Neft (turkcha neft, fors, neft), qoramoy suyuq yonuvchi qazilma boylik, organik birikmalarning, asosan, uglevodorodlarning murakkab aralashmasidan iborat modda



Yüklə 23,33 Kb.
səhifə1/2
tarix24.05.2022
ölçüsü23,33 Kb.
#59280
  1   2
neft haqida malumot


Aim.Uz



Neft (turkcha neft, fors, neft), qoramoy — suyuq yonuvchi qazilma boylik, organik birikmalarning , asosan, uglevodorodlarning murakkab aralashmasidan iborat modda. Yer yuzasidan, asosan, 1,2—2,0 km chukurlikdagi yer osti gumbazlarining gʻovak yoki seryoriq togʻ jinslari (qum, qumtosh, ohaktoshlar)da joylashgan. Chiqarilayotgan Neft, asosan, burgʻilangan quduklardan olinadi. Neft o ʻta muhim yonilgʻi-energiya manbai boʻlib, benzin, kerosin yonilgʻisi, mazut, moylash materiallari va bitumlar olishda asosiy xom ashyo sifatida ishlatiladi. Neft kora yoki qoʻngʻir, baʼzan och malla rangli boʻlib, oʻziga xos hidi bor. Zichligi 750—970 kg/m3. Zichligi 20° da 850 kg/m3 dan past boʻlgan N.lar yengil,851 —885 kg/m3 — oʻrtacha ogʻirlikdagi va 885 kg/m3 dan yuqorilari ogʻir N. hisoblanadi. Qaynash t-rasi 28° dan yukrri. Qotish t-rasi —60°dan —26° gacha, 50° dagi krvushokligi 1,2—55 mm2/s, solishtirma issiqlik sigʻimi 1,7—2,1 kJ/(kg .K), yonish issikligi 43,7—46,2 MJ/kg ga teng . Chaqnash harorati 35— 120°.Organik erituvchilarda eriydi, suvda erimaydi, lekin suv bilan turgʻun emulsiya hosil qilad.
Neft juda kddimdan ishlatib kelingan. Yaqin Sharkda joylashgan qad. davlatlarda aholi Neft va bitumdan foydalanganligi haqida maʼlumotlar saqlanib qolgan. Jumladan, tarixiy manbalarda Suriya va Iroqsan oqib utadigan Furot daryosining sohillarida mil.dan 4—6 ming yil avval, ikki dare oraligʻiga joylashgan Shumer davlati (hoz. Iroq)da, Bobilda, Qad. Misrda yunon va rimliklar idishlar yasashda, haykallarni bezashda, saroy va yoʻl qurilishlarida, jasadlarni balzamlash va mumiyolashda Neft ishlatganliklari qayd etilgan. Neft kuygan joyni, shish, revmatizm va teri kasalliklarini davolashda ishlatilgan. Yunon tabibi Gippokrat N. bilan tayyorlangan dorilar tarkibini, italiyalik mash-hur sayyox. Marko Polo (1254—1324) Kavkazda "er moyi" borligini, undan yonilgʻi sifatida foydalanish va tuyalarni davolashda ishlatish mumkinligini yozib qoldirganlar. Kds. sharqda Neftdan harbiy maqsadlarda ham foydalanganlar. Shuningdek, mil. av. 331 y. Neftdan Genuya (Italiya) koʻchalarini yori-tishda foydalanganliklari maʼlum. Neft chiqarish qadim zamonlardan maʼlum.Mil. av. Kissiyada Neft quduklardan chiqarilgan. Midiya, Bobil va Su-riyada Neft ochiq suv havzalari yuzidan yigʻib olingan. Oʻsha davrda yerni bur-gʻilamasdan yer yoki suv yuzasidagi, qudukdardagi tayyor Neftni yigʻib olganlar. 15-a.da Italiyada NefTli qumtosh va ohaktoshlarni qizdirib va siqib NEFT olingan. 1868 y.da Qoʻqon xonligida koʻldan ariqlarda oqib chiqadigan suv yuzasidan NEFT yigʻib olingan; buning uchun ariqlarga ostidan suv oʻtadigan, yuzida esa NEFT yigʻiladigan toʻsiq qilingan.17-a.da Bokuda quduqlardan NEFT chiqarilgan.Bunday quduqlarning chuq.27 m gacha boʻlib, devorlari toshlar yoki yogʻochlar bilan mustah-kamlangan.
Oʻzbekistonda NEFT chiqarish 1876 yildan boshlangan.Fargʻonaning Qamishboshi qishlogʻida tadbirkor D. P. Petrov tomonidan 19-asrning 80-yillari boshida 25 metrgacha burgʻilangan 2 ta quduqning har biridan kuniga 10 pud (160 kg) gacha Neft chiqarilgan.
19-asrning 60-y.laridan Neft burgʻi quduqlari orqali chiqarila boshladi. 1865 yilda AQShda birinchi marta Neft mexanik usulda (nasos yordamida) chiqarilgan. Bu usul 1874—95 yillarda Gruziya, Boku va Groz-niydagi konlarda ham joriy etilgan. Neftni burgʻi kuduklari orqali chiqarish usuli, asosan, 20-asrning 30-yillariga kelib ancha takomillashdi.
Neft chiqarish uchun Neft atrofida joylashgan suv yoki gaz bosimini oshirish usuli bilan qatlam gʻovaklaridagi Neft quduq zaboyiga yigʻiladi.Suv bosimi, odatda, boshlangʻich Neft zaxirasining 50—80% ini, gaz esa atigi 20— 50%ini siqib chiqaradi.Odatda, ta-shqaridan berilayotgan suv qazib chiqarilayotgan Neftning oʻrnini toʻla egallay olmaganligidan bosim kamayib ketadi.Natijada Neftning favvora boʻlib tabiiy otilishi tugaydi.Shundan keyin Neft kompressor yordamida chikariladi.
Neftni kompressor bilan chiqarishda quduqqa Neft gazi yoki havo haydaladi; ular Neftga aralashib, zichligini kamaytiradi, natijada Neft va gaz aralashmasining sathi kuduq yuzasigacha koʻtari-lib, Neftning favvora boʻlib otilishi davom etadi. Neft quduklardan Neft nasosi yordamida ham chiqariladi.

Qatlam bosimining pasaya borishi natijasida quduq debitining tushishi Neft chiqarishning iqtisodiy koʻrsatkichlarini yomonlashtiradi.Neft konlarini ishga tushirish nazariyasi, ayniqsa, yer osti gidrogazodinamikasining rivojlanishi natijasida Neft chikarishning yangi usullari ishlab chiqildi.Bularda Neft qatlamlariga suv yoki gaz haydash yoʻli bilan qatlam bosimini butun ekspluatatsiya mobaynida deyarli birday ushlab turish. Neft - yonuvchan moy; tarkibida uglevodorod bo'lgan qizil-jigarrang, ba'zan qora rangli, o'ziga xos hidli Yer qobig'ida mavjud bo'lgan foydali qazilma boylik. Neftning tarkibida uglevodorodlardan tashqari, ba’zan kislarodli, oltingugurtli va azotli birikmalar ham bo’ladi. Turli joydan chiqqan neftning tarkibi turlicha bo’lib, uning solishtirma og’irligi 0,74 bilan 0,97 g/sm3 orasidadir. Neftning tarkibiga qattiq, suyuq va gazholidagi uglevodorodlar kiradi. Gaz holidagi uglevodorodlar yer tagidan tabiiy gaz yoki yo’ldosh gaz(neft qazib olishda chiqadigan gaz) holida chiqadi. Tarkibida, asosan, suyuq uglevodorodlar bo’ladigan neft – parafin asosli, qatiiq uglevodorodlar bo’ladigan neft esa asfalt asosli neft deb ataladi.
Neft konlari - Yer poʻstida maʼlum tektonik strukturada joylashgan va uni chiqarib olish iqtisodiy ji-hatdan foydali hisoblangan neft uyumlari. Neft konlari antiklinal burmalarda va tektonik uzilgan monostrukturali tabiiy tutqichlarda joylashgan. Neft konlarini tavsiflovchi asosiy para-metrlar: kon maydonining geologik tuzilishi, lokal strukturaning asosiy strukturalarga nisbatan joylashishi, turli strukturali palanlar mavjudligi, mahsuldor gorizontlar, uyumlar turi, uglevodorodlarning fazaviy xrlati, zaxiralari, ularning maydon boʻylab zichligi va b. Neft konlari bir necha strukturali qavatlarni birlashtirishi mumkin. Uyumlar turiga qarab konlar bir qatlamli yoki koʻp qatlamli boʻladi.Konda neftning fazaviy miqdoriga qarab neft, neft-gaz, gaz-neft, gaz-kondensat-neft konlariga boʻlinadi.Oʻzaro yaqin joylashgan bir necha yirik neft-gaz konlari havzalarni tashkil qiladi. Neft konlari tabiatda, asosan, choʻkindi jinslardan hosil boʻlganligi sababli bir yoki bir necha mahsuldor qatlamdan tuziladi. Neft konlari zaxiralari umumiy (geologik) va olinishi mumkin boʻlgan (sanoat) zaxiralariga boʻlinadi.
Neft konlari yer yuzining barcha kitʼalarida, kontinental shelfda uchraydi.Jumladan, Meksika qoʻltigʻi neft-gazli havzasi, Shim.dengiz, Kaspiy, Kora va Oʻrta dengizlar va boshqa suv xav-zalari tubidagi jinslarda mavjud. Neft va gaz konlari proterozoy erasidan toʻrtlamchi davrgacha boʻlgan qatlamlar orasida joylashgan. Xorijda 19-asrda Apsheron ya.o., Grozniy shahri. Yaqinida, Krasnodar oʻlkasi, Cheliken ya.o. va boshqa joylarda topilgan. Keyin-roq Turkmaniston, Qozogʻiston, Ukraina, AQSH, Nigeriya, Yaqin Sharq mamlakatlarida ham Neft konlari ishga tushirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida neft va gazliligi aniqlangan 5 regionda (Buxoro—Xiva, Ustyurt, Surxon-daryo, Hisor janubi-gʻarbi va Fargʻona) neft va gazni qidirish boʻyicha regional ishlar olib borilmoqda. Natijada 450 dan ortiq suyuq va gazsimon uglevodorod yigʻilmalari aniqlangan boʻlib, ular 155 konda mujassamlashgan. Hozirgacha maʼlum boʻlgan konlarda uglevodorod zaxirasi miqdori boʻyicha Konlardan neft chiqarish.birinchi oʻrinda (74,3%) kichik, ikkinchi oʻrinda oʻrta (14,4%), uchinchi oʻrinda yirik (10%) va toʻrtinchi oʻrinda (1,3%) unikal konlar turadi. Uglevodorod konlarining 66% Buxoro—Xiva, 17,5% Fargʻona, 7% Surxondaryo, 5,7% Hisor jan-gʻarbi va 3,2% Ustyurt regionlarida joylashgan. Mahsuldorlikning stratigrafik diapazoni paleozoydan (Ustyurt regioni) neogen (Fargona regioni) yotqiziqlari oraligʻini qamrab olgan.Fargʻona regionida qidiruv ishlari jadal olib borildi.Dastlabki kon (Chi-myon) 1900 y.da ochilgan.1980-y.larning boshigacha Fargʻona regioni neft qazib olish, zaxiralarni oshirish surʼati boʻyicha Oʻzbekistonda yetakchi oʻrinda edi.
Oʻzbekistonda sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan 86 ta neft koni ochilgan, ulardan 36 tasi neft konlari, 24 tasi neft-gaz va gaz-neft konlari va 26 tasi neftgazkondensat konlari toi-fasiga kiritilgan va hozirgi neft 63 kondan chiqarib olinmoqda. Hoz.neft qazib olish surʼatida razvedka qilingan neft zaxirasi respublika ehtiyojini 30 y.dan ortiqroq muddatga taʼminlaydi. 14 ta neft konida razvedka ishlari olib borilmoqda va ularning jami zaxirasi 185 mln. t ni tashkil etadi.
Oʻzbekiston regionlari boʻyicha neftning bashoratli resurslari notekis taksimlanib, ularning asosiy kismi Fargona (74,8%) va Surxondaryo (10,5%) regionlarida mujassamlangan. Fargʻona regionida neftning bashorat qilingan resurslari, asosan, paleogen va neogen yotqiziklarida baholangan.Buxoro—Xiva regionida neftning bashorat qilingan resurslari yuqori yuraning karbonat yotqiziqlari va quyi boʻrning terrigen yotqiziklari bilan boglik. Oʻrtacha va nisbatan yirik neft konlarining ochilishi Surxondaryo megasinklinalining tuz osti yotqiziqlarida kutilmoqda. Ustyurt regioni Kaspiy oldi sineklizasi bilan taqqoslanganda geologik tuzilishdagi oʻxshashliklar aniklanib, bu regionda paleozoy yotqiziqlarining neftliligini baholash imkonini berdi.
Oʻzbekistonda neft qazib olish uzok, yillik soha boʻlishiga qaramasdan shoʻrolar rejimi davrida oʻz ehtiyojini qoplay olmaganligi sababli har yili 6,0 mln. t neft chetdan olib kelinar edi. Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda neft qazib olish surʼati dinamik tarzda oʻsib bormoqda (1999 y.da 8,2 mln. t) va suyuq yoqilgʻiga boʻlgan ehtiyoj toʻla qoplanmoqda.
Neft sanoati — ogʻir sanoat sohasi. Neft va gaz konlarini qidirish, kon quduqlari qazish, neft va neft bilan aralash chiqadigan gazni qazib olish, neft gazini qayta ishlash, neftni quvurlar orqali joʻnatishni oʻz ichiga oladi. N.s. neft quduqlarini mexanik usulda qazishga oʻtilgan davrdan (AQSH, 1859) rivojlana boshladi, deb hisoblanadi.Rossiyada 1-neft qudugʻi Kubanda 1864 y.da qazilgan.N.s. Kanadada 1862 y.dan, Venesuelada 1917 y.dan, Eronda 1908 y.dan paydo boʻlgan.
Neft-kimyo sanoatining rivojlanishi tufayli hozirgi zamon iqtisodiyotida neftning ahamiyati ortib bormoq-da. Jahonda Neft sanoati AQSH, Rossiya, Buyuk Britaniya, Saudiya Arabistoni, Eron, Quvayt, Venesuela, Xitoy va boshqa mamla-katlarda rivojlangan. Neft sanoati yoqilg’i-energetika tarmoqlarining yetakchisidir. U nafaqat ko’p qirrali energetika resursi, shuning bilan birga organik sintez kimyosining asosiy xomashyosi hamdir. Shu sababli uning siyosiy-strategik ahamiyati ham katta. Neft tabiiy resurs sifatida juda qadim zamonlardan buyon ma’lum. Sanoat asosida neftni qazib chiqarish XIX asrning oxirgi choraklaridan ko’paydi.

Yüklə 23,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin