O'z o'zini anglash psixologiyasi



Yüklə 12,44 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü12,44 Kb.
#190875
mustaqil ish


Mavzu: O'z - o'zini anglash psixologiyasi.
Reja.
1. Shaxs tushunchasi..
2. Shaxsning o'z - o'zini anglash sohasi.
3. Shaxsning o'zini anglashida ijtimoiy muhitning ta'siri.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.

Insoniyat paydo bo‘lganidan buyon to hozirgi kungacha insonni o‘zi haqidagi masalalar qiziqtirib kelgan. Inson aslida kim ekanligi, qanday paydo bo‘ganligi, qay tariqa yashaganligi va qay tartibda yashashlari kerak ekanligi va boshqa mavzular haqida turli xil tortishuvlar va savollar paydo bo‘lgan.Merriyam-Vebster lug‘atiga binoan, o‘z o‘zini anglash tushunchasi – «o‘ziga tegishli bo‘lgan va undan kelib chiqadigan harakatlar yoki holatlarni anglash» deb ta’riflanadi. O‘z–o‘zini anglashning psixologik xususiyatatlari ijtimoiy psixologiya fanida o‘z – o‘zini anglash, ahloqiy o‘z–o‘zini anglash ijtimoiy-ruhiy hodisa, jarayon sifatida alohida ilmiy nuqtai nazardan to‘liq o‘rganilmaganligi tufayli uni tahlil qilish ahloq, milliy xarakter, milliy ma’naviyat va qadriyat kategoriyalari bilan bevosita bog‘liq ravishda amalga oshirilmoqda. Ushbu kategoriyalarni o‘ziga xos tarzda yoritish psixologiya fanining asosiy tushunchasi hisoblanmish shaxsni yaqqol anglash, uning guruh (jamoa)dagi roli, shaxslararo munosabatdagi ahamiyatini o‘rganish imkoniyatini yaratadi. XX va XXI asr psixologiya fanida ushbu masalaning ijtimoiy – psixologik tabiatini tushuntirishda ikki xil qarash va yondashuv vujudga kelgan bo‘lib, ular o‘zaro bir – biridan keskin darajada tavofutlanib turadi. Birinchi yondashuv talqinicha o‘z –o‘zini anglash – bu o‘z yo‘nalishini o‘zgartirgan ongning aynan o‘zidir. Mazkur talqin rus psixologiyasida keng tarqalgan bo‘lib, L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, V.V.Stolin va ularning shogirdlari tomonidan tadqiq qilib kelinadi. Ikkinchi yondashuv mohiyati S.L. Rubinshteynning Ilmiy ishlarida o‘z aksini topgan. Birinchi yondashuvning namoyondalari talqinida o‘z–o‘zini anglash: L.S. Vigotskiyning shaxsiy fikricha, o‘z–o‘zini anglash turli xil ma’nolar orasida birlikni (umumiylikni) vujudga keltiruvchi jarayon sifatida va o‘zlashtirilgan ong tariqasida namoyon bo‘ladi. A.N. Leontev talqiniga qaraganda, individual ongdagi mohiyat bilan mazmun o‘rtasidagi ziddiyat o‘zini – o‘zi anglashning sababchisidir. V.V. Stolinning ta’kidlashicha, o‘zini – o‘zi anglashning asosida “Men” likning mazmuni va mohiyati o‘rtasidagi ziddiyat yotadi. Ikkinchi yo‘nalish asoschisi S.L. Rubinshteyn tadqiqotlariga asoslanib, biz o‘z – o‘zini anglash muammosini tadqiq etishga e’tibor qaratamiz eng avvalo, uning subektiga, ya’ni shaxs (individ)ga qaratishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Boshqacha so‘z bilan aytganda, o‘z – o‘zini anglashni shakllantirishning manbai ong va undagi ziddiyat bo‘lmasdan, balki insonning ijtimoiy muhitda tarkib topishi hamda rivojlanishi sanaladi. Ruhiy faoliyatning maxsus holdagi (vaziyatdagi) obektiv shart – sharoitlari sifatida odamlarning hayoti, umumiy yashash sharoiti yotadi, — deb yozadi S.L. Rubinshteyn. Insonning o‘z – o‘zini anglash jarayonidagi subektligi bilan amalga oshirishga mo‘ljallangan aloqasining shakllanishi va oqibat natijada yuzaga keladigan yangi sifatiy holat undagi oldingi ichki ziddiyatlardan tamoman forig‘ ekanligini bildiradi. Demak, bu ilmiy yondashuvda o‘z–o‘zini anglashning uzluksiz ruhiy jarayon sifatida funksiyalashuvi insonning boshqa odamlar to‘g‘risidagi tasavvurlari va ularning unga nisbatan munosabatlari o‘rtasidagi ziddiyat bilan belgilanadi. Odatda inson o‘zi haqida fikr yuritar ekan, albatta, u o‘zining boshqa odamlar bilan kechadigan o‘zaro munosabatlari natijasini tahlil qiladi va ularning samarali ekanligiga asoslanib o‘z “Men”ligini yaratadi. S.L.Rubinshteyn va K.A.Abulxanova – Slavskayalar o‘z–o‘zini anglashning ichki mohiyati ikki negiz (asos) bilan tavsiflanishini ta’kidlaydilar. Negizning birinchisi –insonning atrof – muhit va shaxslararo munosabatlarining mazmunidan iboratdir. Uning ikkinchisi esa ana shu munosabatlar to‘g‘risida uni fikr yuritish imkoniyatining ifodasidir. Shulardan birinchisi ijtimoiy, ya’ni obektiv xususiyatiga ega bo‘lsa, uning ikkinchisi subektiv, binobarin, insonning psixofiziologik va ruhiy xususiyatlariga bog‘liqdir. Har ikkala asosning o‘zaro bir – biri bilan mos kelishi yoki mos kelmasligi o‘zlik, “Men”lik to‘g‘risidagi aniq, haqqoniy tasavvurlarni vujudga keltiradi. Mualliflarning mulohazasicha, ijtimoiylik insonning ongiga va ruhiyatiga kirib boradi, ongning, o‘zini – o‘zi anglashning hamda idora qilishning manbai bo‘lib qoladi. Oxir oqibatda insonning ijtimoiylashuvi deyilganda – bu yondashuv uni ongining ijtimoiylashuvini nazarda tutadi va ana shu tariqa o‘z – o‘zini anglashning ijtimoiylashuvdagi o‘rni hamda uning roli huddi shunday tushuntiriladi. Mazkur yondashuvga binoan, o‘z – o‘zini anglash jarayonida ruhiyat va ijtimoiylashuv o‘rtasida muttasil ravishda o‘zaro munosabatlar vujudga keladi. Munosabatlarning o‘zaro mazmuni yuzaga keladi. Bizningcha, insonda o‘z – o‘zini anglashning subektliligi bosqichidayoq ijtimoiylik aks etadi. Shuning uchun ruhiyat bilan ijtimoiylik o‘rtasidagi masalalarni maxsus muammo sifatida ajratish, talqin qilish g‘ayritabiiylikdir. Shaxs o‘z – o‘zini anglaganligi tufayli emas, balki o‘zida o‘z – o‘zini anglashga nisbatan ichki extiyoj, turtki, motiv kabilar mavjudligi uchun ham u insondir. Ijtimoiylik huddi shu tariqa insonda o‘z – o‘zini anglashga nisbatan zarur talab va extiyojni o‘zida ifodalaydi. Holbuki, shunday ekan, inson tomonidan o‘zining ijtimoiylik, ya’ni insoniylik mohiyati va darajasida anglash psixologik nuqtai nazardan ana shu muhtojliklar, qiziqishlar, intilishlar mohiyatining anglashi hamda shu asnoda o‘zining hayoti, faoliyati yuzasidan shaxsiy maqsadini yaratish jarayonidir. Yuqoridagi fikr –mulohazalardan kelib chiqqan holda ahloqiy o‘z – o‘zini anglashga biz ikki xil ta’rif berishimiz mumkin: A) O‘z – o‘zini u yoki bu ahloqiy ma’naviy me’yor va qoidalarga asoslangan holda anglash deb ta’riflansa; B) Bizningcha, ahloqiy o‘z –o‘zini anglash bu o‘z – o‘zini inson sifatida tasdiqlash va ana shu tariqa o‘zligida insoniylikni shakllantirishga nisbatan intilishdir. Agarda shaxs o‘z – o‘zini inson sifatida e’tirof etmas ekan, unda insoniylik fazilatlari vujudga kelishi mumkin emas. O‘z – o‘zini anglash esa inson uchun ana shu e’tirofni amalga oshiruvchi muhim vosita sifatida namoyon bo‘lish jarayoni yoki holatidir.
Shaxsning o'z - o'zini anglash sohasi - bu "Men" obrazining yil sayin o'zgarib borishi jarayoni bo'lib, bu jarayon davomida shaxs dastlab o'zining boshqalardan farqliligini anglash bilan birga o'zini ko'rsatishga harakat qilish, mustaqil fikr yurita olish qobiliyatini ham anglashga harakat qiladi. Undan so'ng shaxsda o'z - o'zini baholash, anglash, nazorat qilish xususiyatlari rivojlanadiki, bular ham faol shaxs psixologiyasining tarkibiy qismi sifatida qaraladi.
L.S.Vigotskiyning ta'rifiga ko'ra, o'z - o'zini anglash bu insonning o'zi haqidagi tasavvurlarining dinamik tizimi bo'lib, o'zining jismoniy, intellektual va boshqa turli sifatlarini anglash bilan yuzaga keladi. Ushbu sifatlariga o'z - o'zining beradigan bahosida tashqi omillar munosabatlar ham ta'sir etishi mumkin.
Yüklə 12,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin