Navoiy kon-metallurgiya kombinati


Konstantin Dmitriyevich Ushinskiy



Yüklə 452,15 Kb.
səhifə14/50
tarix28.12.2022
ölçüsü452,15 Kb.
#78086
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   50
Navoiy kon-metallurgiya kombinati

Konstantin Dmitriyevich Ushinskiy. Ushinskiy tarbiyada xalq ruhining yeng yaxshi ifodasi ona tili yekanligiga, rus bolalarini o’qitishda rus tili asos boiishligini, boshlang’ich maktablardagi ta’lim ham bolalarni rus tarixi, Rossiya geografiyasi va uning tabiati bilan tanishtirmog’i lozimligini uqtiradi. K.D.Ushinskiy tar-biya ishidagi turli vositalar orasida axloqiy tarbiyaga katta ye’tibor berib, «Tarbiyaning asosiy vazifasi axloqiy jihatdan ta’sir yetishdan iboratdir, bu aqlni urauman o’stirish, boshni bilimlar bilan to’ldirishdan ko’ra ham muhimroqdir», — deb yozgan edi.
Ushinskiy ko’rgazmali ta’lim tamoyillarini nazariy jihatdan ishlab chiqishga va uni amalda tatbiq yetishga doir juda ko’p qimmatli fikrlar kiritdi. Ushinskiy o’qitish jarayonida ko’rgazmali ta’limga munosib o’rin berdi: u ko’rgazmali ta’lim o’quvchilarning rivojlanishini ta’min yetadigan shartlardan biridir, deb bildi.
Ushinskiy bolalarning o’quv materialini anglab, puxta va mustah-kam
o’zlashtirishiga ham katta ye’tibor berdi. U bu tamoyillarni tushunish va tatbiq qilishda o’zidan ilgari o’tgan pedagoglarga nisbatan ko’pgina yangiliklar kiritdi. Masalan, o’quv materialini takrorlash to’g’risida batafsil metodika ishlab chiqdi.

O’zbеk pеdаgоgikаsidа mа’nаviy-mа’rifiy qаdriyatlаr
Hozirgi o’zbek xalqining ajdodlari bundan bir necha ming yillar oldin yashagan bo’lib, ular o’ziga xos madaniyatni vujudga keltirishda katta va mashaqqatli yo’lni bosib o’tgan. Dastlabki tosh qurollardan tirikchilik uchun foydalanish, ancha takomillashgan mehnat qurollarini yasash, urug’chilik davriga kelib, xo’jalik hayoti va madaniy taraqqiyotda erishilgan yutuqlarni o’z ichiga olgan davrgacha bo’lgan tariximiz ota-bobolarimizning boy qadimiy madaniyatga ega bo’lganligidan dalolat beradi.
Ajdodlarimiz tomonidan qo’lga kiritilgan qadimiy madaniyat tarkibidan ta'limtarbiyaga oid meros ham alohida o’rin olgan. Zero, hozirgi turkiy va forsiyzabon xalqlarning bizgacha etib kelgan muhim arxeologik topilmalari, tarixchilar, adabiyot va san'at namoyandalarining asarlari buning dalilidir.
Malumki, kishilik jamiyatining vujudga kelishi jarayonida inson ham biologik jihatdan, ham ijtimoiy jihatdan takomillashib borgan. Dastlabki diniy e'tiqodlar, eng oddiy ixtirolarning takomillashib borishi kabi holatlar inson ongining ham shakllanib borishiga turtki boldi. Bu jarayon minglab yillarni o’z ichiga olgan bolib, ana shu davrda inson ongi shakllanishining asosi sifatida qabul qilingan xulq-odob qoidalari, ijtimoiy talablar yuzaga kelgan. Ushbu talablar muayyan davrda yaratilgan yodgorliklarining asosiy mazmuni va mohiyatini tashkil etadi.
Ibtidoiy kishilar mehnat faoliyati jarayonida o’z ehtiyojlarini qondirgan va bu jarayon yosh avlodda ham mehnat qilish, amaliy faoliyatni yo’lga qo’ya olish borasidagi nazariy bilim, ko’nikma va malakalarni bosil qilishga zamin hozirlagan. Mehnat faoliyatini tashkil etish jarayoni dastlabki paytlarda butun ijtimoiy hayotni yo’lga qo’yish negizida amalga oshirilgan bo’lsa, keyinchalik tarbiya inson faoliyati asosiy jihati, ijtimoiy ongni shakllantirishning muhim omiliga aylandi.
Urug’chilik jamoasi bosqichida esa bolalar mehnatining ko’lami kengayib, kasb-
hunar faoliyatining turlari ko’payib boradi. Tajribali kishilar bolalarni tarbiyalash bilan birga ularni yozishga ham o’rgata boshlaydilar. Asta-sekin harbiy tarbiyaning boshlang’ich ko’rinishlari yuzaga kela boshlaydi. Bolalarga harbiy san'at sirlarini o’rgatish ancha murakkab ish bo’lib, ushbu tarbiyani tashkil etish maxsus bilim hamda tayyorgarlikka ega bo’lishni taqozo etar edi. Shu bois maxsus harbiy bilim va tayyorgarlikka ega bolgan kishilar bolalarga bu boradagi bilimiarni berish jarayoniga jalb etila boshladilar.
Jamiyatning ijtimoiy jihatdan taraqqiy eta borishi bolalarga yer o’lchash, suv toshqinlarining va turli kasalliklarning oldini olishga oid bilimlarni o’rgatishga bolgan ehtiyojni yuzaga keltirdi. Bu boradagi harakatning tashkil etilishi natijasida turli maktablar faoliyat yurita boshladi. Maktablarda asosiy e'tibor bolalarga og’zaki bilim berish bilan birga ularda yozuv ko’nikmalarining shakllantirilishiga qaratildi. Dastlab suratkashlik rivojlanib, piktografik xat paydo bo’lgan bo’lsa, keyinchalik qo’shni mamlakatlardan kirib kelgan harflar yordamida yozish usuli paydo boladi va bu usul tez tarqala boshlaydi.
Eng qadimgi davrlarda yo’lga qo’yilgan ta'lim-tarbiyaga oid qimmatli ma'lumotlarni
biz yana xalq og’zaki ijodi namunalari: afsonalar, qahramonlik eposlari, qo’shiqlar, maqol va iboralarda ilgari surilgan g’oyalardan ham olishimiz mumkin. Chunki xalq donishmandligining yorqin namunasi bo’lgan xalq og’zaki ijodida xalq pedagogikasiga xos bolgan tarbiya tajribalari umumlashgan.
Aksariyat afsonalarning qahramonlarini inson sifatida gavdalangan xudolar tashkil etgan. Ibtidoiy tuzum kishilarining orzu-istaklari, o’y-fikrlari, maqsad va intilishlarini yoritishga xizmat qilgan afsonalarning ko’pchiligi bizga eng qadimgi yodgorliklar - «Avesto»,
Firdavsiyning «Shohnoma» asarlari orqali malumdir.
Jasurlik, kuchlilik va mardlik - qadimiy kishilarda tarkib topishi zarur bolgan eng muhim fazilatlar sanalgan. Tarixiy shaxslarning hayoti va qahramonliklari borasida malumotlar beruvchi rivoyatlar fikrimizning yorqin dalilidir. Ularda muayyan shaxs faoliyati, donishmandligi, qahramonliklari, tarixiy shaxs ega bo’lgan axloqiy fazilatlar: nazokat, kamtarlik, aql-idrok, o’zgalarga muhabbat, yorga vafo, sadoqat, baxt, odillik, odamiylik, oliyhimmatlilik va mehnatsevarlik kabilar uluglangan.
«Devonu lug’atit-turk» asarida xalqning talim-tarbiyaga oid tajribalari ifodalangan maqollar mavjud. Maqollarda ham qo’shiqlardagi kabi do’stlik, o’zaro hamkorlik, mehnatga muhabbat, ilm olish va kasb-hunar egallashga nisbatan ishtiyoq va ehtiyoj, vatanparvarlik va qonqardoshlik tuyg’usiga ega bolish, tejamkorlikning ahamiyati va isrofgarchiliknrng oldini olish, adolat va adolatsizlik, yaxshilik va yomonlikning oqibatlari, axloq-odob qoidalari, sihatsalomatlikni saqlashga oid o’gitlar o’z ifodasini topgan.
Buni «Devon»da keltirilgan bir qancha maqollar mazmunida ko’ramiz: «Tirishqoqning labi yog’liq, erinchoqning boshi qonlik» maqolida tirishqoq odam o’z mehnati bilan yaxshi taomlar topadi, shunga ko’ra moyli (yog’li) ovqatlar eydi, erinchoq, dangasa odam esa, yalqovligi tufayli ishdan qochadi va pirovardida kambag’allik va qashshoqlikka mahkum bo’ladi. Natijada afsus chekadi, degan ma'no bor.
«Odobning boshi -til» iborasida esa xushxulqqa ega bo’lishga nisbatan qo’yiladigan talablardan biri - shirin so’zli, xushmuomala bo’lish ekanligi ta'kidlanadi. Shirinso’z, xushmuomala kishi el orasida tezda izzat-ikrom topadi, yuqori martabalarga erishadi. Shu bois yoshlarni yoshlikdanoq shirin so’zli, xushmuomalali bo’lishga o’rgatish maqsadga muvofiqdir, deya ta'kidlanadi. Xalq orasida g’iybatchi kishilarga nisbatan «Ilon o’zining egriligini bilmay, tuyaning bo’ynini egri deydi» qabilidagi maqol qo’lanilgan.
Demak, inson xulq-atvorini mukammallashtirishga xizmat qiluvchi «Devon»dagi she'riy parcha va maqollar kishilar o’rtasida ezgulikni targ’ib qilib, insonning kamolga etishiga katta ta'sir etib kelgan va bugungi kunga qadar saqlanib qolgan va o’zining pedagogik, tarbiyaviy ahamiyatini yo’qotmagan.

Yüklə 452,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin