Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti mustaqil ish



Yüklə 111,49 Kb.
səhifə1/3
tarix20.01.2023
ölçüsü111,49 Kb.
#79828
  1   2   3
mustaqil ish 1







NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI



MUSTAQIL ISH

Guruh: 101


Yo’nalish:Jismoniy madaniyat
Fan:Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi

Bajardi:Amirbekov.K


Tekshirdi.Tursoatov.A


Toshkent 2022-2023


JISMONIY MADANIYAT TARIXI FANINING MAQSADI HAMDA VAZIFALARI
REJA:
1. Jismoniy madaniyat tarixi fani bu mustaqil sohasi ekanligi.
2. Jismoniy madaniyat tarixining muhim vazifasi
3. Boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.

Jismoniy madaniyat tarixi fani bu mustaqil sohasi bo‘lib, jismoniy madaniyat va sportga doir ilmiy bilimlarning muhim tarkibiy qismidir.


Jismoniy madaniyat tarixining muhim vazifasi ibtidoyi jamoa tuzimida jismoniy mashqlarni mehnat orqali paydo bo‘lganligi, ikki davr ya’ni onalik urug‘chilik va otalik urug‘chilik davrlarida jismoniy madaniyatni rivojlanish xususiyatlari, urug‘chilik davrining yemirilishi va quldorlik munosabatlarni vujudga kelishida jismoniy madaniyat, quldorlik davrida jismoniy madaniyat shakllari, feodal tuzimida jismoniy madaniyat, feodalizmni yemirilishi davrida buyuk gumanistlar jismoniy madaniyat haqidagi fikrlari, yangi davrni boshlarida chet mamlakatlarda sport o‘yinlarini rivojlanishi, xalqaro olimpiya qo‘mitasining tashkil etilishi va uning kongresslari, markaziy Osiyoga jismoniy madaniyatni kirib kelishi va rivojlanishi, xalq qo‘shinlarining harbiy va jismoniy tayyorgarligi, hamda O‘zbekistonda jismoniy madaniyat va sportni rivojlanishi va milliy olimpiya qo‘mitasini tashkil etilishi, barkamol avlodni madaniyatlashda jismoniy madaniyatning roli va o‘rni haqida ma’lumotlar berilgan.
Jismoniy madaniyatning kelib chiqishi haqidagi masala jismoniy madaniyat tarixining eng muhim muammolaridan biri bo‘lib, prinsipial metodologik ahamiyatiga egadir. Bu masalani ko‘pgina burjuda olimlari hal etishga o‘rinib ko‘rdilar. Ularning tadqiqotlari bu muammoni o‘rganish borasida ma’lum rol o‘ynaydi. Biroq ular bu muammoni o‘z sinf manfaatlari nuqtai nazaridan hal etib, tarixni buzib ko‘satdilar, soxtalashtiradilar.
Leturno, Espinas, Gross, Byuxer, Shiller, Spenser va boshqa chet el olimlari jismoniy madaniyat hayvonlarining o‘yinidan kelib chiqqan, degan nazariyani olg‘a suradilar. Freyd va uning izdoshlari, o‘yin individualning to‘la qimmatiga ega bo‘lmaganligidan dalolat beradi, deb isbotlashga urinib ko‘radilar, chunki o‘yinda go‘yo insonning turmush qiyinchiliklaridan hayolat olamiga ketishiga urinishi ifodalanar emish. Jismoniy madaniyat va diniy marosimlarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi burjua nazariyalari ham xuddi shu ta’limotga asoslanadi. Qator chet ellik tadqiqotchilar-Byuxer, Nering, Maksimov, Shternberg va boshqalar, hayvonlarning qo’lga o‘rgatilishi va umuman, mehnat ibtidoiy o‘yin va raqslardan kelib chiqqan deb ta’kidlaganlar.
Ularning fikrlariga ko‘ra “o‘yin mehnatdan kattadir” yoki “mehnat bu o‘yinni bolasidir” deganlar. G.V.Plexanov “Ibtidoiy o‘yinlari jismoniy mashqlar biologik faktorlardan emas, balki odamlarning mehnat foliyatidan kelib chiqqan” ligini ilmiy jihatdan isbotlab berdi. Ayrim kishi hayotida o‘yin mehnatdan oldin bo‘lsa ham, umuman, jamiyatda esa u faqat mehnatni aks ettiradi. U “mehnat o‘yindan kattadir”, “o‘yin bu mehnat bolasidir” – degan edi.
Odamlarning toshni maydalashga va yorishga hamda yog‘ochdan oddiy qurollar yasashga o‘rganishlari uchun necha yuz ming yillar kerak bo‘ladi.
Jismoniy madaniyat unumlim mehnat jarayonida paydo bo‘lgan. Inson asrlar davomida tabiat bilan kurashishda o‘z kuchlarini oshirib borish bilan birga mehnat qurollarini takomillashtirib bordi. Mehnat jarayonida jismoniy va aqliy qobiliyatlarini to‘xtovsiz rivojlanib bordi. Kishining mehnat qobiliyatida jismoniy mashqlar ham vujudga keldi. Va rivojlanib bordi.
Jismoniy madaniyat tarixi fani qadim zamonlardan boshlab, shu kungacha turli xalqlarda jismoniy madaniyat taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini aniqlash va o’rganish bilan shug’ullanadi. Uning vazifasi turlicha tarixiy davrlarda jismoniy madaniyat nazariyasi va amaliyoti, jismoniy madaniyat shakllari, usullari, vositalari va kishilarning sport sohasidagi faoliyatining tahlilini berishdan iborat.

Yüklə 111,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin