O’ta yuqori chastotali mikroto’lqinli pechlarning umumiy ko’rinishi



Yüklə 473,09 Kb.
səhifə1/3
tarix15.06.2022
ölçüsü473,09 Kb.
#61519
  1   2   3
Mikroto`lqinli pechlar

Mavzu: Mikroto`lqinli pechlar


Reja:
1.Mikroto`lqinli pechlar haqida
2.Mikroto`lqinli pechlarning texnik xususiyatlari
3. O’ta yuqori chastotali mikroto’lqinli pechning ishlash rejimi
4. O’ta yuqori chastotali mikroto’lqinli pechning magnetronini tekshirish jarayoni


O’ta yuqori chastotali mikroto’lqinli pechlarning umumiy ko’rinishi:
Elektr asbob tarkibida suvi bor jismlarga chastotasi 2450 mHz bo‘lgan nur mahsulot sirtiga tushib mahsulotni isitadi, issiqlik mahsulotlarning o‘zidan ajraladi, organik, mineral vitaminlar va ta’mi saqlanadi. Mahsulotning sirtidan 1,5–2,5 sm chuqurligigacha yutadi, o‘rtacha isitish tezligi 0,3–0,5 °C/soniyani tashkil qiladi.
O‘ta yuqori chastota (O‘YCH) pechlari muzlagan mahsulotlarni eritish, pishirish, qovurish uchun mo‘ljallangan. Sanoatda esa yelimni, plasmassani eritish, sopolni pishirish va boshqa maqsadlarda foydalaniladi. O‘YCH pechning tarixi Birinchi bo‘lib O‘YCH pech amerikalik muhandis Persi Spenser tomonidan 1946- yilda kashf qilingan. 1947-yilda «Raytheon» firmasi tomonidan 340 kg, quvvati 3000W bo‘lgan O‘YCH pechni harbiylar uchun ishlab chiqara bo‘shlagan. Ular muzlagan mahsulotni eritish va pishirishdan iborat edi. 1955-yil 25-oktabrda Amerikaning «Tappan Company» maishiy O‘YCHlar ishlab chiqara boshlagan. 1962-yili Yaponiyaning «Sharp» firmasi, 1980-yilda Rossiya O‘YCHli pechlarni maishiy uy-ro‘zg‘orda foydalanish uchun ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan.


O’ta yuqori chastotali mikroto’lqinli pechlarning ichki qismining umumiy ko’rinishi:
K1, K2, K3 – blokirobkalash kaliti; L – kamerani yoritish lampochkasi; K-time – taymer kaliti; DV – ventilator dvigateli; K-power – quvvatni sozlash kaliti; DT – dvigatel taymeri; KP – kontaktli rele; T – aylanish stolining dvigateli. O‘ta yuqori chastotali mikroto‘lqinli pech tarmoq kuchlanishi ~220 volt 50Hz bilan oziqlanadi, uni tarmoqqa ulaganda F1, R1, C1, LF1, LF2, C2, C3 elektr zanjiri orqali O‘YCHPning elektr sxemasiga uzatiladi, F1, R1, C1, LF1, LF2, C2, C3 elektr zanjiri tarmoq filtri vazifasini bajaradi.
U sxemadagi yuqori chastotali radioxalaqitlarni so‘ndirish, tarmoqqa o‘tkazib yubormaslikni ta’minlaydi. Elektr zanjirdagi R1 O‘YCHP tarmoqdan uzilganda C1, C2, C3 kondensatorda qolgan zaryadni zaryadsizlaydi. F1 tarmoq saqlagichi 8–10 amperli bo‘lib, elektr zanjirda qisqa tutashuv bo‘lganda elektr sxemalarni saqlab qolish maqsadida o‘rnatiladi. FT1 termosaqlagich vazifasini bajaradi. U magnetronga o‘rnatilib, boshlang‘ich vaqtda uning kontaktlari qo‘shilgan holatda bo‘ladi, magnetron 80° issiqlik haroratdan oshganda uning kontaktlari ajralib, elektr zanjirni va magnetronni kuyishdan saqlaydi. Kontaktlar maxsus issiqqa ta’sir etadigan bimetalldan tayyorlangan bo‘ladi. U issiqlik ta’sirida ajraladi, soviganidan so‘ng elektr zanjirni qo‘shadi. Tarmoq filtri orqali K1, K2, K3 mikrokalitiga uzatiladi. Kalitlar O‘YCHPning eshigi ochilganda, ajralib yopilganda qo‘shiladi, xavfsizlikni ta’minlaydi, agarda eshik ochilganda magnetron ishlasa, inson organizmi nurlanadi, shuning uchun K1, K2, K3 kalitlar eshik ochilishi va yopilishida harakatga kelib, zanjirni ajratadi va qo‘shadi.


Yüklə 473,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin