БИЛЕТ №4
1. Овқатдан заҳарланиш ва уларнинг профилактикаси.
2.Энтераль ва парентерал озиқлантириш.
3. Рационал озиқланиш тамойиллари.
1. Овқатдан заҳарланиш ва уларнинг профилактикаси.
Ovqatdan zaharlanish — odatda hazm qilish buzilishi bilan kechadigan o’tkir kasallik. Buning sababi ko’pincha organizmga oziq-ovqat bilan birgalikda turli mikroorganizmlar kirishi bo’ladi.
Ko’pchilik oziq-ovqatdan zaharlanish hollari mahsulotlarda tillarang stafilokokk va ichak tayoqchasining jadal ko’payishidan kelib chiqadi. Zaharlanishlarni ko’pincha yaroqlik muddati tugagan sifatsiz, noto’g’ri sharoitlarda saqlangan yoki sanitariya me’yorlarini buzgan holda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni iste’mol qilish keltirib chiqaradi.
Ovqatdan zaharlanish shunindek zaharli qo’ziqorinlar va o’simliklarni tanovul qilishda ham kuzatiladi.
OVQATDAN ZAHARLANISH ALOMATLARI
Zaharlanishning dastlabki belgilari sifatsiz oziq-ovqatlarni iste’mol qilgandan so’ng yarim soat ichida kuzatilishi mumkin, lekin ko’pincha 4-6 soat ichida, ba’zan esa bir kundan keyin paydo bo’ladi.
Zaharlanishning odatiy alomatlari:
Ich ketishi (axlat, suvli, badbo’y hidli, hazm bo’lmay qolgan oziq-ovqat qoldiqlari bilan);
Kuchli ko’ngil aynishi;
Ko’p marta qayt qilish.
Bundan tashqari, zaiflik, bosh aylanishi, tana haroratining ko’tarilishi, varaja qilish, oshqozon sohasida og’irlik va og’riqli spazmlar, meteorizm, ko’p miqdorda so’lak ajralishi xarakterlidir.
YODDA TUTING
Ko’pincha zaharlanishni sut va sut mahsulotlari, kremli tort va pishiriqlar, yumshoq pishloq, qaynatilgan kolbasa, pashtetlar, tuxum, uyda tayyorlangan mayonez, mayonez yoki smetanali salatlar, pomidor va pomidor sharbati keltirib chiqaradi.
OVQATDAN ZAHARLANISHDA BIRINCHI YORDAM
Oziq-ovqatdan zaharlanishining dastlabki belgilarida bemor oshqozonini bo’shatish uchun uni yuvish kerak. Yuvish uchun qog’oz filtr yoki to’rt qatlamli dokadan o’tkazilgan kaliy permanganatning (margansovka) kuchsiz (och pushti) eritmasi ishlatilishi mumkin.
Bundan tashqari, iste’mol sodasi eritmasi (1 litr qaynatilgan suv uchun 1 choy qoshiq) yoki osh tuzi (5 litr suv uchun «tog’chasiz» holda 2 osh qoshiq) ham to’g’ri keladi.
Yuvish uchun eritma oldindan 8-10 litr miqdorda tayyorlanishi kerak. U organizmning gipotermiyasiga olib kelmasligi, shuningdek ichak peristaltikasini sekinlashtirmasligi uchun albatta iliq (35-37 °C haroratda) bo’lishi kerak.
Birinchi qabul qilishda 2-3 dan 5-6 stakan suyuqlikni ichish kerak, so’ngra ikki barmoq bilan tilning ildizini qo’zg’atib, qayt qilishni chaqirish kerak. Yuvish jarayoni qayt massasida faqat toza suv bo’lmagunicha takrorlanadi.
Oshqozonni yuvgandan so’ng, to’rt marotaba har 15 daqiqada qaynatilgan suv bilan enterosorbentlarni qabul qilish tavsiya etiladi. Bemorni tinchlikda qoldirish, agar varaja qilayotgan bo’lsa, issiq qilib o’rantirish kerak.
Birinchi kun ovqatlanishdan saqlangan yaxshiroqdir, ikkinchi kuni esa bulyon, guruchli sabzavotli sho’rvalar kiritish va taomnomani asta-sekin kengaytirish mumkin. To’liq tuzalib ketgunga qadar oshqozon shilliq qavatini qo’zg’atish xususiyatiga ega bo’lgan marinadlangan, achchiq, sho’r va dudlangan mahsulotlarni iste’mol qilishdan qochish kerak. Bemorga qaynatilgan suv, achchiq qilib damlanmagan shirin choy, mevali morslar, kisel ichish tavsiya etiladi. Gazlangan ichimliklar taqiqlanadi.
Zaharlanishlarda enterosorbentslar qabul qilinadi. Ushbu dorilar toksinlar, zaharlar, mikroblar va bakteriyalarni bog’laydi va organizmdan chiqarib tashlaydi va qonga zaharli moddalarni kirishiga to’sqinlik qiladi. Ular zaharlanish alomatlarini yo’qotishga va insonning holatini me’yorga keltirishga yordam beradi.
Qayt qilish va ich ketishdan kelib chiqqan suvsizlanishni oldini olish uchun maxsus tuz eritmalari ishlatiladi, ular yo’qotilgan suyuqlik o’rini to’ldiradi va elektrolitlar yo’qotilishi natijasida buzilgan kislota-ishqor muvozanatini tiklaydi. Odatda ular qaynatilgan suvda eritilishi kerak bo’lgan kukun shaklida bo’ladi. Olingan eritma har bir kilogramm tana vazni uchun 10 ml miqdorda har bir defakatsiyadan keyin kichik qultumlar bilan ichilishi kerak.
Agar diareya qayd qilish bilan kechadigan bo’lsa, unda har bir qayt qilishdan keyin qo’shimcha ravishda har bir kilogramm tana vazniga 10 ml miqdorda eritma ichish kerak.
Aytgancha
Zaharlanishda (shu jumladan oziq-ovqatdan zaharlanishda, ayniqsa dori va spirtli ichimliklardan) jigar zarar ko’radi, chunki aynan bu a’zo toksinlarni zararsizlantirish va ularni organizmdan chiqarib tashlash uchun javobgardir. Jigarning normal funktsiyasini tiklash uchun gepatoprotektor ta’sirga — o’simlik yoki essentsial fosfolipidlarni o’z ichiga olgan preparatlar yordam beradi.
Shuningdek, jigar funktsiyasini yaxshilash uchun lesitin, aminokislotalar, antioksidant vitamin A, C, E, selen va xrom saqlagan biologik faol qo’shimchalar, omega-3 polito’yingan yog’ kislotalari qo’llaniladi.
QACHON SHIFOKORGA MUROJAAT QILISH KERAK
Ko’pincha zaharlanish belgilari bir hafta ichida mustaqil ravishda o’tadi, bunda simptomatik davolash yetarli bo’ladi. Biroq, ayrim hollarda zaharlanish xavfli bo’ladi. Quyidagi hollarda tibbiy yordamga murojaat qilish kerak:
Ichak va oshqozon kasalliklari fonida kuchli bosh og’rig’i, buyrak, jigar va boshqa ichki a’zolar sohasida og’riq hissi kuzatilsa;
Bemorda yuqori isitma, kuchli terlash, chanqoqlik hissi kuzatilsa;
Yosh bola yoki qariya zaharlangan bo’lsa;
Qo’ziqorin bilan zaharlaganlikka shubha bo’lsa;
Kuchli qusish, diareya ikki kun davomida saqlanib tursa;
Zaharlanish belgilari bir haftadan uzoq davom etsa.
SOS!
Uy sharoitida tayyorlanish texnologiyalari buzilishi natijasida botulinotoksin hosil bo’lgan konservalardan zaharlanish ayniqsa xavfli bo’lib, bu og’ir kasallik — botulizmga olib keladi.
Alomatlari
Ortib boruvchi mushaklarning kuchsizlanishi, tez-tez sayoz nafas olish, ko’z qorachig’larining kengayishi, mushaklar parezi yoki falajlik, og’iz quruqligi, qusish, ich ketishi, ko’rishning buzilishi, nutqning buzilishi, yuzda mimika yo’qligi, teri qoplamlarining oqarishi.
Birinchi navbatda, ko’z mushaklari, halqum, so’ng nafas olish mushaklari shikastlanadi. Botulizm o’limga olib kelishi mumkin, shuning uchun undan shubha qilinsa, darhol tez yordam chaqirish kerak.
OVQATDAN ZAHARLANISHNI OLDINI OLISH
Oziq-ovqatdan zaharlanishni oldini olishning eng yaxshi usuli — ovqatlanish gigienasi qoidalariga, ovqatni to’g’ri saqlash va elementar ogohlikka rioya qilishdir.
Ovqatning rangiga, hidiga va ta’miga e’tibor bering. Noxush chirigan hid, ta’mning nordonligi, tilning achishi sergak torttirishi kerak. Mahsulot sifati buzilganligi belgisi sifatida uning konsistentsiyasi o’zgarishi, uning yuzasida shilliq hosil bo’lishi ham xizmat qilishi mumkin.
Mog’or bilan qoplangan, buzilgan meva va sabzavotlarni, shishgan konserva bankalari va sut va sut mahsulotlari paketlarini afsuslanmasdan tashlab yuborish kerak.
Temir qopqoq bilan «yopilgan» banka o’ziga xos ovoz bilan ochilishi kerak, bu uning germetik yopilganini ko’rsatadi. Agar ovoz bo’lmasa, konservalarni iste’mol qilmaslik kerak.
Sotib olayotganda, mahsulotning ishlab chiqarish muddati va yaroqlik muddati, o’ramning yaxlitligini tekshirish kerak. Shuningdek, muzlatgichni muntazam ravishda ko’zdan kechirish lozim.
Boshqa ehtiyot choralari:
Mayonez qo’shilgan tayyor salatlar sotib olmang: ularning sifati tezda buziladi.
Pishirishning issiqlik rejimiga rioya qiling.
Ovqatlanish va ovqat tayyorlashdan oldin sabzavot va mevalarni, idishlar va boshqa oshxona buyumlarini yaxshilab yuvib tashlang.
Tuxumni chaqishdan oldin uni sovun bilan yuving.
Oshxona sochiqlarini, idishlarni yuvish uchun mochalkani tez-tez almashtirib turish kerak, ularning barchasi o’zida patogen bakteriyalarni to’playdi.
Bir nechta kesish uchun taxtachalar bo’lishi kerak. Ko’katlar, sabzavot va mevalar, pishloqlar va kolbasa mahsulotlari kesiladigan taxtacha va xom go’sht kesiladigan taxtacha alohida-alohida bo’lishi kerak.
Sovutgichning bitta qismida xom go’sht va tayyor ovqatlarni saqlamang. Oldindan juda ko’p oziq-ovqat tayyorlamang. Sovutgichda pishirilgan ovqat uch kundan ortiq saqlanmasligi kerak Jamoat ovqatlanish joylarini e’tibor bilan tanlang.
2.Энтераль ва парентерал озиқлантириш.
Ovqat-organizm o’z funksiyalarini bajarish uchun zarur energiyadir.Organizm xayot faoliyatini ovqat moddalaridan ajralib chiqadigan energiya tufayli saqlab turadi.Shuning uchun meditsinada bemorlar turli xil yo’llar bilan ovqatlantiriladi.Bularga misol qilib enteral va parentral ovqatlantirish usullarini misol qilib keltirish mumkin. Ovqat-organizm o’z funksiyalarini bajarish uchun zarur energiyadir.Organizm xayot faoliyatini ovqat moddalaridan ajralib chiqadigan energiya tufayli saqlab turadi.Shuning uchun meditsinada bemorlar turli xil yo’llar bilan ovqatlantiriladi.Bularga misol qilib enteral va parentral ovqatlantirish usullarini misol qilib keltirish mumkin. Dorilarni og’iz orqali qo’llash-per os,to’g’ri ichak orqali qo’llash-per rectum va til ostiga qo’yib-sub lingua orqali organizmlar enteral yo’l bilan oziqlantiriladi.Bu usullarning hammasi mahalliy,rezobtiv va reflektor tasir qilishi mumkin.Bular orasidan dorilarni og’iz orqali kiritush usuli juda ko’p qo’llaniladi.Bu usulning afzalligi shundaki,unda sodda dorilarni turli tuman shakllarda va nosteril holda kiritiladi. Dori moddalarni parenteral yuborishning afzalligi yuborishning tezligi va dozaning aniqligidir.Ineksiya deb,dori moddalarini shprist yordamida teri orasiga,teri ostiga,mushakka va boshqa sohalardan yuborishga aytiladi.Bu usul aseptika qoidalariga rioya qilishni talab etadi.Aks holda organizmga kasallik qo’zg’atuvchi mikroblar tushib,infeksion asoratlar rivojlanishi,bu esa bazan o’lim bilan tugashi mumkin Agar bemor o’zi ovqatlana olmasa,yani uning hazm organlarida o’sma yoki chuqur yalliglanish kasalliklari bo’lsa bemor suniy ravishda parentral ovqatlantiriladi
Enteral ovqatlanish
Minimal uzunlik ingichka ichak, enteral ovqatlanishni hazm qilish uchun zarur bo'lgan (bilan normal uzunlik Ichakning bu segmenti oziq-ovqat bilan rag'batlantirilsa, oshadi va so'rilishiga moslashadi; enteral ovqatlanish, agar diareya bilan murakkab bo'lsa ham, davolanishning dastlabki bosqichlarida davom etishi kerak.
Enteral ovqatlanish zond yoki enterostomiya orqali bo'lishi mumkin. Uning afzalliklari rentabellik, fiziologiya va (nisbiy) asoratlarning yo'qligi. Ammo uning samaradorligi uchun oshqozon-ichak trakti funktsiyasini saqlab qolish kerak.
To'g'ri ichak ovqatlanishi- Kattasi dam olayotgan odamning ehtiyojlarini qondirish uchun 2000 kkal energiya va 70 g proteinni o'z ichiga olishi kerak bo'lgan kuniga 2000 ml izosmolyar suyuqlik. Laktoza uning tarkibiga kiritilmasligi kerak, chunki uning metabolizmi uchun laktaza zarur va bu fermentning etishmovchiligi ovqatlanish bilan kasallangan bemorlarda qayd etiladi. Ovqat tarkibida hazm bo'ladigan oligosakkaridlar va qo'shilgan oligopeptidlar bo'lishi kerak mineral tuzlar va vitaminlar. Enteral ovqatlanish uchun ishlab chiqarilgan aralashmalar quyidagi umumiy tarkibiy qismlarni o'z ichiga oladi.
1. Asosan sutdan olingan va kazein asosida olingan protein;
2. O'simlik yog'idan ajratib olingan lipidlar, shu jumladan to'yingan va to'yinmagan yog'larshuningdek almashtirib bo'lmaydigan yog 'kislotalarilinolenik kislota kabi;
3. Odatda maltodekstrinlar ko'rinishidagi uglevodlar.
To'liq parenteral oziqlantirish (SPP)
Ichak funktsiyasi bo'lmagan taqdirda, ovqatlanish vena ichiga kiritilishi kerak. Iloji bo'lsa, SPP teri osti kanalini shakllantirish bilan qattiq aseptik sharoitlarda o'rnatilgan maxsus tizim orqali amalga oshiriladi. Giperalimentatsiya rejimi nomaqbul: qabul qilinadigan oziq-ovqat miqdori kunlik ovqat miqdoriga to'g'ri kelishi kerak metabolik ehtiyojlar. Proteinga bo'lgan ehtiyoj kunlik siydikdagi siydikchil miqdorini 30 ga bo'lish yo'li bilan hisoblanadi. Shu tarzda azotga bo'lgan ehtiyojni (grammda) aniqlash mumkin. Kattalardagi oddiy operatsiyalar bilan kuniga 9 g, sepsis bilan - kuniga 15 g, og'ir jarohatlar va kuyishlar bilan - kuniga 20 g gacha.
Har bir gramm azot 100-125 kkal energiyaga teng. Energiya manbai glyukoza yoki yog 'bo'lishi mumkin, ammo glyukoza haddan tashqari ko'pligi nafas olish koeffitsientini (RQ) oshiradi va o'pkaning ishini buzilishiga olib keladi. Shuni hisobga olgan holda energiya yog'larning 1/3 qismi va uglevodlar tufayli 2/3 ta'minlanadi. Intralipid giperlipidemiyaga olib kelishi mumkin, gemofiltratsiya apparati filtrlarida va gaz analizatorlarining elektrodlarida to'planishi mumkin.
PPP monitoringi haftasiga 2 marta FPP, kaltsiy, fosfat, OAK, koagulyatsiya va qon glyukozasini aniqlashni o'z ichiga oladi. Normoglikemiyani ushlab turish uchun insulin talab qilinishi mumkin va qon shakarini muntazam ravishda o'lchash talab qilinadi. Kundalik azot muvozanati oqsilning etarli miqdorda kiritilishi bilan ta'minlanadi va ekshaliyalangan CO2 kontsentratsiyasining kunlik o'lchami ovqatlanishning etarliligini baholashga imkon beradi. Qon zardobida foliy kislotasi, vitamin B2, sink, magniy, temir tarkibini har oy nazorat qilish kerak. Mushaklarning dinamometriyasi kabi funktsional testlarni ham o'tkazish mumkin.
3. Рационал озиқланиш тамойиллари.
Oqilona (Ratsional) ovqatlanish bu:
Ovqatlanishda xilma-xil mahsulotlarning bo‘lishligi;
Ma’danlar, vitaminlar, oqsil va karbonsuvlar, temir moddasiga boy bo‘lgan oziq-ovqatlar;
Oziq-ovqatlarning pokizaligi, yangi va barraligi;
Mahsulotlarning imkon qadar tabiyligi;
Ovqatlanish tartibi hamda odoblariga rioya etilishi;
Jismoniy va aqliy zo‘riqishlar kuchaygan paytda (sport bilan shug‘ullanish yoki imtihonlardan oldin) qo‘shimcha vitaminlar ichish;
Tuz, qahva, shakar, shirinliklar singarilarni meyorida iste’mol qiling;
Uzoq muddat och qolish, doim quyiq va quriq ovqatlarni, qalampir, murch, sirka, xantal,sarimsoq kabilarni ko‘p is’temol qilishdan saqlanish.
Maktab yoshida ayniqsa, o‘smirlik davrida nooqilona ovqatlanish natijasida kelib chiqadigan oqibatlar:
Kamqonlik;
Semirib ketish yoki ozish;
Ovqat hazm qilish tizimi a’zolari faoliyatining buzilishlari;
Aqliy va jismoniy rivojlanishdan orqada qolish;
Odam umumiy quvvati – immunitetining pasayishi va uning oqibatida yuqimli kasalliklarga chalinishga moyillik.
Ta’omlanishning odoblari!
(Muhammad Sodiq Qoshg‘ariyning «Yaxshi kishilar odobi» kitobidan)
Adabi avval – taomni kam yeyiladi. Va durust ochlik yuz bermasa taom yeyilmaydi va yana taomni ta’bida bir oz ochlik qoldirib yeyiladi;
Kattalar taomga qo‘l uzatmaguncha kichiklar qo‘l uzatmaydilar;
Yeb-ichish o‘ng qo‘lda bajariladi;
Taomni o‘z oldidan oladi;
Nonni ikki qo‘l bilan sindirilib, bo‘laklarga bo‘lib yeyiladi;
Taomlanish vaqtida, garchi och bo‘linsa ham tez-tez, shitob bilan yeyilmaydi;
Luqmani katta ham, kichik ham emas, o‘rtacha olinadi va og‘izda luqma yaxchi chaylanib, ohista yutiladi.;
Taom ustida boshdan oxirigacha xomush o‘tirish mumkin emas. Hech qanday taom kamsitilmaydi;
Agar imkon bo‘lsa taom tanho yeyilmaydi, negaki ko‘p qo‘l uzatilgan taom barakali taomdir;
Ayrim taomlardan so‘ng tishni hilol cho‘p bian kavlash mumkin;
Qo‘l taomlanishdan ilgari ham, so‘ng ham yuviladi;
Taom yeb bo‘lingach hamd va duo aytiladi, so‘ng taom egasini duo qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisining sog‘lom ovqatlanishi sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori inson salomatligini asrash, kasalliklarning oldini olish va sog‘lom turmush tarzining muhim omili bo‘lgan to‘g‘ri va ratsional ovqatlanish madaniyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
– Sog‘lom ovqatlanish madaniyatni yuksaltirish aholi salomatligini asrashning muhim omillaridandir, – deydi poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 15-oilaviy poliklinika shifokori Hojiakbar Hojiahmedov. – To‘g‘ri ovqatlanish uchun oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishda ularning sifatiga e’tibor berish, muvofiqlik sertifikatini tekshirish lozim. Qo‘lbola usulda tayyorlangan va noqonuniy joylarda sotilayotgan mahsulotlardan ehtiyot bo‘lgan ma’qul. Shu maqsadda turli davlat va jamoat tashkilotlari vakillari bilan hamkorlikda xonadonlarda to‘g‘ri ovqatlanish qoidalari, sog‘lom turmush tarziga rioya etish, ovqatdan zaharlanish, diareya, botulizm va boshqa o‘tkir ichak kasalliklarining oldini olishga bag‘ishlangan targ‘ibot-tushuntirish ishlarini muntazam olib bormoqdamiz. Zero, har bir insonning sog‘lom bo‘lishi va uzoq umr kechirishi uning sog‘lom turmush tarziga nechog‘li rioya etishiga bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: |