O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat pedagogika instituti boshlang’ich ta’lim fakulteti boshlang’ich ta’lim yo’nalishi



Yüklə 1,5 Mb.
tarix21.12.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#189044
Taqdimot integratsiya 1 m


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
BOSHLANG’ICH TA’LIM FAKULTETI BOSHLANG’ICH TA’LIM YO’NALISHI 3-KURS TALABASI Xudoyberganova Mavjudaning
BOSHLANG’ICH SINFLARDA INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM FANIDAN
TAQDIMOT ISHI
2022
TARQATMA MATERIALLAR BO'YICHA AUDITORIYADA O’RGANILGAN MA'RUZA QISMLARINI O'ZLASHTIRISH
Ma’lumki, dars mashg‘ulotlarida tarqatma materiallardan samarali foydalanish juda muhim ahamiyatga ega hamda ularni tayyorlash pedagogdan sabr-toqat, kreativ yondashuv va mahorat talab etadi. Tarqatma materiallar sifatida berilgan topshiriqlar ta‘lim oluvchilarning dars jarayonida individual, juftlikda yoki guruh bo‘lib hamkorlikda ishlashiga, berilgan topshiriqlarni hamjihatlikda bajarishiga, vaqtdan unumli foydalanishiga imkon beradi. Shuningdek, tarqatma materiallar yordamida bir vaqtning o‘zida muhokama qilinayotgan savolni, axborotni ham eshitish, ham ko‘rish orqali qabul qilish shubhasiz ta‘lim oluvchilarning puxta bilim olishlariga va o‘z navbatida ushbu egallangan bilim ular xotirasida uzoq vaqt saqlanib qolishiga yordam beradi. Bugungi kunda dars mashg‘ulotlarida tarqatma materiallardan foydalanish tobora keng qo‘llanilmoqda va buning samarali hamda ijobiy tomonlari yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Darsda ta‘lim oluvchilarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini birdek shakllantirishda pedagogdan ulkan mahorat talab etiladi. Bunday paytda mavzuga oid ma’lumotlarni, grammatik qoidalarni, berilgan matnlarni tarqatma material sifatida yetkazib berish muhim rol o‘ynaydi.
Tarqatma materiallar - bu har qanday ko‘rgazmali vositalar bo‘lib, bu diagrammalar, chizmalar, jadvallar, fotosuratlar, taqdimot slaydlari va boshqalar bo‘lishi mumkin. Tarqatma materiallarni tayyorlash va qo‘llashda quyidagi qoidalarga alohida e‘tibor qaratish maqsadga muvofiq: - matn shrifti 12 dan kichik bo‘lmasligi; - sarlavhalarni bosh harf bilan yozishi; - bir betda 80 tadan ko‘p belgi (harf, qavs, undov belgisi va hokazo) ishlatmaslik; - matnlar tushunarli, qisqa va oddiy bo‘lishi; - varaq dizayni e’tiborni o‘ziga tortishi; - tarqatish jarayonida me‘yorni unutmaslik va shu kabilar. Tarqatma materiallar yordamida o‘tiladigan mavzuning asosiy mazmunini berish, olingan axborotni dars davomida va darsdan tashqarida ta‘lim oluvchilar bilan mustaqil muhokama qilish, ular diqqatini mustaqil fikrlash, ijodiy izlanishga qaratish, ularni darsga faol jalb qilish, ularning olgan bilimlarini nazorat qilish va sinash mumkin.
Og‘zaki nazorat. Ushbu jarayonga pedagogning ta‘lim oluvchi bilan jonli muloqoti, uning fikrlarini nutq shaklida ifodalashga mashq qildirish, bilimlarni yanada chuqurroq tekshirish maqsadida pedagog tomonidan qo‘shimcha savollar berish imkoniyatlari kiradi. Pedagog tomonidan qo‘yilgan savolga og‘zaki javob berishga tayyorlanish doimo ta‘lim oluvchining faol fikrlashi bilan bog‘langan. Og‘zaki javob yaxshi tayyorlangan ta‘lim oluvchiga o‘zining iqtidorini, qo‘shimcha egallagan bilimlarini namoyish etishga ikmon beradi. Bevosita muloqot tufayli pedagogda savol-javob davomida ta‘lim oluvchining bilimlari to‘g‘risidagi barcha gumonlarni bartaraf etish imkoni bo‘ladi. Shu bilan bir vaqtda og‘zaki nazoratda ularning bilimlarini baholashda ma’lum darajada pedagog shaxsiyatining aks etishi namoyon bo‘ladi.
Test. Test bu biror-bir faoliyatni bajarish uchun ma’lum darajadagi bilimni egallashga qaratilgan topshiriqlardir. Tarqatma materiallar yordamida o‘tkazilgan test nazoratlari va uning afzalliklariga quyidagilarni sanab o‘tish mumkin: - yetarli tarzda tuzilgan pedagogik test natijalari nazorat o‘tkazayotgan shaxsga bog‘liq bo‘lmagan xolis pedagogik o‘lchov quroli hisoblanadi; - test o‘quv mavzularining barcha asosiy mazmunini qamrab olishi mumkin; - o‘qitish natijalarini test usulida o‘lchash barcha tekshiriluvchilarga baravar qo‘llanadigan oldindan ishlab chiqilgan mezon asosida aniq va ishonchli baho beradi; - test nazorati texnologiyalashuvchan, u nisbatan qisqa vaqt ichida ma’lum o‘quv mavzulari o‘zlashtirilishining to‘la nazoratini kam kuch va vositalar sarflab o‘tkazish imkonini beradi; - test nazorati kompyuterlar yordamida oson avtomatlashtiriladi. Bu pedagogik test o‘tkazishning asosiy afzalliklaridan biridir.
Ma’ruza. Ma’ruza o‘qitishning eng keng tarqalgan shakli bo‘lib, pedagogik faoliyatda yetakchi o‘rinni egallaydi. U pedagog mehnatining oliy shakli darajasida e’tirof etiladi. Munozara shaklida bayon etiladigan ma’ruza eng faol pedagogik texnologiya elementidir. Munozarali ma’ruzada tinglovchilarning faolligi juda yuqori bo‘lishiga erishish mumkin. Ma’ruza so’ngida o‘qituvchi talabalarga tarqatma materiallar yordamida ma’ruza mavzusi doirasida savollar berishi, test o‘tkazishi, rasmli yoki diagrammali ma’lumotlarni qo‘shimcha ilova sifatida taqdim etishi va shu kabi ko‘plab imkoniyatlardan foydalanishi mumkin. Munozara. Ko‘pchilik o‘quv predmetlari va ularning mavzulari ta’lim standaritlari, o‘qitish dasturlari, o‘quv rejasi va ta’lim muassasasining o‘ziga xosligiga bog‘liq ravishda munozara tarzidagi o‘quv mashg‘ulotlarini taqozo etadi. Munozara tarzida olib borilgan o‘quv mashg‘ulotlarida tarqatma materiallardan samarali foydalanishni ijobiy natijaning ilk belgisi sifatida baholash mumkin. Bunda ta’lim oluvchilar faolligi ta’minlanadi, shubhali vaziyatlarga o‘rin qoldirilmaydi hamda ularning xohishlari inobatga olinadi.
Muammoli topshiriqlar. Nazariya va amaliyotning birligini ta’minlash-eng murakkab pedagogik vazifadir. Aniq vaziyat va qo‘yilgan masalaning mohiyatidan kelib chiqqan holda muammoli topshiriqlar yordamida yaxshi natijaga erishish mumkin. Faktlar va ma’ruza materiallarini o‘zlashtirish, topshiriqlar hamda mashq va masalalar yechimida muammoli vaziyat yaratilishi qo‘l keladi. Bunda ham kam sonli ishtirokchilardan iborat guruhlar shakllantiriladi va tarqatma materiallar ko‘pincha rasmli, jadvalli yoki matnli shaklda tarqatiladi. Tarqatma materiallar guruhlarga alohida-alohida bo‘lib beriladi. Yakuniy xulosalar va yechimlar topilgach, mavzular guruhlar orasida ayirboshlanadi. Echimlar va fikrlar xilma-xilligi yuzaga kelsa o‘qituvchi bosh hakam tarzida so‘nggi va hal qiluvchi so‘zni aytadi. Tarqatma materiallarning ta’lim oluvchilar yosh xususiyatlariga va bilim darajasiga mosligi bunda o‘ta muhim omil hisoblanadi
Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin