Oliy ta`lim xizmatlari sifatini oshirishda autsorsingning o‘rni



Yüklə 91,66 Kb.
səhifə1/7
tarix24.12.2023
ölçüsü91,66 Kb.
#192104
  1   2   3   4   5   6   7
6 Режапов Х макола Иктисод ва таълим ЛОТИН



UDK 331.0.378.1
OLIY TA`LIM XIZMATLARI SIFATINI OSHIRISHDA AUTSORSINGNING O‘RNI
Rejapov Xayrillo Xikmatullayevich
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy
universiteti Makroiqtisodiyot kafedrasi dotsenti v.b., PhD
ORSID: 0000-0001-5403-9400. SPIN-8101-5325


Annotatsiya
Maqolada autsorsingning mohiyati va oliy taʼlim tizimida qo‘llash yo‘nalishlari o‘rganilgan. Shuningdek, autsorsing asosida taʼlim sifati va autsorsing xizmatlarini shakllantirishning tashkilliy shakllari, uni rivojlantirish yo‘nalishlari tahlil etilgan. Mamlakat oliy taʼlim muassasalarida autsorsing markazlartashkil etish va ularni vazifalarini aniq belgilash asosida rivojlanitirish yo‘nalishlari yoritilgan.
Kalit so‘zlar: taʼlim, oliy taʼlim, autsorsing, taʼlim xizmatlari, taʼlim sifati.

В статье рассматривается сущность аутсорсинга и его применение в высшем образовании. Также анализируются качество образования на основе аутсорсинга и организационные формы формирования аутсорсинговых услуг, направления его развития. Освещены направления развития центров аутсорсинга в высших учебных заведениях страны на основе установления и четкого определения их функций.


Ключевые слова: образование, высшее образование, аутсорсинг, образовательные услуги, качество образования.

The state considers the essence of outsourcing and its application in higher education. It also analyzes the quality of education based on outsourcing and organizational forms of formation of outsourcing services, the direction of its development. The directions for the development of outsourcing centers in higher educational institutions of the country are highlighted on the basis of the establishment and clear definition of his functions.


Key words: education, higher education, outsourcing, educational services, quality of education.


Kirish
Mamlakatimizda oliy taʼlim tizimidagi islohotlar samardorligini yanada oshirish bugungi kunda dolzarb masalalardan hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Oliy taʼlim tizimidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan” majlisida asosiy ustuvor vazifalardan biri “o‘quv jarayonini bozor talablariga moslashtirib, ishlab chiqarish bilan uzviyligini taʼminlash va talabaning o‘z ustida ishlashi uchun muhit yaratish”[1] hisoblanadi. Ushbu vazifalarni bajarishda oliy taʼlim tizimida autsorsing xizmatlaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Zamonaviy autsorsing tizimi oliy taʼlim muassasasini rivojlantirish vositasi sifatida nafaqat universal va Jamoatchilik, davlat organlari, kichik va o‘rta biznesning tijorat tuzilmalar vakillari bilan hamkorlik doirasida taʼlim muassasasining raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan muammoli vazifalarni kompleks hal etishga xizmat qilishi mumkin. Jamoatchilik, davlat organlari, kichik va o‘rta biznesning tijorat tuzilmalari.
XXI asrda jahon xo‘jaligida raqobat kurashining tobora kuchayishi natijasida mamlakatlar mehnat bozorida ish beruvchilar tomonidan ishlab chiqarish jarayonlarini innovatsion rivojlanish yo‘ligi o‘tkazishi oliy taʼlim xizmatlari bilan mehnat bozori o‘rtasidagi munosabatlardagi chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni namoyon bo‘lishiga olib keldi. Jumladan, mehnatni tashkil etishning yangi shakllarining vujudga kelishi ish beruvchilar tomonidan tegishli lavozimlar bo‘yicha kadrlarning kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablarining ortishiga olib keldi. Natijada oliy taʼlim xizmatlari orqali kadrlar tayyorlashning sifat ko‘rsatkichlarini takosillashtirish zaruriyati ortdi.
Yuqorida keltirilgan holatlar oliy taʼlim xizmatlari va mehnat bozorlari o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishda yangicha yondashuvlarni shakllanishiga olib keldi. oliy taʼlim xizmatlari bozorida autsorsing munosabatalarini rivojlanishi ham aynan ushbu jarayonlar sababli namoyon bo‘ldi.

Yüklə 91,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin