Ota ona va farzand munosabatlarining o‘ziga xosligi reja


Bu davrda asosan bolaning



Yüklə 29 Kb.
səhifə5/7
tarix23.06.2022
ölçüsü29 Kb.
#62165
1   2   3   4   5   6   7
OTA ONA VA FARZAND MUNOSABATLARINING O‘ZIGA XOSLIGI

Bu davrda asosan bolaning:

  • dastlabki ilk sotsializatsiyasi (bolalik davri);

  • normativ xulqning marginal jihatlarini o‘zlashtirish davri (o‘smirlik davriga to‘g‘ri keladi);

  • o‘spiriinlikdan balog‘at yoshiga o‘tish davrini o‘z ichiga olgan ijtimoiylashuv oqibatlari yaxlit namoyon bo‘ladigan bosqich.

Ikkinchi bosqich – shakllanib bo‘lgan shaxsning jamiyatda faoliyat yuritishi davrlarini o‘z ichiga olgan hayot bosqichi. Bunda shaxs dastlab mehnatga yaroqli jamiyat a’zosi sifatida, so‘ngra naqaqa yoshiga yetgan inson siftaida o‘z o‘rniga ega bo‘ladi.
Ijtimoiylashuvning dastlabki yillarida uning samaradorligi ko‘proq yuqorida ta’kidlaganimizdek, oila, undagi ijtimoiy-psixologik muhit va ota-onaning tarbiyachilik burchini qanday ado etganligiga bog‘liq bo‘lsa, uning keyingi bosqichlarida ta’lim muassasalari va mehnat jamoalarining roli ortib boradi. Shunga mos ravishda ijtimoiylashuv usullari ham turlicha bo‘ladi.
Ko‘plab olimlar va oila masalalari bo‘yicha mutaxassislarni xavotirga solgan jihat shuki, zamonaviy oila o‘zining bola shaxsini ijtimoiylashtiruvchi vazifasini yaxshi va to‘liq ado etmayapti. A.Antonovning ta’kidlashicha, zamonaviy oila oilaviy turmush tarzini shakllantira olmayotganligi sababli ham o‘zining bola tarbiyasi borasidagi ijtimoiy bilimdonligini namoyon eta olmayapti. Bundan tashqari, G‘arb mamlakatlarida o‘tkazilgan tadqiqotlarda aksariyat ayollarda onalik ustanovkalarining yo‘qligi, bola tarbiyalash xohishining yo‘qligi, qo‘ydichiqdining bemalol amalga oshirilishi, rasman FXDYO bo‘limlarini nikohni qayd etmay yashash (fuqarolik nikohi), ajrimlardan keyingi erkak va ayolning o‘zaro yomon munosabatlari bolalarning ijtimoiylashuviga nihoyatda salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bunday er-xotinlarning farzandlari bir tomondan umuman oila instittutiga va nikohga nisbatan salbiy qarashlarga ega bo‘lib, voyaga yetsalar, ikkinchi tomondan, ularning xarakterida asosan xudbinlik, egoizm, agressivlik kabi salbiy sifatlar egasi sifatida shakllanmoqda. Demak, jamiyatda o‘z davriga munosib, sog‘lom fikrlovchi yoshlarni tarbiyalab, voyaga yetkazishning muo‘im omili bu rasmiy nikohda bo‘lgan er-xotinlar oilasining bahamjihatlikda yashashlaridir.
Psixolog olim V.I.Selivanov oilada shaxsni shakllantirish jarayonini o‘rganib, baxtli bolalik – bu oiladagi quvonchni, xamjixatlikni hamda ota-onalarning bolalariga g‘amxo‘rligining samarasidir degan xulosaga keladi.

Yüklə 29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin