O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi toshkent tibbiyot akademiyasi «tasdiqlayman»



Yüklə 262,76 Kb.
səhifə1/4
tarix26.02.2017
ölçüsü262,76 Kb.
#9673
  1   2   3   4
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASh VAZIRLIGI

TOShKENT TIBBIYoT AKADEMIYaSI
«TASDIQLAYMAN»

O’quv ishlari bo’yicha

prorektor, professor

Teshaev O.R.______

«____»___________2012 yil
Kafedra: Travmatologiya-ortopediya, XDJ va neyroxirurgiya
Fan: Travmatologiya-ortopediya

4-kurs Tibbiy profilaktika fakulteti uchun


YaGONA USLUBIY TIZIM
Tayanch-xarakat sistemasi shikastlangan va kasallangan bemorlarni tekshirishning xususiyatlari. Suyaklar va buimlarning shikastlanishlari diagnostikasi. Travmvtizm.

TMI - Folkman ishemik kontrakturas.







1 MAVZUSI bo’yicha amaliy mashg’ulot




T A‘ L I M T E X N O L O G I Ya S I

Toshkent - 2012



Tuzuvchilar:

Travmatologiya-ortopediya, XDJ va neyroxirurgiya

kafedrasi mudiri: t.f.d. Karimov M.Yu.

O'quv ishlari bo'yicha mas’ul ass., t.f.n. Saloxiddinov F.B.


TMA MUKning “GIGIENA” seksiyasida

Muhokama qilingan va tasdiqlangan

rais B.M. Mamatqulov


______” _____________ 2012 yil

Mashg’ulot № 1

Mavzu: Tayanch-xarakat sistemasi shikastlangan va kasallangan bemorlarni tekshirishning xususiyatlari. Suyaklar va buimlarning shikastlanishlari diagnostikasi. Travmvtizm.

TMI - Folkman ishemik kontrakturas.


Vaqt: 180 minut

(4 soat akadem soatlarda)



Talabalar soni:10-12

O’quv mashg’ulotining shakli va turi

Amaliy mashg’ulot

O’quv mashg’ulotining tuzilishi

1. Kirish qism.

2. Nazariy qism

3. Analitik qism:

- Organayzer

- Testlar

4. Amaliy qism



O’quv mashg’uloti maqsadi:

Talabalarni tayanch-xarakat sistemasi shikastlangan va kasallangan bemorlarni klinikasi va tekshirish usullari, suyaklar va buimlarning shikastlanishlari tashxislash. Travmvtizm turlarini o’rganish.

Talaba bilishi lozim:


  • Oyoq – qo’llarni nisbiy, absalyut uzunligini o’lchash;

  • Oyoq – qo’llarni anatomik o’qini aniqlash usuli;

  • Travmatizm turlari;

  • Suyaklar va buimlarning shikastlanishlari tekshirish va

tashxislash usuli.

Talaba bajara olishi lozim:

Amaliy mashulotlarni bajara olishi, oyoqni absalyut va nisbiy uzunligini o’lchash.

Pedagogik vazifalar:

- Travmatologik va ortopedik bemorlarda antrometrik o’lchash va tekshirish usullarini bilan tanishtirish va o’rgatish.



O’quv faoliyati natijalari:

Travmatologik va ortopedik bemorlarda antrometrik o’lchash texnikasi xaqida tushunganlarini aytib beradilar;



  • Oyoq – qo’llarni nisbiy, absalyut uzunligini o’lchash;

  • Oyoq – qo’llarni anatomik o’qini aniqlash usuli;

  • Travmatizm turlari;

  • Suyaklar va buimlarning shikastlanishlari tekshirish va

tashxislash usulini olib borishni namoyon etadilar,

Ta’lim usullari

“Klaster” o’yini, ma’ruza, axborot berish, namoish, interaktiv ish o’yinlari.

Ta’lim shakli

Jamoaviy, guruhlarda ishlash («Klaster»), yakka tartibli

Ta’lim vositalari

Amaliy mashg’ulot o’tkazish uchun: rengent tasvirlar, skelet, santimetrli lenta, burchak o’lchagich.

Yangi axborot texnologiyalari vositalari, ko’rgazmali qurollar, videofilmlar



Ta’lim berish sharoiti

Guruhli shakllarda ishlashga mo’ljallangan xonalar

Monitoring va baholash

Og’zaki so’rov: tezkor-so’rov, yozma so’rov: test


Tayanch-xarakat sistemasi shikastlangan va kasallangan bemorlarni tekshirishning xususiyatlari. Suyaklar va bo'g'imlarning shikastlanishlari diagnostikasi. Travmatizm.
O’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi

Ish bosqichlari va vaqti

180 daq

Faoliyat

ta’lim beruvchi

ta’lim oluvchilar

1-bosqich.
O’quv mashg’ulotiga kirish

10 daqiqa

5 daqiqa


    1. Mavzuning nomi, maqsadi va kutilayotgan natijalarni etkazadi. Mavzu bo’yicha asosiy tushunchalar: shikast turlari, klinikasi, profilaktikasi va davosi to’g’risida tushuncha beradi. Mashg’ulot rejasi bilan tanishtiradi.

    2. Adabiyotlar ro’yxatini beradi (ilova №9)

    3. Talabalarni aqliy hujumga tortish uchun jonlantiruvchi savollar beradi Amaliy mashgulot rejasi va tuzilishiga qarab ta’lim jarayonini tashqil etish bo’yicha harakatlar tartibi bayon qilinadi.

1.4. Amaliy mashgulotda talabalar faolligini baholash mezonlarini e’lon qiladi (ilova №5):

Tinglaydilar va yozib oladilar.

Tinglaydilar va yozib oladilar

Savollarga javob beradi.

Tinglaydilar



2-bosqich.

Asosiy qism

20 daqiqa

5 daqiqa
45 daqiqa


40 daqiqa


45 daqiqa

5 daqiqa


30 daqiqa
15 daqiqa


2.1. Talabalar bilimini faollashtirish maqsadida mavzuning asosiy tushunchalari bo’yicha tezkor-so’rov o’tkazadi

2.2. Loyiha materiallarini muhokama qilishni tashqillashtiradi, ishlash qoidasi, vaziyatlarni tahlil qilish chizmasi, muammolarni ifodalanishiga e’tibor berishlariga qaratadi

Tanaffus
2.3. Vaziyatni mustaqil tahlil qilishni, muammoni ifodalashni, echish yo’llarini aniqlashni, so’ngra uni echish topshirig’ini beradi( Ilova№3).
Tanaffus
2.4. Testlarni yakka tartibda ishlaydilar

2.5. Talabalarga ko’rgazmali qurollarni ko’rsatish

(slaydlar, prezentatsiya, videofilmlar va bq.), ularni izoxlash
Tanaffus

2.6. Talabalarga amaliy ishning rejasi va qadamma qadam bajarilishi tushuntiriladi.

2.7. Talabalar o’z qo’llari bilan amaliy ishni mustaqil bajarishadi va natijalarni daftarlarga bayonnoma tarzida yozishadi.

2.8. TMI mavzusi e’lon qilinadi va muxokama qilinadi


Kasallik tarixi yozish uchun bemorlar kuratsiyasi va muxokama kilish.

Savollarga javob beradilar.
Muhokama qiladilar, aniqlashtiruvchi savollar beradilar

Amaliy qism materiallarini muhokama qiladilar,

aniqlaydilar, savollar beradilar.

Mustaqil ravishda tahlil qilish varag’ini to’ldiradilar, muammoni echadilar.


Testni muhokama qiladilar taqdimot qiladilar boshqa talabalar munozarada ishtirok etadilar, savollar beradilar

3-bosqich.

Yakuniy


10 daqiqa

3.1. Xulosa: Mavzu bo’yicha xulosa qiladi.

3.2. Faol talabalar baholanadi Gurux bo’yicha baxolash mezonlari e’lon qilinadi


3.3. Mustaqil tayyorgarlik ko’rish uchun savollar va topshiriqlar beriladi

Tinglaydi

O’z o’zini baholaydilar.

Savollar beradilar

Topshiriqni yozadilar








Mashg’ulotni o’tkazish joyi va jihozlanishi:

– Travmatologiya-ortopediya, XDJ va neyroxirurgiya auditoriyalari.

– Amaliy mashg’ulot o’tkazish uchun: rengent tasvirlar, skelet, santimetrli lenta, burchak

o’lchagich.

– Yangi axborot texnologiyasi vositalari, ko’rgazmali qurollar, videofilmlar.




1. Mavzuni asoslash:

Ushbu darsni o’tkazish o’quvchilar uchun travmatologik-ortopedik bemorlarda tekshirish usullarini, suyak va bo’g’imlarda shikastlanishlarida erta tashxis qo’yish usullarini va instrumental tekshirish: rentgen, MSKT va MRT tekshirish usullarini o’qishni o’rganishadi.






2. Fanlararo va fan ichidagi bog’liqlik:

Ushbu mavzu bo’yicha talabalarni o’qitish odam anatomiyasi, topografik anatomiya va operativ jarrohlik, radiologiya, anesteziologiya-reanimasiya va umumiy jarrohlik fanlaridan olgan bilimlariga asoslangan.



3. Mashg’ulotning tarkibiy qismi(mazmuni):


3.1. Nazariy qism:

Tayanch-xarakat apparatining shikastlanishlari va kasalliklarini tashxislash tibbiyot tamoyillari va metodlariga: shikoyatlar, anamnez, travma mexanizmi va simptomatologiyasini batafsil o’rganishga asoslanadi.

Klinik rentgenologik elekgrofiziologik instrumental, laborator tekshirish metodlaridan foydalaniladi.

Tayanch-xarakat sistemasining shikastlanishlari va kasalliklarini tashxislash asosiy metodi – bu shifokorning ma’lum bir sistemaga solingan uzluksiz klinik faoliyati xisoblanadi.

Quyidagi tartibga amal qilish tavsiya etiladi:


  • Shikoyatlarni aniqlash.

  • Anemnez yig’ish.

  • Bemorni ko’zdan kechirish.

  • Bo’g’imlarda xarakat amplitudasini aniqlash.

  • Qo’l-oyoqlarning uzunligi va aylanasini aniqlash.

  • Mushaklar kuchini aniqlash.

  • Rentgenologik tekshiruv o’tkazish.

  • Elekgrofiziologik va laborator tekshiruvlar o’gkazish.

  • Instrumental metodlar qo’llanish (punksiya, biopsiya va boshqalar).

  • Tashxis qo’yish.

Shikoyatlar. Shikoyatlarni aniqlayotganda ularning asosiylarini farq qilish kerak. Masalan: ko’pincha chanoq-son bo’g’imi kasallangan bemorlar tizza og'rig'iga shikoyat qiladilar, bel umurtqalari, umurtqalararo diskdagi o’zgarishlarda bemor bo’ksa (chanoq-son bo’g’imidagi) og’rig’idan shikoyat qiladi (noksimon mushak sindromi). Ko’pchilik travmatologik bemorlar og’riqni shikastlangan yuzada sezib, og'riq. Harakat qilganda kuchayadi, harakatchanlik chegaralanadi va odatda tayanch-xarakat sistemasida deformatsiya borligi seziladi (yuzada, segmentda).

Anamnez. Kasaldan surishtirilganda travma mexanizmini aniqlash shart. Uning tipik mexanizmi asosida u yoki bu shikastlanishlar variantini gumon qilish mumkin. Shu bilan birga travma yuz bergan vaziyatni aniqlash profilaktik choralar ishlab chiqishga va travmatizmni kamaytirishga yordam berishi mumkin.

Bemordan yoki uning qarindoshlaridan kasallikning boshlanishi, uning dastlabki belgilari, dinamikasi va o’tkazilgan davolash usullari batafsil so’raladi. Shunday shikastlanish va kasalliklar borki, aniq, to’liq olingan anamnez ma’lum bir tashxisga gumon qilishnigina emas, balki aniq, va to’g’ri tashxis qo’yishga imkon yaratadi. Ayrim bemorlarda vaqt o’tishi bilan ko’pgina ob’ektiv belgilar yo’qoladi va tekshirish jarayonida ularni topib bo’lmaydi. Misol tariqasida tizza meniskining shikastlanishiny keltirish mumkin. Agar anamnezida klassik shikast mexanizmi bo’lib, tizza blokadasi bilan kuzatilsa, o’ziga xos klinik kechishi va takror-takror tizza blokadasi bo’lib tursa, bu xolda meniskning yirtilganiga shubxa bo’lmaydi. Maqsadga muvofiq, tekshirish bilan faqat tizza boylamining shikastlanganini yoki, aksincha, shikastlan-maganini aniqlash kerak.

Boshqa kasalliklarda bo’lgani kabi bemorni xayot anamnezini yig’ish kerak: tug’ilgandagi salomatlik xolati, bolaligidagi, o’smirligidaga va navqiron yoshidagi yashash sharoitlari. Tayanch-xarakat apparati faoliyatiga mexnat sharoitlari va ishlab chiqarishdagi zararli omillar ta’sir qilishi mumkin. Doimo ilgari boshidan kechirgan kasalliklarini aniqlash kerak Allergologik anamnezni bilish xam maqsadga muvofiqdir, chunki anafilaktik shok xollari tez-tez uchrab turmoqda.

Ko’zdan kechirish. Ko’zdan kechirishda shifokor bemorning o’zini tutishiga, tashqi ko’rinishiga, chexrasida aks etgan belgilarga, majburiy ko’rik va g’ayritabiiy yurishiga, tanasining normal shakli va nisbatlari buzilishiga diqqat bilan e’tibor berish kerak. Bemorni ko’ruvdan o’tkazish tayanch-xarakat apparatining juda ko’p shikastlanishlari va kasalliklarining belgilarini aniqlashga imkon beradi.

Ko’ruvdan o’tkazish ma’lum qoidaga rioya qilgan xolda uzviy va to’liq bo’lishi kerak. Ko’ruvdan o’tkazilayotganda bemor kiyimlardan xoli bo’lishi kerak, shundagina tana va qo’l-oyoqlarining simmetrik qismlarini solishtirish mumkin. Xonada bemorni yurgizib ko’rish maqsadga muvofiqdir. Shu vaqtda bemorning qad-qomatini, yyelka kamari simmetrikligini, chanoq, qiyshiqligini, bel shakli va konturlarini, gavda va oyoq-qo’llarning deformatsiyasi aniqlanadi.

Travmatologik bemorni ko’ruvdan o’tkazish ma’lum sxemaga asoslanadi, bu shikastlanishning muhim belgilarini ko’rmay o’tkazib yuborishdan asrab qoladi. Umumiy ko’ruvdan o’tkazgach va asosiy belgilarini aniqlagach, butun tana yuzasi o’rganib chiqiladi. Birlamchi ko’ruvdan o’tkazilganda bemorning xolati yoki shikastlangan tayanch-xarakat apparati faol aktiv, passiv yoki majburiy xolatda bo’lishi mumkin.

Bemorlarning faol xolati aksariyat kasallikning deyarli og’ir emasligidan, uning boshlangich bosqichidan yoki shikast yengil bo’lib, tana va qo’l-oyoq, faoliyatiga deyarli ta’sir qilmaganligidan darak beradi. Tashxis qo’yish nuqtai nazaridan bemorning passiv yoki majburiy xolatlari muhim ahamiyatga eg’adir.

Bemorning passiv xolati, ko’pincha, shikastning og’irligi yoki orqa miya shikastlanishi murakkablashib falaj bo’lganligidan darak beradi. Tayanch-xarakat a’zosining birorta segmentining passiv xolati shu darajada xarakterli bo’ladiki, uni ma’lum bir shikastlanishning patognomonik belgisi deb xisoblash mumkin. Bemor og’riqni kamaytirish yoki qoldirish maqsadida tanasiga yoki shikastlangan qo’l-oyog’iga ma’lum majburiy qulay xolatni beradi. Bemorning qo’li yoki oyog’iga ma’lum zarur xolat berishi ma’lum suyak mushak yoki nervning shikastlanganligidan darak beradi. Yana shikastlangan joydan uzoqroqda gavdaning yoki uning ma’lum bir qismining g’ayri tabiiy xolatiga alohida ahamiyat berish kerak - kompensator, moslashish va patologik tana xolati. Shunday qilib, bemorda vertikal yoki gorizontal xolatda paydo bo’ladigan kuchli lordoz, chanoq-son bo’g’imidagi bukuvchi kontrakturasi xisobidan bo’lishi mumkin.

Umumiy ko’zdan kechirish tugagach, maxalliy o’zgarishlar o’rganila boshlanadi. Shikastlangan tana qismini sog’lom simmetrik qismi bilan taqqoslab o’rganiladi.

Terini ko’zdan kechirganda, uning rangiga, elastikligiga, namligiga yoki, aksincha, quruqligiga, turli xil teri toshmalariga ahamiyat berish kerak. Travma sodir bo’lganda nafaqat teri yuzasi buzilishiga, balki uning tarqalganligi va joylashuviga xam ahamiyat berish kerak. Masalan: ko’z kosasi atrofidagi ko’payib borayotgan gematoma, bunga qo’shimcha ravishda bemorning passiv xolati (xushdan ketish) og’ir bosh miya shikastlanishidan, kalla suyagi asosining singanligidan dalolat beradi. Oraliq soxasidagi teri ostiga qon quyilishi, oyoqning passiv xolati (tashqi rotatsiya, «yopishib qolgan tovon» musbat simptomi) chanoq suyaklari singanda kuzatiladi.

Turlicha joylashgan teri lat yeyishlari, jaroxatlar shikastlanish yoki kasallik belgilari bo’lishi mumkin. Shikastlanishlar va ortopedik kasalliklarning aniq belgilaridan biri – qo'l yoki oyoq o'qining deformatsiyasi xisoblanadi. Normada oyoqning to'g'ri o’qi – spina iliaca anterior superior – dan pastga o'tkazilgan chiziq, tizza qopqog’i ichki yon tomonidan o’tib, 1 panjaning barmog’iga borishi kerak (4-rasm, a).

Tizzadagi o'zgarishlar natijasida boldir tashqariga karab qiyshaygan bo'lsa (genu valgum) oyoq o’ki tashqaridan o’tadi, agar boldir ichkariga qiyshaygan bo'lsa (genu varum) – tizza qopqog’i ichkarisidan o’tadi (4-rasm, b, v). Qulning to’g’ri o’ki yelka suyagi boshchasi ustidan o’tkazilgan chiziq bilak va tirsak suyaklari ustidan o’tadi (4-rasm, g). Tirsak bo’g’imining ichkariga qiyshayishi – cubitus valgum (4-rasm, d), tashqariga qiyshayishi – cubitus varum deyiladi (4-rasm, yo). Ilgari kechgan umumiy kasalliklar organizm rivojlanishiga ta’sir qilishi va ikkala oyoqning deformatsiyasiga olib kelishi mumkin (raxit), masalan "O" va "X" simon deformatsiya (4-rasm b, v).

Oyoq-qo’llar o’qining deformatsiyasi bo’g’imdan chiqqanda ham kuzatiladi.

Palpatsiya – paypaslash, ko’rikdan o’tkazish metodi sifatida, shifokor bemorni umumiy ko’ruvdan o’tkazgach, tegishli savollarga javob olgach, umumiy axvolini va maxalliy deformatsiya tabiatini aniqlagach o’gadi. To’qimalarni, deformatsiya yuzasini sekinlik bilan, ozor bermasdan paypaslash, yallig’lanish jarayonlarida kuzatiladigan maxalliy xarorat sog’lom tomon bilan taqqoslanganda seziladi, teri tarangliga (turgor) aniqlanadi, to’qima shishi, uning tarqalganliga, qattiqligi va yallig’lanish jarayonining yuza yoki chukur joylashgan to’qimalar bilan bog’liqligi aniqlanadi, Oyoq va qo’llarda tomirlarni qiyosiy paypaslash ulardagi qon aylanish xolatini aniqlashga imkon beradi.

Paypaslash usuli ma’lum kasalliklarni aniqlashda katta ahamiyatga ega, masalan, g’irchillaydigan tendovaginit, stenozli tendovaginit, shaqillaydigan barmoq, g’irchillagan kurak shuningdek qovurg’a singanda va boshqa shikastlanishlarda. Teri osti kletchatkasini barmoq bilan bosib ko’rish xam paypaslashga kiradi. Agar flyuktuatsiyaga gumon qilinsa, unda ikkala qo’l barmoqlari bilan tekshiriladi. Paypaslayotgan bir qo’l barmoqlari yoki bir qo’l barmog’i qimirlamasdan bir xolatda jaroxat markazita yaqinroqda bo’lib, ikkinchi qo’l barmoqlari bilan esa yakka-yakka to’lqinsimon bosiladi.



4-rasm. Oyoq-qo’llar o’qi holati. a — oyoq normal o’qi; b — genu varum; v — genu valgum; g - qul normal o’qi; d – cubitus valgum; e — cubitus varum.
Suyak - bo’g’im apparatini paypaslab tekshirish faqat anatomik o’zaro munosabatlarning buzilganligini ko’rsatibgana qolmay, singan suyaklar bo’laklarining o’rniga qo’yilganligini nazorat qilish imkoniyatini xam yaratadi. Paypaslash bilan shilliq pardalar, paylar, nerv tizimchalari va tomirlar xolati aniqlanadi. Paypaslash tekshirishlar va operatsiyalar paytida qimmatli, betakror usul xisoblanadi (siniq, bo’laklarining ichki orientatsiyasini aniqlashda, suyak konturining notekisligini bilishda, yallig’lanish jarayonida yiringning tarqalishini aniqlashda).

Paypaslash tekshirish metodi sifatida doimo ma’lum texnik uslubga rioya qilingan xolda bajarilishi kerak Paypaslash bir yoki ikkala qo’l kafti barmoqlari, bir qo’l yordamida yoki II barmoq uchi bilan ba­jarilishi mumkin. Paypaslash ikkala qo’l barmoqlari yordamida bajarilsa, uni ikki qo’llab paypaslash yoki bimanual deyiladi. Bo’g’imlarni paypaslash, ular shikastlanganda va kasallanganda muhim diag­nostik ahamiyatga ega. Bo’g’imlarni paypaslash bilan bo’g’im pardasidagi, burmalaridagi, sinovial qobiqidagi o’zgarishlar va bo’g’im bo’shlig’ida yig’ilgan suyuqlik aniqlanadi. Bo’g’imlarni paypaslash ularning tinch va xarakatdagi xolatida tekshiriladi. Bo’g’im soxasida g’irchillash paydo bo’lishi, uning qarama-qarshi bo’g’imga nisbatan tabiati undagi artroz-ning birlamchi va aniq belgisi xisoblanadi.

Bo’g’im konturini va yaqinida joylashgan anatomik tuzilmalarni qiyosiy paypaslash bo’g’imlararo va bug’im yaqinida siniqlar bor-yo’qligini aniqlash uchun zarur. Buning uchun ma’lum tanish chiziqlar va nuqtalarni bilish kerak: Gyunter chizig’i va uchburchagi, tirsak bo’g’imi uchun Marks do’mboq usti chizig’i, bo’ksa uchun Shumaxer chizig’i shular jumlasiga kiradi.

Auskultatsiya. Eshitish metodi travmatologiya va ortopediyada deyarli kam ishlatiladi. Xar xolda bo’g’imlarning faol va passiv xarakat qilishida auskultatsiya boshqa tekshirishlar bilan birgalikda qo’shimcha klinik simptomlarni boyitib, tashxis qo’yishni yengillashtirishi mumkin. Suyaklarni to’qillatish (perkussiya qilish) bilan birga eshitish (auskultatsiya) qimmatli axborotni berishi mumkin. Buning uchun fonendoskop suyak yuzasiga: zararlangan o’choqdan yuqoriga yoki pastga qo’yiladi. Jaroxatlanish gumon qilingan qismni qarama-qarshi tomonidan suyakni perkussiyalash, perkutor tovushning sust o’tishi yoki mutloq o’tmayotganligini qayd qilib o’tish mumkin. Suyak orqali tovushning o’tishi sinishlarda, soxta bo’g’imlarda, o’smalarda sog’lom tomoniga nisbatan keskin susayishi mumkin. Singan diafiz bitishi suyak to’qimasidan tovush o’tkazilishi qayta tiklanishiga olib keladi, buni xam auskultatsiya metodi bilan aniqlasa bo’ladi.

Bo’g’imlarda xarakat amplitudasini aniqlash. Tekshirishning bu qismi kasallik yoki shikast klinikasiga ko’shimcha axborot berib, to’g’ri tashxis qo’yish va zarur davolashni belgilashga imkon beradi.

Oyoq yoki qo’lni shikastlangan segmentining funksional xolatiga baho berish uchun bo’g’imdagi faol va passiv xarakatlar xajmini o’rganish kerak Sagittal yuza bo’yicha bajariladigan xarakat bukish va yozish (fleksiya, ekstenziya) deb ataladi.

Bilak-kaft usti bo’g’imidagi xarakatlarni kaft va kaft orqa tomoni bukilishi, boldir - oshiq bo’g’imida boldir oldi va kaft tomon xarakat deyiladi.

Frontal yuza bo’yicha tanadan uzoqlashtirish (abduksiya) va yaqinlashtirish (adduksiya) xarakatlari bo’lishi mumkin. Bilak-kaft usti bo’g’imi xarakatiga baho berib, ko’pincha qo’l panjasining bilak va tirsak tomonga buqilishi deb ataladi. Bundan tashqari, bo’ylama o’qi atrofidan aylanish xarakati (ichki va tashqi rotatsiya) xam bo’ladi. Bilak-tirsakning tashqariga rotatsiyasi – supinatsiya va ichkariga rotatsiyasi – pronatsiya deyiladi. Faol xarakatlar xajmini o’rganish (bemorning o’zi bajaradi) passiv xarakatlarni (uni tekshiruvchi bajaradi) shikastlanmagan bo’g’imi bilan solishtirish maqsadga muvofiqdir.

Faol va passiv xarakatlarni burchak o’lchagich bilan aniqlanadi. Olingan natija kasallik tarixiga yoziladi. Burchak o’lchagich oyoq, yoki qo’l segmenti o’qiga qo’yiladi. Xarakat amplitudasi oyoq-qo’l segmenti neytral xolatidan (boshlang’ich nuqtadan) boshlanadi. Yyelka bo’g’imining rotatsion xarakatlarini o’rganishda dastlabki xolat osilib turgan qo’lning tirsak bo’g’imida to’g’ri burchak ostida buqilgan xolatda sagittal yuzada turishi xisoblanadi. Bu xolatda yelka dumboqlari frontal xolatda, yelka suyagining kichik do’ngliga esa oldingi tomonda turadi.

Chanoq-son, tizza, tirsak bilak-kaft usti va barmoqlar bo’g’imlari uchun dastlabki xolat ularning 180° gacha yozilgan xolati xisoblanadi. Tashqariga va ichkariga burilishni (pronatsiya va supinatsiya) aniqlashda dastlabki xolat bilak uchun uni tirsak bo’g’imida to’g’ri burchak ostida bukish, panja esa sagittal xolatda bo’lishi kerak Sonning rotatsion xarakatlarini o’lchashda oyoq to’g’ri tana o’kida joylashib, tizza qopqog’i oldinga qarab turishi kerak Yelka bo’g’i-mining extimol tug’ilgan xarakatini burchak o’lchagich bilan aniqlanadi; shunda o’lchagichning bitta branshi tanaga uzunasiga ko’yiladi, ikkinchisi esa yelka o’ki bo’ylab ko’yiladi shunda uning markazi (oshiq-moshiq) yelka boshchasi proyeksiyasiga to’g’ri keladi. Yelka bo’g’imidagi bukish va yozishni aniqlash uchun burchak o’lchagichni xam yelka suyagi boshchasi terisining proyeksiyasiga qo’yiladi (5-rasm, a, b).


5-rasm. Yelka bo’g’imi xarakatini o’lchash. a – qo'lni tanadan uzoqlashtirishni o’lchash; b – bukish va yozishni o’lchash.


Tirsak bo’g’imi xarakatlar xajmini aniqlash uchun burchak o’lchagichni yelkaning tashqi dumboridan picha pastroqqa joylashtirib, uning branshlarini yelka va bilak o’ki bo’ylab ko’yiladi (6-rasm).



Yüklə 262,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin