Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi.
Mavzu : Nerv tizimining umumiy tuzilishi va vazifalari.
Slayd yaratuvchi : Aminova Nodira. Guruh :23-6 Psixologiya
Asab tizimi tarkibiy tuzilishi va vazifalariga ko’ra markaziy (MAT) hamda periferik asab tizimiga bo‘linadi. MAT - bosh va orqa miyadan iborat bo‘ lib, o‘zaro bogiangan neyronlaming majmuasi hisoblanadi. Bosh miya va orqa miyani ko’ndalang kesimi ko’rilganda hujayralardan tashkil topgan va markaziy qismni tashkil qiluvchi kulrang moddaga hamda uni o’rab olgan oq moddalardan (mielinli qobiq bilan qoplangan asab tolalari to‘plami) tuzilganligi ko’rinadi. Periferik qismi esa asablardan, ya’ni usti umumiy biriktiruvchi to‘qimali qobiq bilan qoplangan asab tolalari bogiamidan iborat. Periferik asab tizimiga - asab tugunlari va gangliylar, ya’ni bosh miya va orqa miyadan tashqaridagi asab hujayralarining yig‘indisi kiradi. Asab tizimining bir qancha vazifalari bo’lib, ular quidagilardan iborat: integrativ funksiya - axborotni tezlik bilan aniq uzatish va uni integratsiyalash; a’zolar va a’zolar tizimlari o‘rtasida o‘zaro aloqani ta'minlash, uni yaxlit bir butun sifatida faoliyat ko'rsatishi; tashqi muhit bilan o‘zaro ta’sir qilish, atrof-muhitdan va ichki a’zolardan keladigan turli signallami qabul qilish, tahlil qilish va ushbu signallarga javob reaksiyalarini shakllantirish; turli a’zolar faoliyatini boshqaradi va muvofiqlashtiradi, tashqi va ichki muhitning o‘zgaruvchan sharoitlariga butun organizm faoliyatini bir butun tizim sifatida moslashtiradi;
Asab tizimi yuksak bo‘limlarining faoliyati bilan ruhiy fimksiyalarning, ya’ni tashqi olam signallarini anglash, ulami eslab qolish, tushunish va qaror qabul qilish hamda maqsadga yo‘naltirilgan xulq-atvomi tashkil qilish, abstrakt tafakkur va nutqni amalga oshirish bilan bog‘liqdir. Asab tizimi asab to‘qimasidan hosil boiib, uning asosiy funksional birligi neyron hisoblanadi. Uning asosiy xususiyatlari: qo‘zg'aluvchanlik, qo‘zg‘alishni о‘tkazish va reflektor reaksiyalarda ishtirok etishdan iborat.