Oʻz bilgicha Parhez tanlash yomon oqibatlarga sabab boʻlishi mumkin



Yüklə 39,26 Kb.
səhifə1/7
tarix06.12.2022
ölçüsü39,26 Kb.
#72749
  1   2   3   4   5   6   7
Parhez


Parhez, diyeta — miqdori, kimyoviy tarkibi, kaloriyaliligi (quvvati) va pishirib tayyorlanishi jihatidan maxsus tanlangan ovqat ratsioni, sogʻlom kishilar hamda bemorlarga moʻljallangan ovqatlanish rejimi. Parhezda organizmning oziq-ovqatlarga boʻlgan fiziologik ehtiyoji qondiriladi. Bemorlarga Parhez buyurilganda moddalar almashinuvi yoki biror aʼzo funksiyasi buzilgan boʻlsa, uning faoliyatini tiklash koʻzda tutiladi. Buning uchun baʼzi oziq-ovqat mahsulotlari maxsus usullar bilan kayta ishlanadi. Yara kasalligi, kolit, yogʻ bosish va boshqa kasalliklarda Parhez keng qoʻllanadi. Kasallikning davri, boskichi va fazasiga qarab, Parhezning bir necha varianti tavsiya etiladi. Kasalxonada davolanayotgan bemorga vrach kam ovqat yeyiladigan kunlar (mas, 1—2 kun) belgilaydi. Bu kunlarda bemorni ataylab qisman och qoʻyish uchun alohida ratsiondan foydalaniladi. Oʻz bilgicha Parhez tanlash yomon oqibatlarga sabab boʻlishi mumkin.[1]
Parhez bilan davolash
Til qoʻshish

  • Maqola

  • Munozara

lotin/кирилл




Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Parhez bilan davolash, diyetoterapiya — baʼzi kasalliklar (gastrit, enterit, kolit, yara kasalligi, jigar, buyrak xastaliklari va boshqalar)ni davolash va oldini olish maqsadida par-hezdan foydalanish. P. bilan d. dori-darmonlar va boshqa davo vositalari bilan birga qoʻllanadi. P. bilan d. qadimdan maʼlum, ammo uning ilmiy asoslari faqat 19-asrning 2yarmida ishlab chiqiddi, bunda rus olimlari I. P. Pavlov va I. M. Sechenov yaratgan fiziologik qoidalarning ahamiyati katta boʻldi. P.bilan d.ning asosiy prinsiplari: ovqatlanish ratsioni, rejimi va masalliqni pishirish usulini belgilashda individual yondashish; kasallikning harakteri, bemorning axvoli va organizmning oʻziga xos xususiyatlari, ovqatning miqsor va sifat jihatdan mutanosib boʻlishi, bemorga kasalligi tufayli biror oziq modda yoki ovqat mahsulotini berib boʻlmaydigan yoki cheklab qoʻyiladigan xrllarda ratsionni oqsillar, yogʻlar, uglevodlar, mineral moddalar va vitaminlar birmuncha muvofiq keladigan qilib belgilashdan iborat. Shuning uchun P. bilan d. faqat vrach maslahatiga muvofiq hamda uning ku-zatuvi ostida olib boriladi. Kam ovqat yeyiladigan kunlar buyurish, oson singadigan ovqat hisobiga uning sifatini cheklash, ovqatlanish rejimini oʻzgartirish, masalliqlarga maxsus pazandalik ishlovi berish usullari P.bilan d.da keng qoʻllanadi. Bunda ovqat ratsioni shifobaxsh va toʻyimli boʻlishi, shuningdek, organizmning vitaminlar, mikroelementlar va biologik faol moddalarga boʻlgan ehtiyo-jini toʻla qondirishi lozim.
Toʻyimli ovqatlanish organizmning kasalliklarga qarshi kurashish, shikastlangan organ va sistemalar ishini yaxshilash, moddalar almashinuvini va organizmning umumiy holatini normallashtirish imkonini beradi. P.bilan d. statsionar, sanatoriy, kurort va ambulatoriya sharoitida qoʻllanadi.
Kam ovqat yeyiladigan kunlari biror xil oziq-ovqat mahsuloti, mas, olma, tvorog, sut kun boʻyi oz-ozdan berib boriladi. Bunday kunlarni vrach buyuradi va uning nazorati ostida davom ettiriladi. Semizlik, ateroskleroz, yurak-tomir kasalliklari, gipertoniya va boshqalarda tuz va suyuklikni kam isteʼmol qilish hisobiga ovqat miqdor jihatidan cheklanadi.
Yeyiladigan ovqat miqdorini keskin kamaytirish faqat statsionar sharoitida yoki maʼlum davolash muassalarida mutaxassis vrach nazoratida amalga oshirilishi kerak, chunki davolashning bu usuli har kimga ham tavsiya etilavermaydi. Oʻz bilgicha bu usulni qoʻllash man etiladi. Baʼzan butkul och qoʻyish salomatlikka jiddiy putur yetkazishi va ayrim organlar (jigar, miya va boshqalar)da tuzatib boʻlmaydigan oʻzgarishlarni kel-tirib chiqarishi mumkin. Har bir organizm ochlikka har xil chidaydi, bunday jiddiy sinovga har qanday organizm ham bardosh beravermaydi. Ozishni oʻylab oʻz bilgicha och yurish parhezga kirmaydi, aksincha moddalar almashinuvini buzib, kasallikka olib keladi.
Ovqat mahsulotlarini sifatiga koʻra cheklashda ularning mexanik va kimyoviy xususiyatlari hisobga olinadi. Mexanik cheklash deganda dagʻal, bad-hazm ovqat mahsulotlari yoki ularning ayrim qismlarini, mas, dagʻal kletchatkaga boy boʻlgan oʻsimlik mahsulotlari hamda goʻshtning qattiq qismlarini ovqatga ishlatmaslik tushuniladi. Koʻproq yirik tortilgan undan yopilgan non, turp, sholgʻom, rediska, karam, bodring, dukkaklilar, tirikroq qilib pishirilgan boʻtqalar cheklanadi. Mexanik cheklash pazandalik ishlovi berish usulida ham qoʻllana-di, yaʼni goʻsht qiymalanadi (kotletlar, bitochkilar, frikadelkalar); sabzavotlar ezilgan pyure, zapekanka shaklida beriladi. Yorma (perlovka, suli, guruch va boshqalar)dan tayyorlangan shoʻrvalar eziltirib pishiriladi.
Kimyoviy cheklashda hazm bezlari sekretsiyasini kuchaytiruvchi va meʼdaichakning motor (harakat) funk-siyasini qoʻzgʻatuvchi taomlar kam bula-di, ovqat ratsionida quyuq bulonlar (goʻshtli, baliqli, sabzavotli), qovurmalar (kotletlar, bifshtekslar, qovurilgan kartoshka), usti qizartirib pishirilgan taomlar, quyuq yogʻli oʻtkir sardaklar, ziravorlar, tuzlangan bodring, yangi yopilgan yumshoq non, quymoqlar chiqarib tashlanadi. Suvda va bugʻda pishirilgan ovqatlarda hazm bezlari sekretsiyasini kimyoviy yoʻl bilan qoʻzgʻatuvchi moddalar bir kadar cheklangan boʻladi. P.bilan d.da bemorning ahvoli, uning harakat qilish imkoniyati va kasallik harakteriga koʻra belgila-nadigan ovqatlanish rejimiga amal kilishga katta ahamiyat beriladi.
Bemorlar kuniga 4—5 mahal ovqatlanishi, ovqatlanish orasidagi vaqt 4 soatdan oshmasligi kerak. Ayrim hollarda davolash maqsadida boʻlibboʻlib ovqatlanish rejimi tavsiya etiladi, bunda ovqat oz-ozdan tez-tez qabul qilinadi. P.bilan d.da kasallik harakteriga moye keladigan alohida ovqatlar beriladi. Oʻsimlik mahsulotlari — yangi sabzavotlardan tayyorlangan salatlar, qovun-tarvuzlar ham parhez taomlar hisoblanadi, chunki ularda vitaminlar, fermentlar, fitonsidlar, mikroelementlar, organik kislotalar, juda foydali, semirtirib yubormaydigan qand moddalari (fruktozalar) koʻp boʻladi. P. bilan d.da yangi xom sabzavot va mevalarni koʻp berish bilan ularning ishqoriy taʼsiri taʼminla-nib, aterosklerozga olib keluvchi atsi-dotik (kislotalik) uzgarishlarga bar-ham beriladi. Hatto sogʻlom kishilar hayajonlanganida, kam harakat qilga-nida va boshqa noxush omillar taʼsirida organizmning sabzavot va mevalarga boʻlgan ehtiyoji ortadi. Shuning uchun sabzavot va mevalar bemor hamda sogʻlom kishilar hayoti uchun zarur mahsulotlardan hisoblanadi. Kishining tezgina sogʻayib ketishini taʼminlovchi moddalar koʻpgina ovqat mahsulotlarida mavjud. Ular, ayniqsa, sut mahsulotlari (kefir, prostokvasha, smetana, tvorog)da kup boʻladi. Parhez xusu-siyatiga ega goʻsht mahsulotlariga: yogʻsiz mol goʻshti, tovuq, quyon goʻshti va jigar kiradi. Deyarli barcha sabzavot va mevalar (turp, shovul, dukkaklilardan tashqari) parhez mahsulotlar hisobla-nadi. Zamonaviy parhez taomlarda odatdagi ovqat mahsulotlaridan keng miq-yosda foydalaniladi, lekin ular yangi va sifatli boʻlishi kerak.
1999-yilda Oʻzbekiston sogʻlikni saqlash vazirligi buyrugʻi bilan 2-ToshTI ichki kasalliklar propedevtikasi qoshida diyetologiya markazi tashkil etilib, unda uzbek milliy taomlarining parhez xususiyatlari urganilmoqda.

Yüklə 39,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin