Oqma tekislikda geometrik sirtlar va obekt prespektivasini qurish



Yüklə 1,92 Mb.
səhifə1/6
tarix11.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#111545
  1   2   3   4   5   6
Oqma tekislikda geometrik sirtlar va obekt prespektivasini qurish


Oqma tekislikda geometrik sirtlar va obekt prespektivasini qurish

Reja:


  1. Sirtlarning aniqlovchisi.

  2. Chiziqli sirtlar.

  3. Konus sirtlari.

Sirtlar olami fazoviy shakliga ko'ra juda xilma xil va chegaralanmagandur. Sirtlar o'zgaruvchan va o'zgarmas ko'rinishdagi biror chiziqning boshqa chiziqlar yoki sirtlar bo'yicha xarakat qilishidan hosil bo'ladi. Xarakatlanib sirt hosil qiluvchi chiziq yasovchi deb ataladi. Yasovchi chiziqning xarakatini belgilovchi chiziqlar yonaltiruvchilar deb ataladi. Sirtlar yasovchilarining turlariga qarab ikkiga bo'linadi.
I.Chiziqii sirtlar: silindr, konus... 2. Chiziqsiz sirtlar: shar, ellipsoid sirtlarni ko'rsatish mumkin.
Sirtlarning aniqlovchisi.

  1. = (G),(A).

  2. - geometrik qismlar: nuqta, to'g'ti chiziq, egri chiziq, tekislik va boshqalar.

A- sirt yasovchilarining qonunlashtirilgan xarakati.
Ko'pyoqlar.

72– shakl
Tekislik bilan chegaralangan jism ko'pyoq deb ataladi. Ko'pyoqni chegaralovchi tekisliklarning kesishuv chiziqlari qirralari deb, tekisliklarning qirralar orasidagi qismlari yoqlari deb va qirralarining kesishuv nuqtalari uchlari deb ataladi.
S-sirtning uchi, (ABCD)-sirtning yonaltiruvchisi, (MN) - sirtning yasovchisi.
Og'ma piramida.
Ko'pyoqning yoqlaridan biri ko'pburchak bo'lib, qolgan yoqlari umumiy uchga ega bo'lgan uchburchaklar bo'lsa, bunday ko'pyoq piramida deb ataladi. Ko'pburchak piramidaning asosi deb ataladi. Piramida yon yoqlarining asosiga perpendikulyar yoki qiya bo'lishiga qarab, to'g'ri yoki og'ma piramida deb ataladi.

Prizma
Ko'pyoqning ikki yog'i, mos tomonlari bir-biriga parallel bo'lgan teng ko'pburchaklardan iborat bo'lib, qolgan yoqlari parallelogram bo'lsa, bunday ko'pyoq prizma deyiladi.
74– shakl

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin