Neftni qayta ishlashda termik kreking



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə1/5
tarix25.01.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#80645
  1   2   3   4   5
1493307461 68027

Neftni qayta ishlashda termik kreking


Reja:



1. Termik kreking mohiyati;

  1. Termik kreking texnologik tizimi tavsifi;

  2. Neft xom ashyosi pirolizi;

  3. Piroliz jarayoni xom ashyosi va mahsulotlari.


Jarayonni amalga oshirishdan maqsad. Neftni haydash jarayonida olingan qoldiqlarga termik kreking rejimida ishlov berib, ularning termik parchalanishi natijasida qo’shimcha neft mahsulotlari olish.
Jarayonni amalga oshirish uchun xom ashyo va olinadigan mahsulotlar. Bu jarayon uchun xom ashyo sifatida neftni birlamchi haydashda olingan qaynash temperaturasi 3500 S dan yuqori bo’lgan mazut, 5000S dan yuqori bo’lgan gudron yoki kokslash va katalitik krekinglash jarayonida olingan og’ir gazoyllar qo’llaniladi1.
Bu jarayon natijasida quyidagi mahsulotlar olinadi:

      1. Gaz tarkibida turli xildagi uglevodorodlari bo’lib, gazni fraksiyalarga ajratish qurilmalari uchun xom ashyo hisoblanadi.

      2. Benzin - oktan soni 66-72 agar oltingugurtli neft qayta ishlanayotgan bo’lsa, benzin tarkibida 0,5-1,2 % (massa) oltingugurt bo’ladi. Termik krekinglashdan olingan og’ir gazoyl qayta ishlanayotgan bo’lsa, benzin tarkibida 25 % (massa) to’yinmagan uglevodorodlar mavjud bo’lib, past kimyoviy stabillikka ega bo’ladi.

Bu benzinni avtomobil benzini komponenti sifatida ishlayotganda unga oksidlanish ingibitorlari aralashtirilishi shart.

      1. Kerosin - gazoyl fraksiyasi - kemalarda ishlatiladigan mazutning asosiy komponenti hisoblanadi, gidrotozalashdan so’ng dizel yoqilg’isi komponenti sifatida ishlatilishi mumkin.

      2. Kreking - qoldiq - ishlab chiqarish qurilmalari uchun yoqilg’i sifatida ishlatiladi. Mazutga nisbatan uning yonish issiqligi katta, qovushqoqlik va qotish temperaturasi pastdir.


Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin