O’qitish metodlari



Yüklə 3,69 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü3,69 Kb.
#191716
Taqdimot (4)

O’qitish metodlari

100-20

Kirgizboyev Muzaffar

  • O’quvchilarning mustaqil aktivliklari darajasiga ko’ra tasniflovchi metodlar
  • 1) Izohli-illyustrativ metod. Bu metodning mohiyati shundaki, bunda o’qituvchi tayyor informasiyani har xil vositalar yordamida beradi. O’quvchilar bu informasiyani qabul qilishadi, tushunib oladilar va eslab qoladilar.
  • O’qitish metodlari o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyatlari usuli bo’lib, bu faoliyat yordamida yangi bilimlar, malakalar va ko’nikmalarga erishiladi, o’quvchilarning dunyoqarashi shakllanadi, ularning qobiliyatlari rivojlanadi.
  • 2) Reproduktiv metodning asosiy belgisi faoliyat usulini tanlash va o’qituvchining topshiriqlari bo’yicha takrorlashdan iborat. Bu metod yordamida o’quvchlarda malaka va ko’nikmalar tarkib topadi.
  • 3) Bilimlarni muammoli bayon qilish. Bunday bayon qilishda o’qituvchi u yoki bu qoidani aytibgina qolmay balki “ovoz chiqarib mulohaza yuritib” muammo qo’yadi va uni hal qilish jarayonini ko’rsatadi. O’qituvchining bunday tushuntirishi ancha ishonchliroq bo’ladi, bolalarni fikrlashga o’rgatadi, bilish xarakteridagi izlanishlarni olib borishga o’rgatadi.
  • 4) Qisman izlanish yoki evristik metod. Bu holda o’qituvchi o’quvchilar oldiga muammo qo’yadi, o’zi esa o’quv materialini bayon qiladi, ammo bu bayon davomida o’quvchilar oldiga savollar qo’ya boradi, bu qo’yilgan savollar ulardan izlash jarayoniga qo’shilishni va bilish xarakterdagi biror masalani yechishni talab qiladi.
  • 5) O’qitishning tadqiqot metodi. Bu metod bilan ishlashda o’quvchilar qo’yilgan muammoni tushunib olganlaridan keyin o’zlari ishlash rejasini belgilashadi, faraz (gipoteza) tuzishadi, tekshirish usulini o’ylab ko’rishadi, kuzatishlar olib borishadi, tajribalar o’tkazishadi.
  • O’quv-bilish faoliyatini rag’bat-lantirish metodlari. Bu metodlar jumlasiga bilish xarakteridagi o’yinlar, o’qishda muvaffaqiyatli vaziyatlar yaratish, mukofotlash metodi va boshqa metodlarni kiritish mumkin. O’quv-bilish faoliyatini rag’batlantirish va o’quv predmetiga qiziqish uyg’otishning samarali metodla-ridan biri o’yin metodidir.

Yüklə 3,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin