Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 113,41 Kb.
səhifə1/9
tarix27.12.2023
ölçüsü113,41 Kb.
#200333
  1   2   3   4   5   6   7   8   9

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI




MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

“Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi


HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI


fanidan


Mustaqil Ish
Bajardi: Kompyuter injineringi ta’lim yoʻnalishi
213-21-guruh
Ravshanjonova Sevara Jahongir qizi

Qabulqildi: Xaydarbekova Mohira Mirrashidovna


Toshkent 2023


Mavzu: Yurak-oʻpka reanimatsiyasini oʻtkazish qoidalari.
Reja:
Kirish

  1. Yurak - oʻpka reanimatsiyasi rivojlanish tarixi.

  2. Yurak faoliyati va nafas olish to`satdan to`xtab qolganida birinchi tibbiy yordam berish.

  3. Kallistov usuli bilan sun’iy nafas oldirish.

  4. Yurak faoliyati birdan to`xtab qolishining belgilari.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

Kirish
Tarixda odam vafot etar ekan, uni hayotga qaytarish imkonsiz deb bilishgan, diniy qarashlarga koʻra esa bunga urinish kufr hisoblangan. Faqatgina XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab insonlar reanimatsiya imkoniyatlariga ishona boshladilar.
XX asrning 60 – yillariga kelib qon aylanishi toʻxtashi yuz berganda ilm-fan erishgan yutuqlardan foydalangan holda reanimatsiya qilish va inson hayotini saqlab qolish mumkinligi amaliy haqiqatga aylanguncha esa yana 200 yil oʻtdi. Shunga qaramay bu yillar davomida juda koʻplab muhim kashfiyotlar amalga oshirildi. Lekin klinik muammolar yaxshi tushunilmagani, reanimatsiya komponentlari alohida – alohida sinab koʻrilgani, potensial samarali muolajalar foydasizlari bilan almashtirilgani sababli ma’lum yutuqlarga erishish uchun ancha vaqt talab etildi. Biz ushbu maqolamizda yurak – oʻpka reanimatsiyasining rivojlanish tarixini qisqacha bayon qildik.
Shubhasiz, inson paydo boʻlganidan boshlab turli xil kasalliklar, tabiiy ofatlar va baxtsiz hodisalar tufayli yuzaga kelgan jarohatlar ularda tibbiy yordamga ehtiyojni yuzaga keltirgan. Bemorlar va jarohatlanganlarga yordam koʻrsatishning dastlabki usullari tabiiy hodisalarni, hayvonlarning xatti-harakatlarini, avloddan-avlodga oʻtgan tajriba, sinov va xatoliklarni kuzatish natijasida paydo boʻlgan. Bu omillarning barchasi tibbiy yordam berishning muvaffaqiyatli usullarini ishlab chiqishda juda muhim ahamiyatga ega boʻlgan.
Rivojlanishning keyingi bosqichida tabiat hodisalari sehr-jodu bilan tushuntirila boshlandi. Odam va gʻayritabiiy kuchlar oʻrtasida vositachilik qilishni da’vo qiluvchi shaman yoki sehrgarlar tomonidan tumorlar, afsunlar yaratildi. Dinning insonlar hayotidagi ta’siri ortib borgani sari ular sehrgarlikka berilib ketishdi. Toʻplangan tajribalarnig ruhoniylar tomonidan yozma ravishda saqlab qolinishi tufayli esa, ibodatxonalar atrofida dastlabki shifoxonalar paydo boʻla boshladi.



  1. Yüklə 113,41 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin