Grafik7
‘가다’ fe’lining shakliy ma’nosi qahramon biror joydan boshqa joy(makon)ga vaqtning o’tishi orqali harakatlanadigan ma’noga ega
XULOSA Ushbu bitiruv malakaviy ish ko’p ma’noli so’zlarning turli ma’nolaridan birining shakliy ma’nodan yasalib, bunday shakliy ma’no ma’lum bir matn va holatda foydalanilib, ma’no kengayishiga erishib, yana aniqlik tomondan mavhumlikka o’zgargan.
Bu ko’p ma’noli so’zlarning ma’no kengayishi oddiy vaqtning o’zgarishi orqali emas, balki inson olamni anglaydigan tushuncha sababli insonning turli xil bilimlaridan foydalanishi orqali erishilgan narsalarni tadqiqotning yo’nalishi sifatida ko’p ma’noli so’zlarning shakllanishi va ma’no kengayishining umumiy asoslarini izlab ko’rdik. Hozirgacha ushbu bitiruv malakaviy ishda asosiy muhokama qilingan ishlarni keltirib, xulosa o’rnida ko’rib chiqamiz.
Avval 3.1 bo’limdagi asosiy ko’p ma’no tahlilida kerakli nazariy ahamiyati orqali bir-biriga yaqin ma’nolar haqidagi asosiy fikrlarni ko’rib chiqdik.3.2 bo’limdagi bir-biriga yaqin semantik holatdan ko’p ma’noli so’zlar haqidagi nazariy tekshirishni ob’yekt sifatida ko’p ma’noli so’zlarning qoidasini ko’rib chiqib, ko’p ma’noli so’zlarning ma’no tuzilishi haqidagi qadimgi nazariyalarning o’ziga xosligi bilan shakliy nazariyalar o’ziga xosligini solishtirib ko’rdik. Shakliy nazariyada kengayish va grafikni qo’shgan Langackerning grafikasi ko’p ma’noli so’z so’zlarda ega bo’ladigan ma’noli bog’liqlik xususiyatini o’z ichiga holda ko’rsatish mumkinligini yorib berildi.
Shuningdek ko'p ma'noli so'zlarning ma'nosi shakliy ma'no bilan keng ma'no tarkibiy qismlarga ajratilib, shakliy ma’no so’zning eng asosiysi bo’lib, o’ziga xos bo’lgan matndagi ma’nosi orqali tushunilib, keng ma’no metafora va metonimiya orqali ma’no kengayishi bilan matndagi ko’zda tutilgan asosiy tushuncha orqali tushunilgan.
4- bo’limda 3.1 va 3.2 bo’limning nazariy muhokamani asosan “가다” fe’lining ma’no kengayish ko’rinishlarini tahlil qilgan edik. Avval “가다” fe’lining lug’aviy ma’nosi tahlil qilib, asosiy lug’aviy ma’nolarni joylashtirishda mantiqan ekanligini ko’rsatib o’tilgan. So’ng “가다” fe’lining shakliy ma’nosi bilan “가다” fe’lining fe’l sifatida ishlatilgan “harakatlanuvchi, jo’nash nuqtasi, yetib kelish nuqtasi” biror bir ko’rinish orqali kengayib borganligini tahlil qilib ko’rdik.
Shuningdek “가다” fe’lidagi shakliy ma’no zamon va makonning harakati muhim deb ko’rsatilgan. Va “가다” fe’lining fe'lda muhim sifatida ishlatiladigan harakatlanuvchining aniqlik xususiyati bilan yetib kelish nuqtasi orqali ma’no kengayishi tahlil qildik. Harakatlanuvchining mavhumlik xususiyatida holatning o’zgarishi “가다” fe’lining oxirgi o’zgarishi deb taxmin qildik.
“가다” fe’li sub’yekt [+aniq, +jonli narsa]dan [+aniq, -jonli narsa]ga o’zgarishi orqali ma’no kengayganligini kuzatib, sub’yekt(A) [+odam] degan aniqlikdan [+mavhum] deb ataladigan noaniqlikka o’zgarishi orqali ma’no kengayadigan vaqtda jo’nash nuqtasi bilan yetib kelish nuqtasi ham gapda yanada noaniqlashib borganligini tekshirdik.
Bunday kengayish tartibi lug’atda bo’lganligi uchun asosiy ma’lumot to’plamini topish mumkin bo’ladigan usullaridan biri deb xulosaga keladi.
Ba’zi muhokamalarni umumlashtirib ko’rsak, bir so’zning ko’p ma’nolilik ko’rinishi insonning turli xil bilimlari asosida yuzaga kelib, bu til insonning voqea-hodisa bilan mustaqil bo’lgan sub’yekt orqali yuzaga kelishi emas, balki inson ko’nglining natijasidan kelib chiqqan.
Lekin faol til ishlatilayotgan paytda so’zlovchi, holat kabilarning tarkibiy qismi bo’lganligi tufayli lug’atda keltirilgan ma’nolarga ega ko’p ma’nolik xususiyatini to’liq tushuntirish qiyin bo’ladigan muammo bor. Shuningdek “가다” deb ataladigan fe’lni ob’yekt sifatida ko’p ma’noli ma’nolarini tahlil qilishi tufayli fe’lning butun ma’no tahlilida ancha umumiy xususiyatlarini ko’rish mumkin.