Nerv Sistemasining Tuzilishi



Yüklə 39,31 Kb.
səhifə1/10
tarix19.04.2023
ölçüsü39,31 Kb.
#100778
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Nerv Sistemasining Tuzilishi


Nerv Sistemasining Tuzilishi
Nerv tizimi tashqi muhitdan va ichki organlardan keladigan turli axborotlarni qabul qiladi va ularni markaziy nerv tizimiga yetkazib beradi, axborotlarni to'playdi, organlar va organlar sistemalari o'rtasidagi o'zaro aloqani amalga oshirib, organizmning bir butunligini ta'minlaydi.Organizmni tashqi muhit bilan bog'laydi hamda uni tashqi muhitga moslashtiradi.
Nerv tizimi yordamida atrof-muhitdan turli signallar qabul qilinadi, ular analiz-sintez qilinib, turli reaksiyalar bilan javob qaytariladi. Nerv sistemasi ichki sekresiya bezlarida ishlab chiqariladigan gormonlarning qon orqali organizmga ko'rsatadigan ta'sirini, moddalar almashinuvini boshqarib turadi, o'sish, rivojlanishga ta'sir ko'rsatadi.
Nerv sistemasi tuzilishi jihatidan markaziy va pereferik nerv sistemalariga bo`linadi. Markaziy nerv sistemasiga bosh va orqa miya kiradi. Periferik nerv sistemasiga orqa miyadan chiqadigan 31 juft sezuvchi, harakatlantiruvchi nerv tolalari, bosh miyadan chiqadigan 12 juft nervlar, hamda umurtqa pogonasi atrofida va ichki organlarda joylashgan nerv tugunchalari kiradi. Nerv tizimining periferik qismi asosan nervlardan, ya'ni tolalar bog`lamidan iborat.
Bajaradigan vazifasiga ko`ra, nerv sistemasi ikki qismga bo`linadi: somatik va vegetativ nerv sistemasi. Somatik nerv sistemasi odam tanasining sezgi organlari, skelet muskullari ishini boshqaradi. Vegetativ nerv sistemasi ichki organlar (nafas olish, qon aylanish, ovqat hazm qilish, ayirish va me`da hamda ichki sekretsiya bezlari ishini boshqaradi .

Nerv sistemasining struktura birligi. Neyron-nerv hujayrasi. Neyron, ya'ni nerv hujayrasi nerv sistemasining tuzilish va funksional birligi hisoblanadi, u axborotlarni qabul qilishga, qayta ishlashga, saqlashga, uzatishga va to'plashga moslashgan.
Neyron hujayra tanasi va turli xil uzunlikdagi o'simtalar-akson hamda dendritdan iboroat.
Hujayra tanasida murakkab almashinish jarayoni, akson va dendritlarga keladigan makromolekulalar sintezi, nerv hujayrasi hayot faoliyati uchun zarur bo'lgan energiya ishlab chiqarilishi amalga oshadi. Nerv tanasi nobud bo'lsa, nerv hujayrasi ham nobud bo'ladi.
Dendritlar-qisqa (kalta) va kuchli tarmoqlangan o'simtalar bo'lib, ularning neyrondagi miqdori 1 tadan 1000 tagacha. Ular ayrim nerv hujayralarini o'zaro bog'laydi va deyarli markaziy nerv sistemasidan tashqariga chiqmaydi.
Akson-hujayra tanasidan chiqib keladigan uzun, ingichka o'simta bo'lib, uning uchi kuchli shoxlangan bo'ladi. Uzunligi bir necha sm dan 1,5 m gacha ham yetishi mumkin. Akson neyronning o'tkazuv qismi bo'lib, u reseptordan qo'zg'alishni nerv hujayrasiga, bir neyrondan ikkinchisiga, neyrondan qo'zg'alishni ishchi organ (muskul, bez)ga uzatadi. Parda bilan qoplangan akson nerv tolasi deyiladi.


Yüklə 39,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin