Toshkent
Axborot
Texnologiyalari Universiteti
021-21 guruh
(sirtqi)
o`quvchisi
Nurmatov Otabekning
Kiberxavfsizlik asoslari
fanidan
mustaqil ishi
Mavzu:
Kiberjinoyatchilik va uni keng tarqalishining
sabablari.
Variant: 19
Toshkent 2022
Reja:
1. Kiberjinoyat nima?
2. Kiberqinunlar. Kiberjinoyatlarni tartibga soluvchi ayrim huquqiy
normalar.
3. Kiberjinoyatlar keng tarqalishi
Kiberjinoyatchilik – g‘arazli yoki xuliganlik maqsadlarida
himoyalashning kompyuter tizimlarini buzib ochishga,
axborotni
o‘g‘irlashga yoki buzishga yo‘naltirilgan alohida shaxslarning yoki
guruhlarning harakatlari.
Kiberjinoyatchilik - xudbin yoki ishonuvchan maqsadlar
uchunhimoya kompyuter tizimlari xakerlik, axborot to'g'irlash yoki
buzishga yo'naltirilgan alohida shaxslarning yoki guruhlarning
harakatlari.
Ichki kiberjinoyatlar: tarmoqqa yoki kompyuter tizimiga, ular bilan
tanish va
ulardan qonuniy foydalanish
huquqiga ega bo‘lgan shaxs tomonidan,
amalga oshiriladi. Mazkur turdagi
kiberjinoyatlar odatda tashkilotning xafa
bo‘lgan va norozi xodimlari tomonidan
amalga oshiriladi. Ushbu xodimlarning
maqsadi esa tashkilot yoki uning
rahbaridan o‘ch olish yoki ochko‘zlik
bo‘lishi mumkin. Xafa bo‘lgan xodim, AT
infrastrukturasi,
xavfsizlik arxitekturasi
va tizimi bilan yaqindan tanish bo‘lgani
bois, mazkur turdagi jinoyatchilik tashkilotga jiddiy ziyon yetkazishi
mumkin. Bundan tashqari, kiberjinoyatchi tashkilot tarmog‘idan
foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuning uchun, ichki
kiberjinoyatchilik natijasida maxfiy axborotning sirqib chiqish
imkoniyati yuqori bo‘ladi.
Tashqi kiberjinoyatlar: odatda tashqaridan yoki tashkilot ichkarisidan
yollangan hujumchi tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur
kiberjinoyatchilik tashkilotning nafaqat moliyaviy yo‘qotishlariga, balki
obro‘sining yo‘qolishiga ham sababchi bo‘ladi.
Hujum tashqaridan
amalga oshirilgani bois, hujumchi harakatni tashkilot AT
infrastrukturasini skaner qilish va unga aloqador ma’lumotlarni
to‘plashdan boshlaydi. Xususan, malakali buzg‘unchi dastlab
tashkilotda foydalanilgan tarmoqlararo ekran vositasining log faylini
tahlil qilishdan boshlaydi. Shu bois, tarmoq ma’muri mazkur
imkoniyatni buzg‘unchiga taqdim etmasligi shart.
Kiberjinoyat amalga oshirilganida quyidagilar asosiy maqsad sifatida
qaraladi:
− mablag‘, qimmatli qog‘ozlar, kredit,
moddiy boyliklar, tovarlar,
xizmatlar, imtiyozlar, ko‘chmas mulk, yoqilg‘i xomashyosi, energiya
manbalari va strategik xomashyolarni noqonuniy o‘zlashtirish;
− soliq va boshqa yig‘imlarni to‘lashdan bosh tortish;
− jinoiy daromadlarni qonunlashtirish;
− qalbaki hujjatlar,
shtamplar, muhrlar, blankalar, shaxsiy yutuq
chiptalarini qalbakilashtirish;
− shaxsiy yoki siyosiy maqsadlarda maxfiy ma’lumotlarni olish;
− ma’muriyatning yoki ishdagi hamkasblarning g‘arazli
munosabatlari uchun qasos olish;
− shaxsiy yoki siyosiy maqsadlar uchun mamlakat pul tizimini
buzish;
− mamlakatdagi vaziyatni, hududiy ma’muriy tuzilishni
beqarorlashtirish;
−
talonchilik, raqibni yo‘q qilish yoki siyosiy maqsadlar uchun
muassasa, korxona yoki tizim ish tartibini buzish;
− shaxsiy intelektual qobiliyatini yoki ustunligini namoyish qilish.
Kiberjinoyat turlarini qat’iy tasniflashning imkoni yo‘q.
Quyida
kriminologiya sohasiga nisbatan kiberjinoyatlarning turlari keltirilgan:
− iqtisodiy kompyuter jinoyatchiligi;
− inson va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga
qarshi qaratilgan kompyuter jinoyatchiligi;
− jamoat va davlat xavfsizligiga qarshi kompyuter jinoyatchiligi.
− 2020-yil 1-sentyabrga qadar kiberxavfsizlikning huquqiy asoslarini
shakllantirish bo‘yicha choralar ko‘riladi, shu jumladan 2020–2023-
yillarga mo‘ljallangan kiberxavfsizlikka doir milliy strategiya va
“Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi; Loyihada:
− axborot kommunikatsiya texnologiyalari tizimini zamonaviy
kibertahdidlardan himoya qilish, turli
darajadagi tizimlar uchun
kiberxavfsizlik bo‘yicha zamonaviy mexanizmlarni joriy etish;
− kiberxavfsizlikni ta’minlash sohasida davlat organlari, korxona va
tashkilotlarning huquqlari va majburiyatlarini belgilash, ularning
faoliyatini muvofiqlashtirish;
− ushbu sohadagi normativ-huquqiy hujjatlarni unifikatsiyalash
nazarda tutiladi.
Kiberqonunlar har bir davlatning milliy qonun me’yorlari asosida
shakllantiriladi yoki ularning bir qismini tashkil qiladi. Quyida
Respublikamizdagi qonun hujjatlarida kiberjinoyatni oldini olish va
tartibga solishga aloqador bo‘lgan bandlar keltirilgan. Milliy qonunlar.
2002-yil 12-dekabrda O‘zbekiston
Respublikasining 439-II – sonli
“Axborot erkinligi tamoyillari va
kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni
qabul qilindi. Ushbu qonun 16
moddadan iborat bo‘lib, unda
xususan, quyidagilar belgilangan: