Sahroi kabir



Yüklə 107,16 Kb.
səhifə1/10
tarix22.12.2023
ölçüsü107,16 Kb.
#189647
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
SAHROI KABIR


SAHROI KABIR
Reja:
Kirish
I BOB. SAHROI KABIR CHO’LINING UMUMIY TAVSIFI

    1. Sahroi Kabirning geografik o’rni.

    2. Sahroi kabirning geologik tuzulishi

    3. Sahroi kabirning iqlimi va ichki suvlari

II BOB. SAHROI KABIRNING O’SIMLIK VA HAYVONOT DUNYOSI
2.1. Sahroi kabir tuproq qatlami, o’simlik va hayvonot dunyosi
2.2. Sahroi kabirning geografik rayonlari
2.3. Tabiiy resurslari ulardan foydalanish va tabiatni muhofaza qilish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH
2008 yilda Kyoln Tarixiy geologiya universiteti olimi Stefan Kreplin boshchiligidagi Germaniya, Kanada va AQSHlik xalqaro tadqiqotchilar guruhi Sahroi Kabirda bir qancha izlanishlar oʻtkazib, tadqiqotlar natijasida aniqlashdiki, eramizdan avvalgi 4000 - yilda iqlim namgarchiligining eng yuqori koʻrsatkichiga chiqqan boʻlib, er. avv. 3600—2700 yillar oraligʻida tuproqning qurishi natijasida sekin asta choʻllanib borgan. Olimlarning bunday xulosaga kelishlariga Chad shimolidagi Yoa koʻli tubidan olib oʻrganilgan choʻkindilar sabab boʻlgan. Tadqiqotlarga qaraganda, 6 ming yil avval Sahroi Kabirda turli-tuman darxatlar oʻsib, koʻplab koʻllar boʻlgan. Shu taqlid olimlarning bu tadqiqotlari Sahroi Kabirning 5500 yil avval quruqlashib borib, bir necha asr ichida choʻlga aylanganligi haqidagi nazariyani inkor etadi.
Sahroi Kabirning topografik kartasi

Buyuk Britaniyadagi Lester universiteti olimlari koinotdan Yer sun’iy yo‘ldoshlari orqali olingan suratlarni tahlil etish jarayonida Sahroi Kabirning Liviya hududidagi qismida garamantlar tamadduniga doir 158 ta aholi yashagan manzil va 184 ta ­qabriston bo‘lganini aniqladilar. Olimlar M. Sterri va D. Mattingli eramizgacha bo‘lgan XI asrdan milodiy VII asrgacha hukm surgan garamantlar ­tamadduniga oid bir qancha yirik ­shaharlar va aholi yashagan manzillarni topishga muyassar bo‘lishdi.
Bunga qadar esa arxeologlar tomonidan mazkur tamaddunning maydoni 9,3 gektarli Ko‘hna Jerma shahrigina o‘rganilgandi. Qadimshunoslar tomonidan olib borilgan qazish ishlari garamantlarning madaniyat va texnologiya sohalaridagi yutuqlari qadim Rimnikidan qolishmasligini ko‘rsatgandi. Garamantlar metall eritish, toshdan ulkan binolar barpo etish ilmini puxta bilishgan. Bugunga kelib esa, Yer yuzidagi eng katta sahro tadqiqotchilarning qo‘li yetmaydigan hududga aylanib bormoqda. Uning ­sarhadlaridagi Mali, Misr va Liviyada mojarolar alanga olib turibdi.
Sahroi Kabirga uyushtirilgan bir necha ilmiy ekspeditsiyalar qatnashchisi, tarixchi va sharqshunos, yozuvchi va kinomatograf Nikolay Sologubovskiy buyuk sahro sirlarini ochishga muvaffaq bo‘lgan eng so‘nggi ekspeditsiyadan olgan taassurotlari haqida so‘zlab: “Tabiat hammaning ham bu hududga kirishiga yo‘l qo‘yavermaydi. Ehtiyot bo‘lmaganlarni esa, abadiy domiga tortib ketishi mumkin, — deydi.
Sahroi Kabir tadqiqotchilarini mazkur “ochiq osmon ostidagi muzey”ning hozirgacha kam o‘rganilgan g‘orlari va qoyalaridagi toshbitiklar o‘ziga chorlaydi. 14 ming yil burun qoyatoshlarga o‘yilgan ulkan petrogliflar — yovvoyi hayvonlar, kamon otayotgan ovchilar tasviri uzunligi ikki metrgacha. Liviya janubidagi Vadi Matxandushda qurigan daryo o‘zani bo‘ylab qoyatoshlarga bitilgan rasmlar 60 kilometrga cho‘zilgan, o‘ziga xos ansambl hosil qilgan. Dunyoning biron joyida bu kabi mo‘‘jiza topilmaydi. Rasmlar ma’lumotli odamlar tomonidan chizilganday tuyuladi. Syujetlari esa har xil: ayrim qiyofalarda kosmonavtlarning skafand­riga o‘xshab ketadigan niqoblar ham tasvirlangan. Fillar, hatto pingvinlar tasviri ham borki, bu ularni juda o‘rganish zarurligini ko‘rsatadi.
— Tadqiqotchilar hanuz afsonaviy Atlantida hududini ummonlardan axtarib yurishibdi, — deb yozgan edi yana bir asarida N. Sologubovskiy. — Iqlimning o‘zgarishi tufayli Atlantida dengiz suvlariga emas, qumlar dengiziga “cho‘kkan bo‘lishi” ham mumkin-ku?! Balki biz qoyatoshlardagi rasmlarni yaxshilab o‘rganib, atlantidaliklarning halokatga yuz tutgani tasvirlangan lavhalar aks etgan biron-bir surat toparmiz. Chad va Nigeriya shimolidagi borish mushkul bo‘lgan tog‘lardagi odamlar yashagan qadimgi manzillar ham hali mutlaqo o‘rganilmagan. Ishonchim komilki, buyuk Sahroi Kabir o‘tmishning juda ko‘p sirlarini bizdan pinhon tutgan holda o‘zining ilk kashshoflarini kutayotir.

Yüklə 107,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin