiyorini bamisoli
“yor kabi sevadi”. Butun mehrini shunga bagʻishlaydi.
Asrimiz boshlari Turkiston takdirida gʻoyat masʼuliyatli
boʻlgan, uning hayot mamot masalasi hal qilinayotgan bir
payt edi. Buni Avloniy davrning peshqadam ziyolisi, yirik
maʼrifatparvar, jadidlar taʼlimotining faol tarafdori sifatida
tezda ilgʻab oldi.
Dostları ilə paylaş: |