O nazarov monografiya



Yüklə 3,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/20
tarix14.10.2023
ölçüsü3,33 Mb.
#155522
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
portal guldu uz O`zbekistonda ommaviy jamoalashtirishning o`tkazilishi

 
 
 
 
 
 
 
 
2
https:\\www.xabar.uz\\uz\jamiyat\shavkat-mirziyoyev-qatag‟on-qurbonlari-haqida 



1 – BOB. QISHLOQ XO‘JALIGINI OMMAVIY JAMOALASHTIRISH 
JARAYONI. 
(SIYOSATI VA AMALIYOTI). 
1.1.
 
20 – yillarning oxirlarida O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligining 
ahvoli. 
Yurtimiz tarixini o„rganar ekanmiz, o„z ko„lami va iztirobi bilan tarixda chuqur 
iz qoldirgan qishloq xo„jaligi ommaviy jamoalashtirish davri, hozirgi kun nuqtai 
nazaridan qayta tahlil qilinishi lozim ekanligini his qilamiz. Ayniqsa, sho„ro 
inqilobidan keyin qishloq xo„jaligini sotsialistik asosda qayta qurishning dastlabki 
bosqichi hotimasi hisoblangan “harbiy kommunizm” davrida amalga oshirgan agrar 
o„zgartirishlarni tahlil qiladigan bo„lsak, bu davr uzoq o„zbek qishlog„ida ko„zga 
ko„rinarli ijtimoiy-iqtisodiy natijalariga olib kelgan emas. Yer-suv islohoti arafasida 
qishloq xo„jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish 1914-yilgi darajada nisbatan 1921-
yilda 48,8 foizga qisqardi.
3
Shuningdek, yirik xo„jaliklar soni ulardagi yollanma 
ishchilar soni ham kamayib bordi. Misollarga murojaat qiladigan bo„lsak, birgina 
Toshkent uyezdida qishloq xo„jaligidagi yollanma ishchilar soni 11876 dan 1029 
gacha, Mirzacho„lda 457 dan 135 gacha ozaygan va hakozo. Yerni ijaraga oladigan 
va beradigan xo„jaliklar soni ham qisqardi.
4
Sababi-harbiy komмunizm siyosati 
oqibatidan qishloq xo„jaligi ayniqsa, agrar sohaning halokatli darajaga kelib 
qolganligidir. 
Shuningdek, respublikamiz qishloq xo„jaligiga 20-yillar oxiri Sho„ro inqilobidan 
so„ngi vaqtda ham yerlarning taqsimlanishi bir xilda amalga oshirilmadi. Aholining 
ko„p qismini tashkil etuvchi o„rta hol dehqonlarning xo„jalik tomorqasi 15-20 
desyatinadan oshgan emas. 
Rahbariyatda 
esa 
yo„llanma 
ishchilar 
sonining 
qisqarishi 
mustaqil 
xo„jaliklarning ko„payishi tufayli sodir bo„lmoqda, degan fikr mavjud bo„lsada, 
amalda buning teskarisi edi. Kambag„allar soni ko„paydi. Kambag„al va yo„qsillar 
xo„jaliklarining ko„payishi birinchi navbatda o„rta hol dehqonlar xo„jaliklarining 
3
Ўзбекистоннинг янги тарихи. 2-китоб.ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида.-Т.:Шарқ, 2000.-180-бет 
4
Аминова Р.Х. Аграрная политика Советской власти в Узбекистане (1917-1920 гг.) – Т.: АН УзССР, 1963. – 247-
ст. 


10 
barham topishi tufayli yuz berdi. Masalan, yeri yo„qlar soni Samarqand viloyati 
o„troq tumanlari bo„yicha 1917-yilda 0,5% bo„lsa, 1920-yilda 3,3% ga yetdi. 
Sirdaryo viloyati bo„yicha 4,4% dan 6,9 foizgacha o„sdi.
.5
Qishloq kambag„lasha bordi. Sababi qishloqdagi o„ziga to„q toifa iqtisodiy 
qudratining siquvga olishining sinfiy qarama – qarshilik siyosiy natijasida 
umumqashshoqlik yuz berishidir. Ushbu salbiy holatlarni tugatish uchun agrar va 
ijtimoiy siyosatda o„zbek qishlog„ining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishdagi o„ziga 
xos xususiyatlarni inobatga olish zarur edi. Uning ijtimoiy tuzilmasidagi asosiy 
elementlarning mutanosibligini saqlab turish maqsadida qishloq xo„jaligi sohasida 
ma‟lum ishlar rejalashtirildi. 
Jumladan,Turkistonning, Buxoro va Xorazm xalq respubliklalarining og„ir 
inqirozdan chiqishi uchun muhim tadbirlardan biri RSFSR hukumatining,sanoat 
markazlarining yordami bo„ldi. Natijada, kambag„al va o„rta hol xo„jaliklar kredit 
bo„yicha mablag„ bilan ta`minlandi.1919-yil Turkistonda 1390 kredit tashkilotlari 
mavjud bo„lib, ular 481707 dan ortiq mustaqil dehqon xo„jaliklarini va 2,5 millionga 
yaqin dehqonlarni birlashtirgan edi. Ularga kredit bo„yicha 300 millon so„mdan ortiq 
mablag„ ajratilgan edi, 1920-yilda esa – 5 milliard so„mga yaqin mablag„ ajratildi.
.6 
Ajratilgan mablag„larning ko„p qismi paxtachilikni rivojlantirish uchun sarflandi. 
Shunga qaramasdan, yangi iqtsodiy siyosatga o„tilish munosabati bilan 
paxtachilikning inqirozi metropoliyaning iqtisodiy manfaatlariga jiddiy ta`sir 
ko„rsatadi. Shuning uchun markaz birinchi navbatda paxtachilik sohasini 
rivojlantirish uchun zarur choralarni ko„ra boshladi. Hattoki, RSFSR Oliy xalq 
xo„jalik 
kengashi 
huzurida 
Bosh 
Paxta 
Qo„mitasi 
tuzildi. 
Dehqonlarni 
rag„batlantirish, qishloq xo„jalik qurollari bilan ta`minlash borasida biroz ishlar 
qilindi va ko„rilgan chora – tadbirlar xo„jalik sohasida muayyan samarasini bera 
boshladi. Paxtachilikni rivojlantirish uchun muhim omil bo„lgan irrigatsiya ishlarini, 
ayniqsa suv xo„jaligini tiklash uchun dehqonlar ommasini majburan ishga jalb etish 
to„g„risida 1921-yil mayida Turkiston AvtonomRespublikasi HKK Moskvaning 
5
Статичесский ежегодник 1917-1932 гг.Т.2.-Т.,1934. 50,54,56,58-ст. 
6
Уз PМДА,фонд-44,рўйхат 1,иш :,124-варақ. 


11 
talabi bilan o„lkadagi irrigatsiya ishlarini harbiylashtirish to„g„risida dekret qabul 
qildi.
.7
Bundan 
tashqari, 
dehqonlarni 
majburiy 
mehnatga 
jalb 
etish 
bilan 
irrigatsiyalishini yaxshilab bo„lmasligi ma‟lum bo„lgach, davlat budjetidan 1924 -
yilga kelib 6 260 ming so„m hisobida mablag„ ajratildi.
8
Shu bilan birga 
dehqonlarning bepul mehnatidan foydalanish yo„lidan ham orqaga qaytish bo„lmadi. 
Birgina 1923-yili umumiy bepul xizmat haqqi 3,8 mln. so„mdan ortdi. Yer–suv 
islohati o„tkazish arafasida agrar o„zgarishlarining muhim yo„nalishi – 
muvofiqlashtirilgan yer siyosatining o„tkazilishi bo„ldi. Mazkur yondashuv 1921 – 
1922 yillar amalga oshirilgan yer – suv islohatida yaqqol ifodalandi. Agar islohatning 
yangi bosqichining umumiy vazifalari TKP V sezdida va Turkiston Sovetlarining IX 
qurultoyi ( 1920 y sentabr ) qarorlarida belgilab olindi.
9
Umuman Turkistonda qishloq xo„jaligini tiklash uchun irrigatsiya inshoatlarini 
tartibga solish maqsadida biroz oldinroq ham davlat budjeti tomonidan Turkistonga 
1922-yilda 4 ming so„m, 1923-yilda - 5567 so„m, 1925 yilda - 2971 so„m ajratilgan 
edi.
10 
Bundan tashqari yer – suv islohati o„tkazish davrida ham paxtachilikni 
rivojlantirish uchun katta tashkiliy yordam berilib, bu tadbir 1921 yil bahorida 
kengroq amalga oshirila boshlandi.
Tarixiy tajriba nuqtai nazaridan 1921 – 1922-yillar islohatini baholaydigan 
bo„lsak, shuni ta`kidlab o„tish joizki, o„sha voqealarning asl mohiyati harbiy 
kommunizm rejimiga borib taqaladi. Bu islohat yerdan foydalanish bo„yicha 
mehnatni taqsimlash tamoyiliga asoslangan edi. Yana shuni aytib o„tish kerakki, 
islohot o„tkazish davrida o„lkanining o„ziga xos xususiyatlari hisobga olinmadi va 
shoshilinch ravishda ish olib borildi. Kuch ishlatish usullaridan butunlay voz kechish 
kerakligi inobatga olinmadi. Yangi iqtisodiy siyosatga o„tish islohotining iqtisodiy 
7
Ўзбекистоннинг янги тарихи. 2-китоб.-181бет. 
8
Уша жойда. 
9
Уша жойда.182-бет. 
10
Бюллетень VII съезда КПТ.№ 9.1923.18 марта. 


12 
vositalar orqali o„tkazilishini, ya‟ni kooperatsiyaning turli formalaridan foydalanishni 
taqozo etardi.
1921–1922-yillardagi yer–suv islohatini o„tkazish mobaynida yo„l qo„yilgan 
xato va kamchiliklarni tuzatish ham kuch ishlatish yo„li bilan olib borildi. Ko„chib 
kelgan aholining asosiy ommasi quloqlar deb e‟lon qilindi. ( Stolipin islohoti 
davridagi siyosat natijasida ko„chirilgan rus dehqonlari nazarda tutilmoqda – O.N.). 
Ularning o„z manfaatlarini himoya qilib chiqishlari esa “quloq – mustamlakachi 
elementlarning qarshi kurashi” deb baholandi. Yer–suv islohoti favqulodda tadbir 
sifatida olib borildi. Uning asosiy vositasi – ma‟muriy siquvga olish bo„ldi. O„ziga 
to„q ko„chib kelganlardan nafaqat mehnat me‟yoridan ortiqcha sanalgan yer, balki 
qishloq xo„jalik qurollari ham tortib olindi. Bunday yondashuv esa qishloq 
aholisining sinfiy va milliy jihatdan parchalanishiga olib keldi.
Shuni aytish kerakki, ko„chib kelganlar yeri tortib olinganligi bilan birga 
monastirlar, cherkov, vaqf yerlari hamda “oq gvardiya” zobitlari tomorqalari va 
“nomehnat” xo„jaliklar yerlari ham yer taqsimlash fondiga tortib olindi. Yer–suv 
islohoti o„tkazilgan asosiy tumanlar Toshkent, Sirdaryo, Farg„ona viloyatlari bo„ldi. 
Tortib olingan yerlar asosida 20 ming xo„jalik tashkil etildi. Kam yerli 
dehqonlarga va yo„qsillarga jami 117 512 desyatina yer taqsimlab berildi.
11
1921 – 1922-yillar yer – suv islohoti, bir tamondan, yer masalasining hal 
etilishiga birmuncha ko„maklashgan edi. O„n minglab kam yerlilar va yo„qsillar uzoq 
yillar davomida kutilgan yerga ega bo„lishdi. Boshqa tamondan esa, islohot 
qishloqdagi siyosiy ahvolni keskinlashtirib yubordi. Natijada qishloqda sinfiy qarama 
– qarshiliklar yuzaga kelib, qashshoqlar ommasi yerning haqiqiy egasi bo„lgan va 
astoydil yerda mehnat qilib kelgan o„rta hol dehqonlarga qarshi kurash boshladilar. 
Qishloqda sinfiy ”qayta qurish” vositalaridan biri yo„qsillar va kam yerli 
dehqonlarning “Qo„shchi” ittifoqi bo„ldi. 1921-yil yoziga kelib respublikada 6 
mingga yaqin ” Qo„shchi ” ittifoqi bo„limlari faoliyat ko„rsatgan edi. Umuman 
11
Стенеграфический отчѐт Х съезда Советов Турк республики.-Ташкент,1921.25-ст. 


13 
olganda, Turkiston Respublikasida “Qo„shchi” ittifoqi yordamida mehnat bilan 
shug„ullanmaydigan 8034 ta xo„jalik tugatilgan edi.
12
Ushbu islohat natijasida yer tuzish jamg„armasiga 1.722.626 desyatina yer 
qo„shildi. Yer – suv islohoti davomida partiya va sovet organlari tamonidan jiddiy 
xato va kamchiliklarga yo„l qo„yildi. Masalan, o„rta hol va qisman kambag„alni yangi 
sovet yerlarga tegishli tayyorgarlik ko„rmasdan ko„chirish hollari yuz berdi. Bir qator 
rayonlarda mahalliy organlar sun`iy ravishda aholini yer artellariga birlashtirib, ishchi 
chorva va qishloq xo„jalik qurollarini jamoalashtirishga urindilar. 1921-yil boshiga 
kelib faqat Farg„ona, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida majburiy ravishda 275 ta 
kolxoz tashkil etilib, 8743 ta xo„jalikni birlashtirgan edi.
13
Lekin, qishloq xo„jaligida dastlabki iqtisodiy ko„tarilishni ta`minlashda, 
Turkiston qishloqlarida kooperativ harakatning rivojlanishida 1923-yilda tashkil 
etilgan Qishloq xo„jaligiga yordam ko„rsatish qo„mitasi salmoqli rol o„ynadi. Bu 
qo„mita faoliyatining eng muhim yo„nalishlaridan biri qishloq xo„jalik shirkatlarining 
tashkil etilishi bo„ldi. Ular qishloq xo„jalik kooperatsiyasining boshlang„ich shakli 
edi. Qishloq xo„jalik shirkatlari bilan bir qatorda Turkistonda kooperatsiyalarning 
boshqa turlari ham ommalashgan edi. Chunonchi, 1923 yilda respublikada har xil 
turdagi 877 ta kooperativ mavjud bo„lib, ularga 288.1 ming kishi a‟zo bo„ldi. Ular 
orasida 259 tasi matlubot kooperativlari, 346 tasi qishloq xo„jalik kooperativlari, 199 
tasi hunarmandchilik kooperativi edi.
14
Keyinchalik kooperativlar soni ortdi. 
Natijada, kooperativ qishloq xo„jalik ishlab chiqarishning yetakchi kuchiga aylanib 
qoldi. Ayniqsa, paxtachilikda ularning ahamiyati katta bo„ldi. Shuni aytish joizki, 
1924-yilda kooperatorlar umumiy paxta maydonlarining 92,6 % ga chigit ekgan 
edilar.
15
Shu tariqa, paxtachilikda davlat monopoliyasi o„rnatildi. Biroq, kooperativ 
harakatida muvaffaqiyatlari bilan bir qatorda uning qudratli imkonyatlaridan to„la 
foydalanilmaganligini ham aytib o„tish joizdir. Bunga ham qisman bo„lsada, 
12
Ўзбекистоннинг янги тарихи. 2-китоб.-183-б. 
13
Отчет о деятельности Туркестанского экономического совета.Февраль-октябрь 1921 г.Ташкент, 1922.180-ст. 
14
Ўзбекистоннинг янги тарихи. 2-китоб.-187-б. 
15
Уз РМДА.9-фонд, 1-рўйхат,1271-йиғма жилд,5-варақ. 


14 
iqtisodiyotning mafkuralashganligi sabab bo„ldi. Ular kreditlar berish va 
kooperativlarga a‟zolar qabul qilish masalalarida yaqqol ko„zga tashlandi. Har kimni 
ham kooperativga qabul qilishavermasdi. Sinfiy tanlov mavjud edi. Kambag„allarga 
imtiyozlar berilganligi dehqon xo„jaliklarini rivojlantirishga iqtisodiy jihatdan zarar 
yetkazdi. Shuningdek, islohatining asosiy vositasi ma‟muriy tazyiq o„tkazishdan 
iborat bo„ldi. 
O„zbekistonda yer – suv islohotining ikkinchi bosqich 1925 – 1929 yillarida 
o„tkazildi va qishloqda katta o„zgarishlarga sabab bo„ldi. Agrar masalaning 
yechilishida 1924 yilda O„rta Osiyoda o`tkazilgan milliy – davlat chegaralash muhim 
shartlarida biri bo„ldi. O„zbekiston SSRning tashkil topishi islohotga tayyorgarlikni 
yaxshiladi. Yerdan foydalanish ahvolini aniqlashga va yer bilan ta`minlash 
me`yorlarini belgilashga yordam berdi. Chegaralash har bir rayonning ijtimoiy – 
iqtisodiy ahvolini yaxshilash va uning qishloq xo„jalik ixtisoslashuviga qarab 
rivojlanishi uchun kerak bo„lgan sharoitlarni aniqlashda muhim omil bo„lib xizmat 
qildi. 
O„zbekiston SSRning tashkil topishi bilan milliy chegaralashdan oldin vujudga 
kelgan kooperatsiyalash an`analari davom ettirildi. O„zbekiston hukumati va 
kompartiya islohotni amalga oshirish davrida dehqonlar kooperatsiyaning turli 
shakllariga kirishi uchun katta ishlar olib borishdi. Natijada, 1927 yilda respublikada 
kooperatsiyalashgan dehqon xo„jaliklari hajmi 55 %ga yetdi, 1929 yilga kelib esa 81 
% gacha o„sdi. 
16
Ayniqsa paxtakor xo„jaliklar orasida kooperatsiyalashuv jihati 
muvaffaqiyatli bo`ldi. 1927 yilda respublikada 386 ta paxta yetishtiruvchi 
kooperativlar faoliyat ko„rsatgan edi.
17
O„z SSR tashkil topishi davriga kelib respublika hududida kooperativ 
tashkilotlarning ikkita turi mavjud edi: universal qishloq xo„jalik kredit – korxona
( Uzselxozkredit ) va matbuot kooperatsiyasi. 1927-yilda respublika 
kooperatsiyasi qayta tashkil etilib, maxsus tarmoqlarga bo„lindi. 1927-yil fevralida
“Uzpaxtasoyuz ” paxta yetishtirish kooperasiyasi, 1928-yil martida
16
Голованов А.А.Крестьянство Узбекистана: эволюция социального положения 1917-1937 г.г.-Т.:Фан,1992.-
106-ст. 
17
Ўша жойда 107-ст. 


15 
“Kolxozsentir”, “Kolxozsoyuz”, 1928-yil oktabrida “Jivotnovodsoyuz” 
chorvador kooperasiyasi tashkil etildi. Keyinchalik bog„dorchilik – uzumchilik 
birlashmalari ham tashkil etildi. 
Kooperatsiya tizimining tez sur`atlar bilan o„sib borishi qishloqning iqtisodiy 
jihatdan o„sishi uchun muhim omil bo„lib xizmat qildi. Uning yordamida xususiy 
sektor faoliyati nazoratga olindi va mahsulot ayirboshlash ta`minlandi. Davlat krediti 
taqsimlandi. Dehqonlar tovar – pul munosabatlariga tortildi. Ammo 1921 – 1922-
yillarda boshlangan yer islohati har xil jarayonlarni keltirib chiqardi. Bir tomondan, u 
ma‟lum ma`noda yer masalasini hal qilishga yordam berdi. Biroq, yersizlarni yer 
bilan ta`minlash sohasida ko„rilgan bu tadbirlar Turkiston xo„jaliklarining ayniqsa 
o„zbeklar yashaydigan qismiga nihoyatda kam manfaat keltirdi. Chunki ularga 
berilgan yerlar qishloq xo„jalik mahsulotlarni yetishtiriladigan barcha yerlarning 0,7 
%ni tashkil etar edi, xolos.
18
Ammo qishloq xo„jaligini rivojlantirish davrida xalq turmush darajasini 
yaxshilashdan ko„ra davlat ahamiyatiga molik sohalarini yuksaltirishga e‟tibor yana 
orta boshladi va yangi iqtisodiy siyosat yillarida davlat bilan kooperatsiyaning 
munosabatlari ko„p jihatdan iqtisodiy negizga qo„yildi. Davlat o„z maqsadlarini 
ko„zlab, qishloq kooperativlarini dehqon xo„jalik uchun foydali bo„lgan shartlar 
asosida kreditlar bilan ishlab chiqarish – tayyorlov tashkilotlarining tarmoqlarini avj 
oldirish bilan qo„llab – quvvatlab turdi. U kooperativlardan yetishtirgan 
mahsulotlarini sotib olar va so„ngra boshqa ijtimoiy – mafkuraviy ta‟sir ko„rsatish 
choralarini ishga solardi. Bular qishloqda kooperatsiyaning jadal o„sishiga yordam 
berdi. Kooperativ birlashmalarning davlat manfaatdor bo„lgan shakllari ancha 
ko„proq rivojlandi. Davlatning iqtisodiy manfaati esa avvalgidek birinchi navbatda 
paxtachilikka qaratilgan edi. 
Yangi iqtisodiy siyosatning dastlabki tadbir va yo„nalishlari o„zida mavjud 
ziddiyat hamda murakkablikka qaramasdan, qisman bo„lsada, sog„lom iqtisodiy 
munosabatni yo„lga qo„yishga ko„maklashib, qishloq xo„jaligini falajlik holatidan 
chiqarishga doir keskin muammolarni hal qildi. Agarda kooperatsiyaning faoliyati 
18
Ўзбекистоннинг янги тарихи.2-китоб.-183-бет. 


16 
ko„proq mafkuraviy yo„l bilan olib borilmaganida, yer – suv islohotining oxiriga 
kelib qishloq hayotiga mos bo„lgan kooperativ – jamoa xo„jalik tillarini obyektiv 
zarurat tarzda izlash, tadrijiy tanlash jiddiy izdan chiqmagan bo„lardi. Bundan 
tashqari, ma‟murlarning tazyiqi ostida kooperatsiyaning eng oddiy shakllari tabiiy 
ravishda ancha murakkabroq shaklga o„tdi, agrar ishlab chiqarishning sotsialistik 
usulini mustahkamlash yo„lga qo„yildi. Shu tariqa, kooperatsiyaning an`anaviy turlari 
jamiyat tamonidan qo„llab – quvatlanmay qoldi. Aksincha, bizning fikrimizcha, xalq 
xo„jaligini iqtisodiy rivojlanishining dastlabki bo„g„ini bo„lgan tovar ishlab 
chiqaruvchilar, xo„jalik yuritishining bozor shakllariga asoslangan dehqon 
xo„jaliklarini taraqqiy ettirishning obektiv qonuniyatlari buzulmaganida hamda agrar 
o„zgarishlar strategiyasiga sinfiy – mafkuraviy yondashuv yuz bermaganda, yer – suv 
islohatidagi mavjud imkoniyatlar barbod etilmagan bo„lardi. 
1928-yildan boshlab, kolxozlarni jadal sur‟atlar bilan tashkil etish siyosati 
o„tkazila boshlandi. Ayni paytda sovxozlar ham tuzila boshlanishi (bular asosan 
paxtachilik xo„jaliklari edi. – O.N.) sababli vaqt o„tishi bilan xo„jalik qurilishida 
ma‟muriy – buyruqbozlik tazyiqi kuchayib, iqtisodiy usullardan chekinish tobora 
ko„proq ko„zga tashlana bordi. Ma‟muriy – buyruqbozlik usullari tomon sezilarli 
burulishi ayniqsa 1927 -1928-yillar chegarasida namoyon bo„ldi. Xuddi o„sha vaqtda 
Stalin “yirik xo„jaliklar” masalasi asosan hal bo„ldi deb hisoblab, partiyani agrar 
sektorda mayda tovar negizini sun‟iy ravishda cheklash va o„rta hollarni uning 
moddiy omili sifatida iqtisodiy jihatdan bug„ishga yo„naltirdi. Natijada, o„zbek 
qishloqlarida ahvol jiddiy keskinlashuviga sharoit yaratildi. 

Yüklə 3,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin