1-Nazorat ishi
Mavzu: Asosiy kimyoviy tushunchalarni takrorlash va atom tuzilishi, davriy qonun
Nazorat shakli: Test sinovi
1. Avogadro doimiysini ifodalovchi sonni ko‘rsating.
a) 6,02·1023;
b) 6,05·1023;
c) 6,02·1025;
d) 6,02·1020.
2. Ham metallarga, ham metallmaslarga xos bo‘lgan amfoter xossaga ega elementlar qatorini ko‘rsating.
a) rux va aluminiy;
b) natriy va temir;
c) magniy va kaliy;
d) mis va xrom.
3. 12 gramm uglerodda nechta atom bo‘ladi?
a) 6,09·1028;
b) 6,02·1023;
c) 6,05·1024;
d) 6,05·1023.
4. Avogadro qonuni qaysi bandda to‘g‘ri ta’riflangan?
a) Bir xil sharoitda turli xildagi gazlarning bir xil hajmlardagi molekulalar soni bir xil bo‘ladi.
b) Moddalar bir-biri bilan ularning ekvivalentliklariga proportsional miqdorlarda ta’sirlashadilar.
c) Reaksiyaning issiqlik effekti boshlang‘ich moddalar bilan hosil bo‘lgan mahsulotning tabiatiga bog‘liq bo‘lib, reaksiyaning oraliq bosqichlariga taalluqli emas.
d) Element nisbiy atom massasining valentliklariga nisbati shu elementning ekvivalentidir.
Dostları ilə paylaş: |