1.2. So’zlarning paradagrammik xususiyatlari So’zlarning paradagrammik xususiyatlarini aniqlashda “semantik maydon nazariyasidan foydalaniladi.Ularning sintagmatik xususiyatlari esa valentik prinsipi /birikish tartibi/ asosida o’rganiladi.
So’zlar o’rtasidagi ichki ma’no farqlanishi bilan bog’liq bo’lgan paradigmatik va sintagmatik munosabatlar omonimiya, polesemiya, anatomiya va boshqa hodisalarni so’zlarning, leksik-semantik variantlarini tasnif qilish borasida kengroq ochiladi. So’zning mazmun komponentlari o’rtasidagi bog’lanish va so’zlarning ma’nolari orasidagi munosabatlar ularning nutqda o’rganilishini o’rganish orqali aniqlanadi.
So’zlarni real borliqdagi biror hodisa, predmet, harakat belgi va hokazolarni aks ettirishlariga ko’ra tematik guruhlarga birlashtirgan edik. Biroq so’zlarni biror leksik-semantik guruhga birlashtirish kreteriyalari har xil bo’lishi mumkin.Ba’zi leksik semantik guruhlarga, yuqorida ko’rsatganimizdek, umumlashtiruvchi so’zlar ham kiradi. Masalan, o’rmon, daraxt, qush kabi. Odatda bunday so’zlarning ko’pchiligi ot kategoriyasiga kiradi va barcha Tillarda ham bo’lavermaydi. Braziliyadagi aborigenlar Tilida to’tiqush so’zi yo’q, lekin uning har bir turi o’z nomi bilan ataladi. Sharqiy Amerikadagi xinduslar qabilasi bo’lgan chiqori tilida yuvmoq so’zi yo’q, lekin shu ma’noga yaqin 14 ta maxsus fe’l bor. Bu qziqarli faktlar tillarning leksik-semantik strukturasini o’rganishda uning forma jihatiga emas, balki tafakkurning bilish mazmunini tashkil qiluvchi ob’ektiv borliqqa ham e’tibor berishi talab qiladi. Ba’zi so’zlarning talaffuzi to’g’ri keladi, biroq ularning ma’nolari har xil bo’ladi. Masalan, tok-uzum, tok-elektr kuchi Bunday so’zlar alohida guruhga kiritilib; omonimlar, talaffuzi emas, yozilishi to’g’ri kelgan so’zlar omograflar, bir yo’la yozilishi va aytilishi to’g’ri kelgan so’zlar esa omonimlar guruhiga kritiladi.
Qarama-qarshi ma’nolariga ko’ra so’zlar antonimlar guruhini tashkil etadi. Sinonimlar biror predmetlar, hodisa va hokazolarni har xil so’zlar bilan atash asosida alohida guruhni tashkil qiladi. Sinonimlar so’zlarning ma’nolari o’rtasidagi yaqin munosabatlarini ifodalaydi.Biroq, ular biror predmet yoki hodisalarning biror alomatini ham ifodalaydi.Boshqacha aytganda, borliqdagi biror narsani har xil tushuncha bilan atash sinonimlarning xususiyatidir. Predmet bir dona, uni ifodalovchi tushuncha ikkita yoki undan ortiq bo’lsa, denotat bo’yicha sinonimiya deb yuritiladi. Ba’zan aksincha so’zda ifodalangan tushunchalar to’g’ri kelib, ular atagan predmet har xil bo’lishi mumkin. Bunday sinonimlar sinonimiyani tashkil qiladi.Masalan, yuz, chehra, nusxa, bashara, aft so’zlari denonat bo’yicha sinonimlardir.Sinonimlar ma’lum kontekstda bir-birlarini o’rnini elallashlari mumkin.Ularning ma’nolari qo’shimcha baholarga ham egadir.Ba’zan bunday baholar so’zlarning ekspressiv-stilistik jihatdan ishlatilishiga bog’liqdir.Tilning leksik sistemasida bir xil nominativ, ya’ni atash funksiyasiga ega bo’lgan so’zlar sinonimik qatorni tashkil etadi. Bu sinonimik qatordagi boshlang’ch ma’noga ega bo’lgan so’z dominat deb yuritilib, boshqa so’zlar o’z ma’nolari bilan unga yaqin turadi.
Semantik strukturasida biror ma’nosi bilan yoki mazmuni biln yaqin turgan va ma’lum kontekstda tekstning mazmunini o’zgartirmay, bir-birining o’rnini egallay oladigan so’zlarni sinonimlar deb hisoblash mumkin.
So’zlarning ma’nolari o’rtasidgi munosabatlarni qiyoslashda ularning umumiy va xususiy alomatlari oppozitsiyasida qaraladi. Bunday semantik oppozitsiya antonimlarda ancha ravshan ko’rinadi; Chunonchi, katta-kichik, yaxshi-yomon kabi so’zlar bir-birlariga ma’no jihatidan qarama-qarshi turadi va oppozitsiyanitashkil etadi.sinonimlar ma’no jixatdan yaqin bo’lsa ham, ayrim xususiyatlari bilan oppozitsiyaga kiradi. So’zlarni bir-biridan farqlovchi semantikvositalar ularning farqlanish belgilari hisoblanadi.Ularni yuqorida semalar deb atagan edik.Bunday xususiyatga ega bo’lgan vositalar farqlanuvchi integran belgilar deyiladi.
Polisemiya so’zlarning bir qancha ma’nolarini anglatadi.So’zning har xil ma’nolari kontekst yordamida oydinlashadi.Kelib chiqishi jihatidan polesemiya bir predmetni yoki xodisaning nomini boshqa predmet yoki xodisaga ko’chirish orqali paydo bo’ladi.Masalan, qushning qanoti, samolyotning qanoti kabi.Ko’pincha polisimiyaga bir so’z doirasida har xil ma’nolarning yig’indisi sifatida qaraladi. Bunda asosiy to’g’ri ma’no va qo’shma ma’nolar aniqlanadi.
So’zlarning ma’nolari o’rtasidgi munosabatlarni o’rganish ularning nominativ yoki atama ma’nosini, frazeologik-bog’lanish ma’nosini va sintaktik – shartlangan ma’nosini farqlash zarurligini ko’rsatadi. “Nominatsiya” tushunchasi va termini Tildagi ma’nodor birliklarning so’z, so’z formalari, gaplarni hosil bo’lishi va qanday atash haqidagi tilshunoslik nazariyasi va metodlari bilan bog’liq. Nominasiya oddiygina biror narsani ko’rsatish yoki atash prosessi emas, balki bir yo’la bilish va kommunikatsiya proseslari hamdir. Shu tufayli nom qo’yishning strukturasi kishining ongida his etilgan material borliqning tilda to’g’ri formada ifodalangan formasini aks ettiradi.Tilda nom qo’yishning leksik yoki grammatik, tamomlangan konstruksiyalarning barcha turlari formalarni ma’lum obektni ifodalash uchun zarur bo’lgan barcha xususiyatlarga egadir.
Nom qo’yishning har xil vositalari va bu prosessining tildan tashqari xususiyatlari bilan bog’liq masalalar hozirgi davr tilshunoslik fanida alohida nominatsiya nazariyasiva metodlari haqidagi bo’limni tashkil qiladi. Til birliklarining o’z referentlariga munosabati murakkab va ko’p tomonlama masaladir. So’z morfema va boshqa til birliklari ma’lum predmetni atash bilan birga ular o’rtasidagi munosabatlarni ham aks ettiradi. Biroq, til birliklari o’z referentlariga munosabatlarini doim saqlab turmaydi.Shu tufayli tilda semantik assimetriya mavjud bo’lib, bu tildagi semantik o’zgarishlarni keltirib chiqarishda muhum rol o’ynaydi.Nominatsiya masalasi tilning tafakkur obektiv borliq, psixologiya, semiotika bilan bog’liq tomonlarini yoritishda muhumdir.Nom qo’yish odam tomonidan bajariladi.Odamning o’z tilidagi nomlarini qo’yish ma’lum tajriba yordamida amalgam oshiriladi. Odam ma’lum predmet yoki hodisaga nom qo’yishda uning belgilarini xis etadi, ular haqida tushunchaga ega bo’ladi va o’zining bilish prosessida, o’sha obektiv borliqdagi narsalarni takrorlashi borasida tajribasiga ega bo’ladi. So’zlarning hosil bo’lish prosessida odamning fikrlash qobiliyati yordamida nom tanlash amalgam oshiriladi. Til orqali kommunikatsiya prosessida biror predmetning nomini atash bilan eshituvchi shu predmetning shakli, xususiyati va belgilari haqida taassurot hosil bo’ladi. Eshituvchi bu predmetning boshqa predmetga va uning belgilariga qiyoslaydi, biroq qiyoslash uchun mantiqiy asos zarur. Biror abstrakt tushuncha predmet bilan qiyoslanmaydi.Balki bir predmetni boshqa predmet bilan qiyoslash natijasida ular ongli ravishda his etiladi.Boshqacha aytganda shu narsalarning odam miyasida “shakli” chiziladi. So’zlarni kelib chiqishini tasnif qilishda ularning etimologiyasidagi o’xshashlik va farqli alomatlar orqali bir predmetning nomi ikkinchi predmetga ko’chirilgani ma’lum bo’ladi. Masalan, qo’raga “quruq narsa” ma’nosidan kelib chiqqan o’zbekcha so’zdir. Bu so’z o’zbek tilidan boshqa tillarga, xususan, rus tiliga ko’chgan va qo’raga shaklida ishlatiladi. Bu so’z ma’nosining asosida quruqlik belgisi bor. Rus tilidagi “рьнок”so’zining ma’nosi nemischa – aylana/krug/ dan kelib chiqqan va aylanalik belgisi asosida рь нок so’zi xosil bo’lgan. Ko’pgina Tillarda ba’zi so’zlarning hosil bo’lishida taqlid qilish belgisi xizmat qilgan.Masalan, chumchuq-chug’urchuq, chechak so’zlari qushlarning “chuq-chuq” ovozi asosida xosil bo’lgan. Nominatsiyalar faqat leksik vositalar bilan amalga oshirilmay balki grammatik va stilistik vositalar yordamida yuzaga keladi. Leksik vositalar orqali nom qo’yish mustaqil nominativ funsiyaga ega bo’lsa, Grammatik va stilistik vositalar yordamida tuzilgan nomlar mustaqil funksiyaga ega emas. Masalan, tulki /hayvon/ va tulki /odam/ kabi. Keyingi nom belgi orqali ko’chirilgan stilistik nominatsiya xisoblanadi. Ish so’zi grammatik vositalar orqali, xususan, qo’shimchalar qo’shish orqali ish joyini mexnat qilish korxonasini va biror masalani xam ifodalay oladi. Qiyslang: bu- qiyin ish /masala/; qiyin ishga /masalaga/ qo’l uribsiz. Akmal ishga ketdi /korxona/ Bu o’rinda so’z tartibining xam semantik roli bor. Keyigi gaplarda ish so’zi nominatsiyaning gapdagi ifodasidir. So’z birikmalari va gaplar xam nominatsiya xizmatini bajaradi. Nominatsiyalar bir so’z turkumini ikkinchi so’z turkumiga aylantirish orqali xosil bo’lishi mumkin.Masalan: shahar – shaharlik, Samarqand – samarqandlik /ot-sifat/.