O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASI HUZURIDAGI
KADASTR AGENTLIGINING NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMASI
YANGIQ‘O‘RG‘ON TUMAN BO‘LIMI
Yangiqo’rg’on shahri, Soy bo’yi ko’chasi 4-uy Tel. (69) 632-15-00
9-may 2022-yil 44-son Yangiqo‘rg‘on sh.
Yangiqo‘rg‘on tumani sog‘liqni saqlash bo‘limiga
T А L А B N O M А
(Ish haqi va boshqa unga tenglashtirilgan to‘lovlardan ushlab qolish to‘g‘risida)
Kadastr agentligi Yangiqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan fuqaro TOJIBOEV SOLIJON ORTIQOVICHga nisbatan maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 681-moddasi “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik” holati bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i tomonidan 05.05.2022-yil kuni bazaviy hisoblash miqdorining 10 barovari ya‘ni 2 700 000 (ikki million yetti yuz ming) so‘m miqdorida jarima jazosi qo‘llash haqida qarori qabul qilinilgan.
O‘zbekiston Respublikasining 11.04.2022-yildagi 762-son Qonunining
4-moddasi bilan O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi
258-II-son Qonuniga o‘zgartish va qoʼshimchalar kiritilgan.
Xususan, mazkur Qonunning 82, 83-moddalariga muvofiq:
maʼmuriy jarima solish haqidagi qarorlar Majburiy ijro byurosi organlariga taqdim etilguniga qadar undiruvchi tomonidan ish haqini yoki boshqa daromadni, pensiyani yoki stipendiyani to‘lashni amalga oshiruvchi tashkilotga (bundan huquqbuzar ishlamayotgan yoki uning ish joyi nomaʼlum bo‘lgan hollar mustasno) ijrosini taʼminlash uchun topshirilishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Fuqaro S.Tojiboyev ko‘ra, qarzdor Siz rahbarlik qiladigan bo‘limda ishlayotganligi aniqlangan.
Shunga ko‘ra, mazkur talabnoma O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi 258-II-son Qonunning
82, 83-moddalariga muvofiq qarzdorning ish haqi va unga tenglashtirilgan boshqa daromadlaridan ushlab qolish uchun yuborilmoqda.
Qarzdor TOJIBOEV SOLIJON ORTIQOVICHning jami
2.700.000 (MJtKning 3321-moddasiga asosan qo‘llanilgan jarimani o‘n besh kun muddatda (20.05.2022-yil kuniga qadar) ixtiyoriy ravishda to‘langan taqdirda, jarima summasining yetmish foizini 1.890.000) so‘m qarzdorligi qoplanguniga qadar uning ish haqi va boshqa daromadlarining 50 foizi ushlab qolinsin va ushlab qolingan pul mablag‘lari o‘z vaqtida 49119464732815 invoys hisob raqamiga to‘lansin (o‘tkazilsin).
Qarzdor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganda, u o‘qishni bitirganda (boshqa joyga o‘tkazilganda), pensiya va boshqa daromadlar olish joyidan ketganda, to‘lovlarni to‘layotgan tashkilot bu haqda darhol Kadastr agentligi Yangiqo‘rg‘on tuman bo‘limiga xabar berishi shart.
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1982-moddasiga muvofiq javobgarlikka tortilishingiz to‘g‘risida ogohlantirilasiz.
Ilova: qaror nusxasi.
Bo‘lim boshlig‘i Y.Mamajonov
Dostları ilə paylaş: |