71
¾ asosiy uzatma,
¾ differensial,
¾ yetakchi g‘ildirak uzatmasi.
44-rasm. Old yetakchi bo‘lgan avtomobilning transmissiyasi:
I -dvigatel, II-ilashish muftasi, III-uzatmalar qutisi, IV-asosiy uzatma, V-yetakchi
g‘ildirak uzatmasi, VI-yetakchi g‘ildiraklar.
3.1. Ilashish muftasi
Ilashish muftasi quyidagi vazifalarni bajaradi:
¾
dvigatel tirsakli valini uzatmalar qutisidan vaqtincha ajratish va
ravon ulash;
Bu esa:
–
avtomobilning ravon qo‘zg‘alishini ta’minlaydi;
–
detallardagi yuklanishlarni oshirmay pog‘onalarni almash-
tirishni ta’minlaydi;
–
dvigatelni to‘xtatmay turib avtomobilni to‘xtatish imkonini beradi.
¾
keskin tormozlanish jarayonida kuch uzatmasi detallarning ortiqcha
yuklanishidan saqlaydi va ularning xizmat muddatini uzaytiradi.
Ilashish muftasi
yetaklovchi va
yetaklanuvchi qismlardan tashkil
topgan:
¾
yetaklovchi qismga tirsakli val bilan bog‘langan (doimo
aylanuvchi) detallar kiradi;
¾
yetaklanuvchi qismga ilashish muftasi dvigatel va kuch uzatmasi
o‘zaro ajratilganda yetaklovchi qismdan ajraladigan detallar kiradi.
Turlari: yetakchi va yetaklanuvchi qismlar orasidagi bog‘lanish
tasnifiga
asosan ilashish muftalarini friksion,
gidravlik va
elektromagnit
(kukunli) turlarga ajratiladi. Eng ko‘p taralgan - bu friksion ilashish
muftalaridir. Ularda burovchi moment yetakchi qismdan yetaklanuvchi
qismga, shu qismlarning ta’sirlashish yuzalaridagi ilashish kuchi yordamida
uzatiladi.
Gidravlik (gidromufta) ilashish muftalarida yetakchi va
72
yetaklanuvchi qismlar bog‘lanish, shu qismlar
orasida harakatlanayotgan
suyuqlik oqimining bosimi bilan
amalga oshiriladi,
elektromagnit ilashish
muftalarida esa magnit maydon yordamida amalga oshiriladi.