O'zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligining asosiy yo'nalishlari, mehnatkashlarni himoya qilish, mavjud imtiyozlar



Yüklə 66,75 Kb.
səhifə1/8
tarix22.12.2023
ölçüsü66,75 Kb.
#189760
  1   2   3   4   5   6   7   8
HFX 1-mustaqil ish


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

“Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi


HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI


fanidan


Mustaqil ish

Guruh: OEL001


Bajardi: Adashov Muxriddin

Toshkent 2023



Mavzu: O'zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligining asosiy yo'nalishlari, mehnatkashlarni himoya qilish, mavjud imtiyozlar.
Reja:

  1. O'zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligining asosiy yo'nalishlari

  2. Mehnatkashlarni himoya qilish

  3. Mavjud imtiyozlar.


O'zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligining asosiy yo'nalishlari

Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun

ushbu qonun 35 moddadan iborat bo’lib mehnat qonunchiligining asosiy yo’nalishlari belgilab qoyilgan va ular quyidagilar:
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi mehnatni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
3-modda. Ushbu Qonunning amal qilish sohasi
Ushbu Qonun:
korxonalar, muassasalar va tashkilotlar (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) bilan, shuningdek alohida yollovchilar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan xodimlarga;
ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotgan oliy ta’lim muassasalari talabalariga, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilariga, boshqa ta’lim muassasalari tinglovchilariga;
tashkilotlarda ishlash uchun jalb etiladigan harbiy xizmatchilarga;
muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqarolarga;
sud hukmiga ko‘ra jazoni o‘tayotgan shaxslarga ular jazoni ijro etish muassasalari tomonidan belgilanadigan tashkilotlarda ishlashi davrida, shuningdek ma’muriy qamoqqa olish tarzidagi ma’muriy jazo qo‘llanilgan shaxslarga, boshqa turdagi ishlarni bajarishga, shu jumladan jamiyat va davlat manfaatlarini ko‘zlab tashkil etiladigan ishlarni bajarishga jalb etiladigan shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
Ushbu Qonun ish beruvchilarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar bundan buyon matnda xodimlar deb ataladi.

Yüklə 66,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin