Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784
www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(2), Feb., 2023
535
NOVERBAL MULOQOT VA UNING KOMMUNIKATSIYADAGI O‘RNI
M.Abdurazzakova
Farg‘ona davlat universiteti I bosqich magistranti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada noverbal muloqot va uning kommunikatsiyadagi o‘rni haqida
so‘z boradi. Unda emotsiya va his-tuyg‘ularni so‘zsiz yetkazish mumkinligi va buni
amalga oshiruvchi paralingvistik vositalar haqida ma’lumotlar keltirilgan bo‘lib,
muloqot jarayonida paraverbal vositalarning qo‘llanilishi bayon etilgan.
Kalit so‘zlar: noverbal aloqa almashinuvi, verbal suhbat, paralinguistik
vositalar, mimika, ovoz toni, intonatsiya, kommunikatsiya, kinesika, vegetativ
ko‘rinishlar.
АННОТАЦИЯ
В данной статье рассматривается невербальное общение и его роль в
общении. Дается информация о возможности передачи эмоций и чувств без
слов и паралингвистических средствах, которые это делают, и описывается
использование паравербальных средств в процессе общения.
Ключевые слова: невербальный коммуникативный обмен, вербальная
беседа, паралингвистические средства, мимика, тембр голоса, интонация,
общение, кинесика, вегетативные проявления.
KIRISH
“So‘zsiz muloqot- bu eng jozibali va ishonchli muloqot”
Inson muloqot qilganida nafaqat og‘zaki ma’lumotlarni tinglaydi,
balki bir-
birining ko‘zlariga qarashni, ovoz, intonatsiya, yuz ifodalari, imo-ishoralarni sezadi.
So‘zlar orqali ma’lumotlar mantiqan ifodalansa, imo-ishoralar, yuz ifodalari, ovoz bu
ma’lumotlarni to‘ldirib keladi, ma’nosiga ma’no qo‘shadi.
XX asr oxirida noverbal muloqot qilish bo‘yicha yangi ilmiy-ijtimoiy-
mutaxassis degan kasb turi paydo bo‘ldi. U insonlarning turli xil joy va vaziyatlardagi
noverbal muloqotlarini, paralingvistik signallarni kuzatadi, masalan, ishda, ko‘chada,
televideniyada va boshqalar. Bundan tashqari u odamlarning hatti-harakatlarini va
xulq- atvorlarni ham o‘rganadi. Bu orqali u insonlarning o‘zaro
munosabatlarini
qanday yaxshilash mumkin ekanligi tog‘risida tadqiqot olib boradi. Shunday qilib,
noverbal kommunikatsiyaning asosiy jihatlari faqat 60-yillarning boshidan jiddiy
o‘rganilishni boshladi, ommaga esa 1970- yilda Yuliy Fast o‘zining kitobini e’lon
qilganidan keyingina ma’lum bo‘ldi. Ushbu kitobda 1970-
yilgacha olimlar
tomonidan qilingan noverbal muloqotning muhim jihatlari bo‘yicha tadqiqotlari
sarhisob qilindi va ommaga taqdim etildi. Albert Meyerabian kuzatuvlari natijasi