I. Fanning mazmuni Fanning o‘qitish maqsadi - psixologiya faning vujudga kelishi va rivojlanishi mustaqil fan sifatida tarkib topishining tarixiy ildizlari xamda O‘zbekistonda va jaxonda psixologiyani rivojlanish yo‘lidagi yo‘nalishlar va maktablarni faoliyatini o‘rganishdan iborat.
Fanning vazifasi - psixologik ta'limotlar tarixi bo‘yicha bilmlarni dolzarblashtirish va mazkur predmet bo‘yicha yangi bilim olishga bo‘lgan motivasiyani shakllantirish, mustaqil ta'limni shakllantirish; jahon va Vatanimiz tarixida yuzaga kelgan ilg‘or psixologik g‘oyalarni tarixiy jarayon sifatida taqdim etish. O‘tmish allomalari, buyuk psixologlar tarjimai holi bo‘yicha keltirilgan ma'lumotlar asosida ilmiy mehnatning o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatib berish.
II. Asosiy nazariy qism (ma'ruza mashg‘ulotlari) II.I Fan tarkibidagi quyidagi mavzular kiradi: 1-Mavzu. Psixologik ta'limotlar tarixi fannning predmeti va vazifalari Psixologik ta'limotlar tarixini o‘rganishning ahamiyati. Psixologik ta'limotlar tarixining predmeti, maqsadi, vazifalari. Uning psixika xaqida ilmiy bilmlar tizimida tutgan o‘rni. Psixologik ta'limotlar tarixini davrlashtirish: birinchi davr psixologik bilmlarning falsafa va tabiatshunoslik fanlari tarkibida rivojlanishi (IV asr millodiy XIX asr o‘rtalariga qadar).