Navoiy kon-metallurgiya kombinati



Yüklə 452,15 Kb.
səhifə1/50
tarix28.12.2022
ölçüsü452,15 Kb.
#78086
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Navoiy kon-metallurgiya kombinati


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA TA’LIM VAZIRLIGI

NAVOIY KON-METALLURGIYA KOMBINATI


NAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTI KIMYO-METALLURGIYA FAKULTETI

«IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR» KAFEDRASI



«PEDAGOGIKA»


fanidan
MA’RUZALAR MATNI
Barcha bakalavriat yunalishi uchun
Navoiy – 2019
1 – 2 mavzu: Pedagogika fanining mohiyati, predmeti va tadqiqot
metodlari (4 soat).
REJA:

  1. O‘zbekistonda ta’lim tizimi.

  2. Pedagogika shaxsni rivojlantiruvchi va ta’lim beruvchi fan sifatida.

  3. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari va tarmoqlari.

4. Pedagogikani boshqa fanlar bilan aloqasi.
5.Pedagogika fanining predmeti va vazifalari.

  1. O‘zbekistonda ta’lim tizimi. O‘zbekistonda ta’lim tizimi.

Mustaqillik yillarida O'zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish ustuvor yo‘nalish sifatida e’tirof etildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunida uzluksiz ta’lim tizimining mohiyati, yo‘nalishlari, ta’lim mazmuni, ta’limning huquqiy asoslari batafsil ochib berilgan. Mazkur me’yoriy hujjat mazmunida quyidagilar ifodasini topgan:

  1. fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslari;

  2. ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari;

  3. har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqi;

  4. pedagogk faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi;

  5. ta’lim muassasasining huquqiy maqomi;

  6. ta’lim tizimi va turlari;

  7. ta’lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy himoya qilish; 8) ta’lim tizimini boshqarish.

O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunida alohida urg‘u berilganidek, ta’limni tashkil etishning asosiy maqsadi - jamiyatda intellektual va ilmiy potensialni rivojlantirish, jamiyat, oila va davlat oldidagi burchi, javobgarligini anglaydigan barkamol va mustaqil fikrli shaxsni shakllantirishdan iborat.
Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunining 3-moddasida ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamovillari ko‘rsatib o‘tilgan. Ular quyidagilardan iborat:

  1. Ta’lim-tarbiyaning insonparvar va demokratik xarakterda bo‘lishi,

  2. Ta’lim tizimining uzluksizligi va izchilligi;

  3. Umumiy o‘rta, shuningdek, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi;

  4. Umumiy o‘rta, shuningdek, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limining yo‘nalishlarini tanlashning ixtiyoriyligi;

  5. Ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;

  6. Davlat ta’lim standard doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;

  7. Ta’lim dasturini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;

  8. Bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag'batlantirish;

  9. Ta’lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvini uyg‘unlashtirish.

0‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to'g'risida»gi qonunining 3-moddasida, ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan biri ta’lim va tarbiyaning insonparvar va demokratik xarakterda bo'lishi ko'rsatilgan. Ta’lim va tarbiyaning insonparvarlashuvi insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishni nazarda tutadi.
Ta’limni insonparvarlashtirish shaxsning ijodiy qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkon yaratadi. Shuningdek, ta’lim jarayonida uning ma’naviy-axloqiy ehtiyojlari, xohish-istaklari va qiziqishlarini hisobga olishni nazarda tutadi. Bir so‘z bilan aytganda, ta’lim-tarbiya jarayoni shaxsni har tomonlama kamol topishini ta’minlashga yo'naltiriladi, uning shaxsiga nisbatan hurmat bilan yondashiladi. Ta’lim va tarbiyani demokratlashtirishning mazmuni shundan iboratki, ta’lim-tarbiya mazmunining ochiqligi, o‘quv materiallari, ta’lim shakl va metodlarining xilma-xilligi, milliy va hududiy xususiyatlarning inobatga olinishi, hammaning va har kiinning madaniy jihatdan yuksak natijalaiga erishishini ta’minlashga imkon beradi. Mazkur tamoyilga amal qilish o'quvchilarning xohishlariga ko'ra o‘quv jadvalidan qo'shimcha fanlaming o‘rin olishi, yuqori sinflarda muayyan fanlaming chuqurlashtirilib o‘rgatilishi, fakultativ mashg'ulotlar hajmini kengaytirish, turli yo'nalishlarda to‘garaklami tashkil etish, darslarning yakka va guruh asosida o'tkazilishiga e’tibor berilishini anglatadi
Ta’lim tizimining uzluksizligi va izchilligi tamoyili respublikada uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlari o'zaro aloqadorlik va bog'liqlik asosida faoliyat yuritishlarini ifodalaydi. Umumiy o'rta ta’lim maktablarining o'quv dasturlari akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining, o'z navbatida ularning o'quv dasturlari oliy o'quv yurti o'quv dasturlari bilan mutanosiblikda yaratilib, biri o'zidan avvalgi bosqichda o'zlashtirilgan ma’lumotni boyitadi va rivojlantiradi. Shuningdek, davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiq faoliyat olib borayotgan uzluksiz ta’lim tizimi mazmuniga ko‘ra bir tipdagi o‘quv yurtlarining biridan ikkinchisiga o‘tib o‘qish imkoniyati mavjud. Chunonchi, ta’lim oluvchilar bir maktabdan ikkinchi maktabga, bir akademik litseydan ikkinchi akademik litseyga bir shaharda faoliyat yuritayotgan oliy o‘quv yurtidan ikkinchi shaharda joylashgan oliy o'quv yurtiga o'tib ta’limni davom ettirish huquqiga egalar.
Umumiv o‘rta, shuningdek, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limining maiburivligi tamoyili o‘zida, birinchidan, fanlar asoslari bo'yicha muntazam bilim olishlari, ularning bilimlami o‘zlashtirishga bolgan ehtiyojlari, asosiy o‘quv-ilmiy va umummadaniy bilimlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlar, mehnat, ijodiy fikrlash va kasb tanlash ko‘nikmalarini shakllantirish; ikkinchidan, o'quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi, chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo'naltirilgan ta’lim olishni ta’minlash; uchinchidan, o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko‘nikmalarini chuqur rivojlantirish, tanlab olingan kasb-hunar bo'yicha bir yoki bir necha ixtisoslikni egallash imkoniyatini yaratishni ifodalaydi.
Q‘rta maxsus kasb-hunar ta’limining ixtiyorivligi tamoyilining asosiy mohiyati o'quvchilarning yangi turdagi o'quv muassasalarida ta’lim olish yo‘nalishini ixtiyoriy ravishda tanlash huquqiga ega ekanliklarini anglatadi. Bu ikki turdagi uch yillik maxsus ta’lim yo‘nalishlarini o'quvchilar o'z iqtidorlari va xohish-istaklariga tayangan holda tanlaydilar. Ana shu tarzda o'quvchilarning biron birshaklda bilimlarini takomillashtirish, muayyan kasb-hunar egasi bo'lib yetishishlari uchun sharoit yaratiladi.
Ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi mamlakatda ta’lim taraqqiyotining rivoji ilmiy asoslarga ega bo'lib, u fan-texnika, madaniyatning yuksala borishi bilan chambarchas holda rivojlanib borishini nazarda tutadi. Insoniyat mavjud ekan, har doim taraqqiyot sari intiladi va yangidan- yangi fan yutuqlarini qo'lga kiritib boradi. Ta’lim tizimi esa ana shu fan yangiliklarini kelajak avlodga yetkazib berishni ta’minlaydi. Shu bois ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda bo'lishi talab etiladi. Shuningdek, ta’lim oluvchilarning ushbu yutuqlardan oqilona foydalangan holda ulardan to'g'ri xulosalar chiqarib, kelajakda o‘zlarining munosib o‘rinlarini topishga zamin yaratadi.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunining 4-moddasida belgilab qo‘yilganidek, fuqarolar millati, tili, jinsi, yoshi, diniy e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, mavqeyi, xizmat turi, turar joyi, 0‘zbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt yashayotganligidan qat’iy nazar bilim olish huquqiga egalar. Davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi tamoyili aynan mana shu holatni yoritishga xizmat qiladi. Yuqorida qayd etilgan moddada, yana shuningdek, chet ellik fuqarolarning 0‘zbekiston Respublikasi hududida xalqaro shartnomalarga muvofiq bilim olish huquqiga egaliklari ta’kidlab o‘tilgan.
0‘zbekiston Respublikasida istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo'lmagan shaxslar esa bilim olishda 0‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega ekanligi bu tamoyilning inson va uning manfaatlariga xizmat qilishini bildiradi. Respublikamizda ta’lim, o‘zbek, rus, qozoq, qirg‘iz va tojik tillarida olib borilayotgan umumiy o‘ita ta’lim muassasalari mavjud bo‘lib, bunday yo‘l bilan barcha millatlarning tenglik asosida bilim olishiga sharoit yaratilgan.
Ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv 0‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunining 7- moddasida o‘z ifodasini topgan. Davlat ta’lim standartlari umumiy o‘rta, o'rta maxsus kasb-hunar hamda oliy ta’lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilab beradi. Davlat ta’lim standartlarini bajarish 0‘zbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir. Buning ma’nosi shuki, har bir ta’lim turi uchun alohida davlat ta’lim standartlari ishlab chiqiladi, ularda ko‘zda tutilgan talablarga amal qilish esa mazkur bosqichdagi ta’lim muassasalaridan birday talab etiladi. Ammo davlat ta’lim standarti asosida ta’lim muassasalari o'zlarining o'quv dasturlari variantini ishlab chiqib, undan foydalanishlari mumkin. Bu ta’lim olish maqsadi yagona bo'lgani holda, unga erishish yo‘llari turlicha ekanligini ko'rsatadi.Bilimli bo'lishni va iste’dodni rag'batlantirish ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan biri sanalib, uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida ushbu tamoyilga to‘la amal qilinadi.
Ta’lim oluvchilarning iste’dod va qobiliyatlari davlat tomonidan moddiy va ma’naviy jihatdan rag'batlantirilib boriladi. Bunday rag‘batlantirishlar sirasiga iste’dodli o'quvchilarni faxriy yorliqlar, stipendiyalar hamda mukofotlar bilan taqdirlashni kiritish mumkin.
Har yili o‘quvchi va talabalar o'rtasida fan olimpiadalari o‘tkazilib, g‘oliblar turli imtiyozlarni qo‘lga kiritmoqdalar. Ilmiy salohiyat, iqtidorga ega talabalar (bakalavr va magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha) hamda tadqiqotchilik faoliyatini inuvaffaqiyatli amalga oshirayotgan aspirantlar uchun 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyalari ta’sis etildi va har yili o‘n birta’lim yo‘nalishi (texnika va informatika, tibbiyot, fizika-matematika, iqtisodiyot, jurnalistika, gumanitar, huquq va xalqaro munosabatlar, pedagogika, madaniyat va san’at, chet tillar, qishloq xo‘jaligi) bo'yicha 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi uchun tanlovlar tashkil etilmoqda. Shuningdek, iqtidorli talabalar uchun «Beruniy», «Ulug‘bek» hamda «Navoiy» nomidagi stipendiyalar joriy etilgan bo‘lib, ularning sovrindorlari bo'lgan talabalarning faoliyati moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Bundan tashqari iste’dodli yoshlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, chet elda ta’lim olishlarini qoilab-quwatlash maqsadida «Umid», «Iste’dod», «Respublika bolalar fondi», «Sog‘lom avlod uchun», «Ulug‘bek» va boshqa jamg‘armalar tashkil etilgan. Ayni vaqtda davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan amaliy yordam tufayli 2000 nafardan ortiq talabalar xorijiy mamlakatlarda tahsil olib, o‘z bilimlarini oshirishga muvaffaq bo‘ldilar.Yuqorida bildirilgan fikrlar respublikada bilimli bo‘lish va iste’dodni rag'batlantirish tamoyilining to'laqonli ravishda amaliyotga tatbiq etilayotganligining yorqin isbotidir. Ta’lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvi ta’lim samaradorligini oshirishga zamin yaratadi.

Yüklə 452,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin