O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 24,51 Kb.
səhifə1/3
tarix03.03.2023
ölçüsü24,51 Kb.
#86465
  1   2   3
Darbayeva Go\'zzal


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA ВА PSIXОLOGIYA FAKULTETI
“ PEDAGOGIKA ” KAFEDRASI
“Pedagogika va psixologiya fanlarini o’qitish metodikasi ” fanidan

“Zamonaviy maktabda o'qituvchilarning kasbiy faoliyatini takomillashtirish” mavzusida


KURS ISHI
Bajaradi: 2-OTM 4-kurs “402”guruh talabasi Darbayeva.G.D
Ilmiy rahbar: Pedagogika kafedrasi o’qituvchisi Adizova.G.M




TOSHKENT-2022
MUNDARIJA
KIRISH …………………………………………………………………..….…….
I.BOB ZAMONAVIY MAKTABDA O'QITUVCHILARNING KASBIY FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
1.1. Zamonaviy maktabda o'qituvchilarning kasbiy faoliyatini takomillashtirish muammo sifatida....................................................................
1.2. Zamonaviy maktabda o'qituvchilarning kasbiy faoliyatini takomillashtirishning pedagogik omillari………………………………………
Bob bo’yica xulosa………………………………………………………………
II.BOB ZAMONAVIY MAKTABDA O'QITUVCHILARNING KASBIY FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISHNING SAMARALI YO`LLARI………………………………………………………………..............
2.1. Zamonaviy maktabda o'qituvchilarning kasbiy faoliyatini takomillashtirishning mazmun mohiyati……......……...............................…..
2.2. Zamonaviy maktabda o'qituvchilarning kasbiy faoliyatini takomillashtirishning samarali yo’llari …………………………….
Bob bo’yica xulosa………………………………………………………………
XULOSA ………………………………………………...……….….
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI………….

Kirish
Mavzuni dolzarbligi: O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-siyosiy mustaqillikka erishganligiga yigirma yildan oshdi. Kishilik jamiyati tarixi uchun bu nisbatan qisqa vaqt hisoblansa-da, bu davrda Respublika ijtimoiy hayotining barcha sohalarida tub o‘zgarishlar yuz berdi. Jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalarida qaror topgan munosabat mazmuni o‘zgarib, yangicha qarashlar shaqllandi. Iqtisodiy ishlab chiqarish jarayonida rivojlangan bozor munosabatlari ustuvor o‘rin egallayotgan bo‘lsa, madaniy sohada milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligiga erishish – ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlovchi asosiy omillardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Jamiyat hayotining ijtimoiy-siyosiy sohasida olib borilayotgan harakat davlat va jamiyat qurilishining umumiy mohiyatini ifodalaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intelektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz” deya bildirgan fikrlari davlatimizning turli sohalarida olib borilayotgan islohotlar asosida o‘z tasdig‘ini topmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham “...oliy ta’lim tizimida tahsil olish uchun teng imkoniyat yaratishga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirish zarur, oliy o‘quv yurtlari nufuzini oshirish, nodavlat ta’lim maskanlarini ko‘paytirib, yuqori malakali kadrlarni jalb etish va raqobatni kuchaytirish lozim” deb ta’kidlangan.
Yuqoridagilarni e’tiborga olib, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirishga katta e’tibor qaratilishi lozim. Kasbiy shakllanish jarayonining dastlabki va ayni damda o'ta muhim bosqichi bo'lajak kasbni tanlash, ya'ni aniq bir kasbiy qarorga kelishigacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi. Ravshanki, yoshlarning kasb tanlashga tayyorgarlik darajasi, faqatgina yosh xususiyatlariga bog'lik emas, u ma'lum yoshga kelib o'z o'zidan shakllanib qolmaydi. Yoshlarning kasb tanlashga pedagogik-psixologik bilim, ko'nikma, malakalar, shuningdek, jamiyatning ta'siri orqali tayyorlash va tarbiyalash lozim. Mazkur jarayonda shaxsdan kasbga doir bilimlarga ega bo'lish talab qilinadi. Shuning uchun xam o'quvchilarni kasblar olamiga doir bilimlar bilan qurollantirish hamda amaliy ko'nikma va malakalarni hosil qilish lozim. Buning uchun kasblarga doir qo'llanmalar, tarqatma materiallar bilan ta'minlash lozim. Shundagina kasb tanlash jarayonida yuzaga keladigan turli qiyinchilik, ziddiyat, to'siqlarni oldini olgan holda o'quvchi-yoshlarni ongli ravishda kasbga yo'llash imkoniga ega bo'lamiz.

Yüklə 24,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin