|
Ob. Analog raqa
|
səhifə | 1/10 | tarix | 10.05.2023 | ölçüsü | 488,95 Kb. | | #110733 |
| ANALOG-RAQAMLI O\'ZGARTGICHLAR
VII-BOB. ANALOG RAQAMLI O‘ZGARTIRGICHLAR (ARO‘) 7.1. ARO‘ lar to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar va ularni tasniflanishi
Analog shakldagi signallarni raqamli shaklga o‘zgartirishda quyidagi uchta jarayonni ko‘rsatish mumkin: diskretlash, kvantlash, kodlash. Ushbu jarayonlar mohiyatini ko‘rib chiqamiz. Keyingi bayonlarda aniqlikni ta’minlash maqsadida o‘zgartirish qiymati bo‘yicha uzluksiz o‘zgaruvchi kuchlanish shaklida ifodalangan signallar ustida amalga oshiriladi deb hisoblaymiz.
Diskretlash jarayoniga muvofiq vaqt bo‘yicha uzluksiz signaldan uning alohida qiymatlari ma’lum vaqt intervali T oralab tanlab olinadi (7.1. -rasmda t0 ,t1 ,…,tn onlar). Interval T takt intervali, sanaladigan t0 , t1 , …, tn onlar vaqtning takt onlari deb yuritiladi. Ravshanki, sanaladigan onlar qanchalik ko‘p bo‘lsa (diskretlash chastotasi yuqori bo‘lsa) signal raqam ko‘rinishida shunchalik aniq ifodalanadi. Sanaladigan onlar kam bo‘lsa (diskretlash chastotasi past bo‘lsa) signal xususidagi axborot yo‘qolishi mumkin. Bu holat mashxur Naykvist-Kotelnikov mezonidan bevosita kelib chiqadi. Ushbu mezonga muvofiq diskretlash chastotasi bo‘lmaganda signal chastotasidan ikki marotaba katta bo‘lishi lozim. Aks holda signal xususidagi axborot yo‘qoladi va signalni berilgan aniqlikda analog shakliga tiklab bo‘lmaydi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|