Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat universiteti Urgut filiali “pedagogika va tillarni o’qitish” fakulteti boshlang’ich ta’lim sirtqi 118 – guruh talabasi Baratova Yulduzning psixalogiya fanidan tayyorlagan taqdimoti
Bosh miyaning turli sohalari zararlanganda kuzatiladigan asosiy neyropsixologik sindromlar bilan tanishib chiqamiz. Bular amaliyotda ko’p uchraydigan ko’ruv agnoziyalari, afaziyalar va apraksiyalardir.
Ko’ruv agnoziyalari
Ob’ektlarni yoki ularning tasvirini tanishning (bilishning) buzilishiga ko’ruv agnoziyasi deb ataladi. Ko’ruv agnoziyalari bosh miya katta yarim sharlari po’stlog`ining ensa sohalari zararlanganda kuzatiladi.
Bunda ko’ruv o’tkirligi va ko’ruv maydoni kabi oddiy ko’ruv funkstiyalari saqlanib qoladi. Ko’ruv agnoziyasining barcha turlarida bemorlar atrofdagi narsalarni bemalol ko’radi, ya’ni ko’ruv apparatining periferik tizimlari funkstiyasi saqlangan bo’ladi, lekin ularni tanimaydi, nomini aytib bera olmaydi.

Afaziya
Afaziya – nutqning sistem buzilishi bo’lib, bosh miya po’stlog`ida joylashgan nutq markazlarining zararlanishi oqibatida kuzatiladi.
Afaziya bosh miyaning turli sohalari, ya’ni pastki peshona pushtasi, yuqori chakka pushtasining orqa qismi, pastki parietal soha va chakka-tepa-ensa sohalari tutashgan joylar zararlanganda kuzatiladi.
Demak, nutq markazlari bosh miya katta yarim sharlarining katta sohasini egallaydi. Kuchli ifodalangan nutq buzilishlari, ayniqsa, Brok va Vernike sohalari zararlanganda kuzatiladi, bu markazlarga chegaradosh sohalar zararlanganda, o’tib ketuvchi afaziyalar kuzatiladi.