OG’ishgan xulq turlarini tasniflash reja Axloqiy oqishlarni tasniflash muammosi Og’ishgan xulqning psixologik tasnif turlari
OG’ISHGAN XULQ TURLARINI TASNIFLASH Reja 1. Axloqiy oqishlarni tasniflash muammosi
2. Og’ishgan xulqning psixologik tasnif turlari
3. Axloqiy parokandalikni tibbiy tasniflash
4. Axloqiy fenomenlarning qiyosiy tavsifnomasi
Axloqiy oqishlarni tasniflash muammosi Psixologik reallikni tahlil ilmiy qilish shakllaridan biri uning ko’rinishlari tasnifi hisoblanadi. Tadqiqotchilarning axloqiy oqishlarni tizimlashtirishdagi ko’p sonli urinishlari qali yagona tasnif yaratishga olib kelmadi. Murakkabliklarni bir necha sharoitlar bilan tushuntirish mumkin.
Axloqiy deviatsiyaning muammosiga asosiy sabab uning fanlararo xarakterda ekanligidadir. Modomiki, “deviant (og’ishgan) xulq ” atamasi turli fanlarda turli ma’noda ishlatilarkan, shu sabab axloqiy oqishlarning ko’p turli xil tasniflari mavjud.
Muammo mavjudligini tushuntiruvchi boshqa sabablar orasida inson axloqining o’ta turli-tuman shakllari va “me’yor” tushunchasining o’zi noaniq ekanligini aytish mumkin. Bularning barchasi umumiy mezonlarni ajratishdek, og’ishgan xulqning har xil ko’rinishlarining yagona tasnifini yaratishda ham qiyinchilik tuqdiradi.
Ayni damda tizimlashtirish mavjud va alohida fanlar doirasida keng foydalaniladi. Shartli ravishda axloqiy oqishlar tasniflash muammosida uchta asosiy yondoshuvni ajratish mumkin: ijtimoiy-huquqiy, klinik va psixologik.
Ijtimoiy-huquqiy yondoshuv doirasida, o’z navbatida, sotsiologik va huquqiy yo`nalishni ajratish mumkin.
Sotsiologiya axloqiy deviatsiyanibir necha asoslar bo’yicha guruhlanadigan ijtimoiy ko’rinish sifatida ko’rib chiqadi:
a) masshtabdan qat’i nazar ommaviy va shaxsiy oqishlar ajratiladi;
b) oqibatlar aqamiyati bo’yicha – salbiy (zararli oqibatlar keltirib chiqaruvchi va potentsial xavf tuqdiruvchi) va ijobiy;
v) sub’ekt bo’yicha – aniq shaxslar, norasmiy guruhlar (masalan, yo`lto’sar guruhlar faoliyati), rasmiy tuzilmalar, shartli ijtimoiy guruhlar (masalan, ayollar piyonistaligi) oqishi;
g) ob’ekt bo’yicha – iqtisodiy, maishiy, mulkiy buzilishlar va boshqalar;
d) muddati bo’yicha – bir vaqtli va davomli;
e) buzilgan me’yor turi bo’yicha – jinoyatchilik, ichkilik (piyonistalik) giyohvandlik, o’z-o’zini o’ldirish, axloqsiz xulq , daydilik, foqishabozlik, bezorilik, boqimanda bo’lish, sotqin, rasmiyatchilik, terrorizm, irqchilik, genotsid, destruktiv madaniyatlar [1, 13].
huquqda og’ishgan xulq atamasi ostida qozirgi vaqtda qabul qilingan va jazolash xavfi bilan taqiqlangan qonuniy me’yorlarga qarshilik qiluvchi barcha narsa tushuniladi. Shaxs harakatlarini huquqiy baholashdagi etakchi mezon ularning jamiyatga xavf solish darajasi hisoblanadi. harakatlarning jamiyatga xavf solish xarakteri va darajasi bo’yicha ularni jinoyat, ma’muriy va fuqarolik-huquqiy deliktlar, intizomiy qiliqlarga bo’linadi [5].
Jinoyatlar, o’z navbatida, jamiyatga xavf tuqdirish darajasiga ko’ra quyidagi kategoriyalarga bo’linadi: uncha oqir bo’lmagan – ikki yilgacha ozodlikdan maxrum etish; o’rtacha oqir – besh yilgacha ozodlikdan maxrum etish; oqir jinoyatlar – o’n yilgacha ozodlikdan maxrum etish; alohida oqir – ikki yilgacha ozodlikdan maxrum etish yoki ancha qat’iy jazo belgilash.
Jinoyatlar harakatlarning xarakteri bo’yicha ham bo’linadi: shaxsga qarshi jinoyat, iqtisod soqasidagi jinoyat, davlat qokimiyatiga qarshi jinoyatlar, qarbiy xizmatga qarshi jinoyat, insoniyat tinchligi va xavfsizligiga qarshi jinoyat. Shunday qilib, Jinoyat va Fuqarolik kodekslari qonuniy nuqtai nazardan og’ishgan xulqning turli shakllari tasnifi hisoblanadi.
Vaqt huquqiy oqishning yanada yangi shakllarini tuqdirmoqda, masalan, reket, uyushgan jinoyatchilik, xakerlik. Bu, o’z navbatida, qonunchilikka doimiy o’zgartirish kiritish zaruriyatini tuqdiradi.
Ko’rib chiqilgan tasniflarga axloqiy deviatsiyaga pedagogik yondoshuvni qo’shimcha qilish mumkin. Bizning fikrimizcha, pedagogik tasniflar kamroq differentsiyalangan va ko’pincha boshqa fanlardan o’zlashtirilgan. Ko’pincha “og’ishgan xulq” tushunchasini “moslashmaganlik” tushunchasi bilan tenglashtiriladi. O’quvchini tarbiyalash va o’qitishning asosiy pedagogik vazifalari olamida maktab o’quvchisining og’ishgan xulqi maktabga moslashmaganlik [2] kabi ijtimoiy moslashmaganlik xarakteriga ham ega.
Maktabga moslashmaganlik tuzilmasiga o’zlashtirmaslik, tengdoshlari bilan o’zaro munosabatning buzilishi, hissiy buzilishlar kabi uning ko’rinishlari qatorida axloqiy oqish ham kiradi.
Pedagoglar bilan qamkorlik tajribasi maktabga moslashmaganlik bilan uyqunlashuvchi birmuncha keng tarqalgan quyidagi axloqiy oqishlar qaqida gapirishga imkon beradi. Bu intizom buzilishi, sababsiz maktab kelmaslik, giperfaol axloq, tajovuzkor axloq, oppozitsion axloq, chekish, bezorilik, o’qrilik, yolqon.
Ijtimoiy moslashmaganlikning maktab yoshida anchagina masshtabli belgilari bo’lib quyidagilar chiqishi mumkin: psixofaol moddalarni muntazam iste’mol qilish (uchuvchi eritmalar, ichkilik, giyohvand moddalar), jinsiy deviatsiyalar, foqishabozlik, daydilik, jinoyat sodir etish. Oxirgi vaqtlarda maktab o’quvchilarining og’ishgan xulqida nisbatan kompyuter o’yinlari yoki diniy sektalarga qaram bo’lib qolish bilan bog’liq bo’lgan yangi shakl kuzatilmoqda.
Juda yoshlikdan va maktab yoshidan og’ishgan xulq ko’rinishlari qaqidagi masala yanada chalkash. Umuman shaxsning “mustaqil bo’lmagan” bu bosqichida deviant axloq qaqida gapirish mumkinmikinq Pedagoglar va ota-onalar ko’pincha kichik bolalarda zararli odatlar (barmoqini so’rish, tirnoqini chaynash), ovqat eyishdan bosh tortish, quloq solmaslik, tajovuzkor axloq, masturbatsiya, giperfaol axloq kabi axloqning shunday salbiy ko’rinishlari bilan to’qnashadilar.
Afsuski, jamiyatda og’ishgan xulqqa nosoqlomlik kabi munosabatda bo’lish ustundir. Uning ko’zga ko’ringan shakllari bilan to’qnashgach, odamlar avvalo tibbiy tashhis va unga tegishli tibbiy yordam olishga harakat qiladilar.
Deviant axloq masalalari bo’yicha ilmiy adabiyotlarda birmuncha ishlab chiqilgan va anchagina odatlangan klinik yondoshuv qukmronlik qiladi. Ayni damda ma’lumki, shaxs axloqiga psixolgik jiqatdan – shaxsning o’ziga nasiqat qilib ta’sir ko’rsatish mumkin. Yaqqolki, mutaxassis og’ishgan xulq tasnifiga ikkita etakchi yondoshuvni aniq differentsiyalashi zarur – psixologik va klinik.