Ochiq urug`lilar bo`limi haqida umumiy ma'lumot


Tisslar oilasi — Тахасеае



Yüklə 62,14 Kb.
səhifə7/8
tarix27.12.2023
ölçüsü62,14 Kb.
#200673
1   2   3   4   5   6   7   8
1363359352 42261

Tisslar oilasi — Тахасеае
Bu oila vakillarining urug`kurtaklari, novdalarining uchida yakka-yakka turadi, otalangandan keyin urug`kurtaklarining asosidan “Urug`ni o`rab olgan ochiq qizil rangli etdor tangacha chiqadi. Bu oilaga Kavkaz va Qrim o`rmonlarida uchraydigan tiss (Taxus baccata) kiradi. Uning yog`ochi qattiq bo`lganligidan tokar ishida juda qadr kilinadi. Shu munosabat bilan tiss ko`plab qirqilib ketgan, hozir juda kam uchraydigan daraxt bo`lib qolgan. Taxus baccataga yaqin turadigan T. cuspidata Uzoq Sharqda o`sadi, bu daraxt o`sha joyda hali ham ancha ko`p uchraydi.
Tiss ikki uyli o`simlikdir, uning urug`laridan boshqa xamma qismlari zaharli.
Podokarpuslar oilasi — Podocarpaceae
Bu oilaga kiruvchi o`simliklarning urg`ochi qubbalari etdor, sporofillari bor mayda novdalardan iborat, ulardan bittasi yoki ikkitasida etdor parda bilan o`ralgan bitta urug`kurtak bo`ladi. Podocarpus avlodining turlari Avstraliyada, Yangi Zelandiyada va tropik Osiyoning tog`larida qalin o`rmonlar xosil qiladi.
B. Onalik qubbalari bir talay sporofillardan iborat bo`lib, ularning ustki tomonida bitta, ikkita yoki bir nechta urug`kurtagi bor. Otalanganidan keyin meva beruvchi tangachalari, yog`ochga aylanadi, ba`zan sersuv bo`lib qoladi, shunda urg`ochi qubbasi meva shakliga kiradi. Bu gruppaning asosiy oilalari quyidagilardir:
Araukariyalar oilasi — Araticariaceae
Meva beruvchi tangachada teshigi pastga qaragan bitta urug`kurtagi bor. Yangi Zelandiya, Filippin va Malayya orollarida uchraydigan Agathis (Dammara) avlodidan damara laki (kopal) olinadi. Araucaria Janubiy Amerikada katta-katta o`rmonlar hosil qiladi.
Qarag`aylar oilasi — Pinaceae
Bu oilaning xarakterli vakili Pinus — qarag`ay avlodidir, yuqorida ta`riflangan R. silvestris shu avlodga kiradi. Bu — bizda juda ham keng tarqalgan oiladir. Ninabarglilarning hammasi amaliy jihatdan juda muhim hisoblanadi, chunki ular a`lo darajali qurilish materiallari va ulardan bir qancha qimmatli mahsulotlar: smola, qoramoy, terpentin, kanifol, yog` olinadi va hokazo.

Yüklə 62,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin