KIRISH 3
I BOB. KOREYS VA O'ZBEK TILLARIDA SEMANTIKA VA POLISEMANTIKA 7 1.1 So’zlarning bir manoligi va ko’p ma’noligi 7
1.2 So'zlarning paradegmatik xususiyatlari 12
II.BOB. KOREYS VA O'ZBEK TILLARIDA LEKSIKA 17
2.1 ‘가다’ fe’lining asosiy fikr bildirishi va ahamiyati 24
2.2 ‘가다’ning asosiy ma’nosi va shakliy ma’nosi 26
XULOSA 29
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 31
FOYDALANILGAN ELEKTRON ADABIYOTLAR 33
KIRISH Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng, barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta'lim va ilm‑fanda ham yangi davr boshlandi, ayniqsa yoshlarning ta'lim-tarbiyasiga bo‘lgan e'tibor kundan‑kunga kuchayib bormoqda. Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganlaridek, “YOshlarni jahon fani va bilimlari xazinasidan bahramand qilishga katta e'tibor berilmoqda”1. Mustaqillik sharofati bilan yurtimizda xorijiy tillarga bo‘lgan e'tibor kuchaymoqda, chunki butun dunyoda globallashuv va integratsiyalashuv kuchaygan davrda xorijiy tillarni o‘rganish davr talabi bo‘lib qolmoqda. Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganlaridek, “Bugun jahon hamjamiyatidan o‘ziga munosib o‘rin egallashga intilayotgan mamlakatimiz uchun, chet ellik sheriklarimiz bilan hamjihatlikda, hamkorlikda o‘z buyuk kelajagini qurayotgan xalqimiz uchun xorijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyatini baholashning hojati yo‘qdir”2.
Intellektual qadriyatlar ustivor bo’lgan asrda ro’y berayotgan salmoqli o’zgarishlarga to’xtalar ekan, bunda davlatimiz rahbari mamlakatimiz yoshlari, xususan yosh mutaxassis kadrlarning barcha zamonaviy talablarga mos kelishi zarurligini, hozirgi davr intellektual sohasida yetuk, raqobatbardosh bo’lishlarini ta’minlash joizligini ta’kidlaydi.
Zero, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining maqsadi ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’laxalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak, ma’naviy vaaxloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdir3.
Hozirgi paytda ilm-fan rivojining yuqori sur’atlardaaqliy mehnatning borgan sari avtomatlashtirilishi tufayli amalgaoshmoqda.Ilm-fan rivojining jadallashuvi ilmiy-texnikaviy axborotning jadal o’sishiga va tez-tez yangilanishigaolib keladi.Bu esa ta’lim-tarbiya tizimida yangicha uslubiy yondashuvlarni yuzaga keltirayotir.Ta’lim-tarbiya tizimidagi yangicha uslubiy yondoshuvlarga zamonaviy o’qitish texnologiyalari, pedagogik texnologiyalar, o’qitishning modul tizimi kiradi.
Mustaqil vatanimizda ilm-fanning rivojiga, yosh avlodning barkamol, etuk inson bo’lib etishishiga, fan-texnika yutuqlarini xalq xo’jaligining barcha yo’nalishlariga tadbiq etishga juda kattaahamiyat berilmoqda.Ayniqsa, kelajak avlodni munosib voris etib tarbiyalashda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi va boshqa o’nlab qaror va qonunlar bunga yaqqol misol bo’laoladi.
O’zbekiton Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunida ta’kidlanganidek, yosh avlodni tarbiyalashda ijtimoiy-gumanitar fanlar, shu jumladan, chet tillari juda muhim o’rin egallaydi. Chet tillarning yoshlar hayotidagi ahamiyatini oshirish uchun ushbu fanga ta’lim oluvchilarning, tinglovchilarning qiziqishini, tili o’rganilayotgan mamlakatning iqtisodi, siyosati, jo’g’rofiyasi, ijtimoiy hayotini chuqur o’zlashtirishni, shuningdek, xorijliklar bilan og’zaki hamda yozma nutqiy muloqotni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar, bu borada keng ko’lamda izlanishlar olib borilishini taqozo etadi.
Respublikamizning chet mamlakatlar bilan teng sherikchilik asosida ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqalar kundan-kunga keng quloch yozayotganligi chet tillarni o’zlashtirishgabo’lgan zaruriyatni toboroorttirmoqda. Qayd etilgan aloqalar rishtalari bog’lanayotgan davlatlar jo’g’rofiyasi kun sayin kengaymoqda. Natijada “chet tili mutaxasislarni kasbga tayyorlash tizimida muhim tarkibiy qismlardan biri maqomini egalladi vaoliy va o’rta maxsus o’quv yurti bitiruvchisining umumiy madaniyati, hech bo’lmasa, bitta chet tilini egallashini taqozo etadi1”. Ana shu ijtimoiy ehtiyojni qondirish maqsadida hukumatimiz tomonidan qator amaliy tadbirlar amalgaoshirilmoqda. Quyidagilar shular jumlasidandir:
a) ta’lim muassasalarining barcha tiplarida chet tili o’quv predmetigaajratilgan soat miqdori sezilarli tarzda ko’paytirildi;
b) maktabgacha ta’lim muassasalaridachet tili o’qitish uchun ba’zi Oliy ta’lim muassasalarida o’qituvchi kadrlar tayyorlanishi yo’lga qo’yildi;
v) chet tili o’qitiladigan maktabgacha ta’lim muassasalarisoni ko’paytirilmoqda;
g) xorijiy filologiya mutaxassisligiga yo’naltirilgan akademik litseylar tashkil etimoqda;
d) chet tillarni o’qitishgaxorijiy mamlakatlardan o’qituvchi-mutaxassislar jalb qilinmoqda;
e) o’quv dasturlar, dasliklar, o’quv qo’llanmalarning nashr etilishigaalohida e’tibor qaratilmoqda;
j) Respublika miqyosida hamdaxorijda chet tili ta’limining dolzarb masalalariga bag’ishlangan seminar-kengash, ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etilmoqda;
z) turli tanlov, olimpiadalar o’tkazilishi keng yo’lga qo’yilmoqda;
i) tilshunoslik, ta’lim hamda o’qitish metodikasiga doir dissertatsion tadqiqotlar olib borilmoqda, ilmiy risolalar, maqolalar chop etilmoqda va hakozo1. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida ifodalanganidek, fan, texnika, texnologiyalarning rivoji jadallashgan ayni paytda yuqori malakali kadrlarni tayyorlashgaalohida e’tibor qaratilishi, o’qitishning hozirgi zamonaviy tizimlarini keng joriy etish va buni yangi pedagogik texnologiyalar asosidaamalgaoshirilishi lozimligini davr taqozo etmoqda.
Tarixan til serqirra ijtimoiy hodisa bo’lib, u har bir kishi uchun, har bir mutaxassis uchun ma’naviy, madaniy jihatdan chuqur ahamiyat kasb etadi.Shu boisdan ham til, til ta’limi, uni chuqurroq tadqiq etish, xususan, ona tilimizni chet tillari bilan qiyosiy o’rganish, ayniqsa, o’zbek tiliga davlat maqomi berilgandan so’ng ham mamlakatimiz filolog olimlari o’rtasida o’z dolzarbligini yo’qotgani yo’q.
Xalqlar madaniy, ma’naviy tarafdan bir-birini boyitishlari evaziga har jihatdan rivojlanish qaror topadi. Chet tili, xususan, koreys tilining mamlakatimiz ta’lim muassasalarida o’qitilishi shu ikkala davlatning har sohada teng sherikchilik asosida rivoj topishiga, tillarni tillarga, dillarni dillarga bog’lashdaasosiy omillardan biri deb hisoblash maqsadga muvofiqdir. Ta’lim muassasalari, xususan, oliy o’quv yurtlarining koreys tili ta’lim yo’nalishi bitiruvchilari shu yo’nalish bo’yicha bakalavr akademik darajasiga erishgandan so’ng xalq xo’jaligining turli sohalarida mamlakatimizning ijtimioiy, iqtisodiy jihatdan ravnaq topishi yo’lida o’z hissalarini qo’shib kelishmoqda.