Mavzuning ob’yekti va predmeti. Xorijiy til ta’limini o’zlashtirishda tilning amaliy hamda nazariy grammatikasi dars mashg’ulotlarini qamrab oladigan barcha o’quv materiallari, jumladan, koreys va o’zbek tillari grammatik hodisalarini o’zlashtirishdagi materiallar mavzuning ob’ekt predmeti sifatidaolindi.
Mavzuning maqsad vazifalari.Semantika ma’noning asosiy xususiyatlarini o’rganadigan fan bo’lib, ma’no birliklarining eng muhim yo’nalishlariga qarab leksikologiya, sintaksis va morfologiyaga bo’linadi. Tilningifodatomonidan (fonologiya, grammatika) tashqari, uningmazmunjihati (leksikasemantika, stilistika) borki, bular: ma’no mazmun va har xil ekspressiv vositalar o’zbek va chet el tilshunosligida turlicha talqin qilinadi. Leksikologiya til fanining eng asosiy bo‘limlaridan biri sanaladi. Shu bois ham mazkur sohaga doir ma’lumotlarni o‘rganish uchun quyidagi asosiy masalalarga alohida e’tibor qaratishni o‘rinli deb hisoblaymiz. Leksikologiyaning o‘rganish sohasini aniq belgilab olish, uning bo‘limlari va har bir bo‘limning o‘rganish ob’yektini aniq tasavvur etish, so‘zning leksik-semantik xususiyatlarini chuqur o‘rganish, lug‘aviy va leksik ma’no, so‘z, narsa va tushuncha orasidagi munosabatlar ana shular jumlasidandir.
I BOB. SEMANTIKA VA POLISEMANTIKA 1.1 So’zlarning bir ma’noligi va ko’p ma’noligi Til fanining har bir bo‘limi o‘zining asosiy o‘rganish birligiga ega. Masalan, fonetika va fonologiyada bunday birlik tovushlar, morfologiyada morfemalar bo‘lsa, leksikologiyada asosiy tadqiq etilayotgan birlik so‘z hisoblanadi. Shuni aytish lozimki, so‘z nafaqat leksikologiyaning, balki tilshunoslikning barcha bo‘limlarida muhim o‘rganish ob’yektidir. Leksikologiyaning bo‘limlari semasiologiya, etimologiya, frazeologiya, onomasiologiya singarilarning barchasi o‘z o‘rganish sohasiga ega bo‘lib, ularning har birining vazifalari o‘ziga xos ekanligini talaba birinchi navbatda yaxshi bilmogi zarur. Buni yaxshi o‘zlashtirgan talaba leksikologiyaning o‘rganish sohasi va vazifalari nimadan iborat ekanini aniq tasavvur eta oladi. Bundan tashqari, leksikologiyaning sinxronik va diaxronik leksikologiyaga bo‘lib o‘rganilishi ham mavjud. Bu esa, yuqoridagilardan farqli o‘laroq, tilning hozirgi holati va bosib o‘tgan tarixiy evolyutsion yo‘li jihatidandir. Tilning leksik qatlamini tasnifiy va qiyosiy o‘rganish mumkinligi haqida ma’ruzalar matni va darslikda ma’lumot berilgan, ammo buni yuqoridagi bo‘limlar bilan bir qatorga qo‘yish maqsadga muvofiq emas. Chunki tasnifiy leksikologiyada alohida olingan muayyan bir tilning lug‘at boyligini har tomonlama o‘rganish nazarda tutilsa, qiyosiy leksikologiya o‘z oldiga ikki yoki undan ortiq til leksikasini qiyoslab o‘rganishni maqsad qilib qo‘yadi.
So‘z tilshunoslikning hamma sohasida birdek o‘rganilishi lozim bo‘lgan birlik hisoblanishi yaxshi ma’lum. Biroq, so‘zni voqelikdagi narsa, belgi, voqea, hodisa, harakatning bevosita belgisi deb tushunish izohtalabdir.Zotan, so‘z voqelikdagi narsa, belgi, voqea, hodisa, harakat kabilar haqidagi tushunchani nomlaydi.Boshqacha aytganda, so‘zning fizik qiyofasi bilan u anglatayotgan narsaning fizik qiyofasi o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik mavjud emas.Hozirgi tilshunoslikda so‘zning ma’nosini segnifikat termini bilan, u anglatgan predmet yoki hodisani denotat termini bilan nomlaymiz.
So‘zga nisbatan qo‘llanadigan terminlarga alohida ahamiyat qaratish zarurdir.So‘zning qanday o‘rinda ekanligini inobatga olib, turli terminlar qo‘llaniladi.So‘z lug‘at boyligining ma’lum bir unsuri sifatida vokabula, ma’no ifodalashini nazarda tutib semantema, narsaning nomini atagani, tushuncha bildirgani uchun leksema deb ataladi. Mazkur terminlar xususida aniq tushunchaga ega bo‘lish so‘zning qanday o‘rinda ekanligini to‘liq tasavvur etish imkonini beradi. Bunday terminlarning qo‘llanishi so‘zning lug‘aviy ma’nosini uning leksik ma’nosidan farqlab o‘rganish borasidagi jarayonda qo‘l keladi. Chunki so‘zning lug‘aviy ma’nosi bilan uning leksik ma’nosi hamma vaqt ham mos kelavermaydi.
So‘zning ma’nosi haqida gapirilganda shunga etibor qaratish lozimki, ma’no va tushuncha o‘rtasida muayyan farqli xususiyatlar mavjuddir. Bu haqdagi tasavvurni yanada oydinlashtirish uchun tilimizda mavjud bo‘lgan tabu va evfimizmlarga ahamiyat berish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, tushuncha leksik ma’nodan farqli bo‘lib, u faqat so‘z orqali emas, balki so‘z birikmasida ifodalanishi ham mumkin. Leksik ma’noning asosiy turlari atash, ko‘rsatish va ko‘chma ma’nodan iboratdir. Bu o‘rinda ko‘chma ma’no metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik asosidagi ma’no ko‘chishi sifatida tushunilmog‘i lozim. Ko‘chma ma’noning bunday ko‘rinishi, albatta, frazeologik birliklardagi ma’no ko‘chishidan farqlidir.
Odatda tilning leksikasi deganda, shu tilning lug’at tarkibi ya’ni barcha so’zlar yig’indisi tushuniladi.Tilshunoslikning tilning lug’at tarkibini o’rganish bo’limi leksikologiya deyiladi.Tilning ma’no-mazmun tomonini, ya’ni sistematikasini o’rganish bo’limi semasiologiya deyiladi. Leksikologiya tildagi so’zlarning yasalishi ularning kelib chiqishi (uni alohida nom bilan “etimologiya” deb ham ataladi. ) va ishlatilishini o’rganadi. Semasiologiya esa keng ko’lamda tildagi barcha birliklarning: so’z, so’z formasi, morfema, so’z birikmalari, gap, frazeologizmlarning ma’no-mazmun tomonini tadqiq etadi. Biroq ularning har ikkisi uzviy ravishda bog’liq bo’lib, semasiologiyaning o’rganish ob’ekti ancha kengroq. Chunki semasiologiya tilning ma’no-mazmun tomoni ancha chuqur va abstrak tekshirib, uning tushuncha tafakkur va belgi bilan bog’liq tomonlarini ham tadqiq etadi. Ko’pincha leksikologiya va semasiologiyaning asosiy vazifasi tilning markaziy birligi bo’lgan so’zni o’rganishga qaratiladi.
Tilning lug’at boyligi uning leksik sistemasi deb, so’zlarning ma’no-mazmun jihati esa tilning semantik strukturasi deb yuritiladi. “Sistema” tushunchasi tildagi birikmalarning yig’indisi va ularning o’rtasidagi aloqalarni taqazo etadi, “struktura” tushunchasi esa bu bog’lanishlarni qanday tarzda ekanligini, ularni izohlaydi. Tilning fonologik, morfologik va sintaksis bosqichlarining sistemasi, tasnif qilish metodlari ancha mukammal ishlangan bo’lsa, uning leksik va semantik sistemalari sayoz yoritilgan. Leksikologiya va semasiologiya bilan uzviy bog’liq bo’lgan tilning lug’atini tuzish prinsiplari har xil sohalarga tegishli lug’atlarning vazifalarini ko’rsatib beruvchi bo’lim leksikografiya deb ataladi. Odatda, umumiy va o’quv leksikografiyasi farqlanadi. Umumiy leksikografiya barcha tillar uchun lug’at tuzishning nazariy prinsplari metodlarini chuqur yoritib beradi. O’quv leksikografiyasi biror tilni o’rganish maqsadida pedagogik va metodik jihatdan asoslangan lug’atlar tuzish masalalarini o’rganadi. Mazmun va maqsadga ko’ra, lug’atlar bir necha Tillarga bo’linadi: izohli lug’at, terminologik lug’at, o’quv lug’ati, ikki tilning lug’ati, bir necha tillarning lug’ati, etimologik lug’at, omonimlar, sinonimlar, paronimlar lug’atlari, qisqarma lug’atlar va boshqalar. Keyingi yillarda “ideografik lug’at” yaki “tezarus lug’at” nomi bilan ataluvchi lug’atlar tuzilmoqda. Ideografik lug’at biror tushuncha doirasidagi so’zlar guruhsini, ya’ni semantik maydonini, so’zlarning bir-biridan farqlash belgilari va ichki bog’lanish strukturasini izohlab beradi.
Leksikologiya, semasiologiya va leksikografiya tarixiy-etimologik qiyosiy va sinxronik shakllarda bo’ladi. Leksikologiya tilning lug’at sostavini, semasiologiya tildagi so’zlarning ma’no-mazmun tomonini, semasiologiya, leksikografiya esa ularning ma’lum metod va prinsiplar asosida lug’atga joylash tartiblarini o’rganish bilan juda yaqindir.
So’zlarning semantik strukturasini o’rganishda asosan uch metod mavjud.Birinchi metodga ko’ra so’zning semantik strukturasi uning morfemik yasalishi bilan bog’lanadi.Ikkinchi metod so’zning semantik strukturasini uning sintaktik ishlatilishi bilan bog’liq ravishda tekshiradi.Uchinchi metod esa so’zning semantikstrukturasini alohida, Tilning shu so’zning ichiga olgan leksik-semantik guruhsiga qaraydi. Bu o’z metodni birlashtiruvchi umumiy xususiyat shuki, so’zning semantik stukturasiga Til leksik sistemasining elementi sifatida qaraladi, bu so’zning nutqda, konkret strukturasi ishlatilish tomonini aks ettirmaydi. Shu tufayli, keyingi davr tilshunosligida so’zning semantik strukturasi Til belgisining funksional ishlatilishi bilan bog’liq holda tadqiq qilmoqda. Bunda “semantik uchburchak” deb ataluvchi tushunchadan foydalanadi. “Semantik uchburchak” so’z fonemalarining yoki yozuvdagi harflarning yig’indisi ekanligi bilan uning so’zda ifodalangan tushuncha va so’z atay oluvchi predmet sistemasining elementi sifatida qaralganda so’zning fonetik jihati bilan signifikatning aloqasi nazarda tutiladi. So’z semantikasining nutqda ishlatilishi xisobga olinsa, bir yo’la fonetik denotat tomoni o’rtasidagi aloqaga asoslanadi. F.Desossyur ta’limotida so’zning ifoda va ma’no jihati ko’rsatilib, ma’no denotati o’rtasidagi aloqa ochilmay qolgan edi.
Tilga belgilar sistemasi sifatida qarash natijasida paydo bo’lgan semiotik yo’nalish birlamchi va ikkilamchi belgilarni saqlaydi. Ularning birlamchilari – nominative, ya’ni biror nom bilan atash va ikkinchilari predikativ, ya’ni fraza va gaplar sostavida ishlatilish funksiyasi deb yuritiladi. Nominative belgilar tildagi paradegmatik aloqalarga asoslansa, predikativ belgilar esa sintagmatikaga, ya’ni fraza va gaplarning nutqda ishlatilish tomoniga asoslanadi.
Ko’rinadiki, tilning leksika va semantikasini o’rganishda ikki yo’nalish mavjud bo’lib, ularning birinchisi faqat leksik – semantik xususiyatlar bilan ish tutsa, ikkinchi yo’nalish tilning belgilar yig’indisi ekanligiga asoslanadi. Biroq har ikki qarashning ham ob’ekti va vazifalari bir-biri bilan bog’liqdir. So’zning semantik strukturasi so’zlashuv situatsiyasida yoki koptokstda kengroq ochiladi.
So’zning farqlanish alomatlari sema deb ataladi.Semalarning yig’indisi semantema deyiladi. Leksik qatlamda semantemaga leksema to’g’ri keladi. Semalar fonologiyadagi fonemalarning farqlanish belgilariga o’xshashdir.Biroq semalar o’rtasidagi munosabat ma’no bilan bog’liqdir. Semantikada qaysi ma’nolar semalarga tegishli va qaysilari ularga tegishli emasligi aniq emas. Bunda bir-biriga yaqin ma’nolar, ya’ni semalar sinonimik ma’nolar, sifatida qaralishi ancha aniqdir. Masalan: ketmoq “harakatning yo’nalishi” ma’nosidagi semaga ega. Boshqa fe’llar, xususan, bormoq, jo’namoq ham ketmoq fe’lining ma’nosiga yaqin semalarga ega.Biroq ular shu harakatning ayrim belgilarini ifodalashi mumkin.Bu belgilar nutq situatsiyasida ochiqroq namoyon bo’ladi.Odatda, bir semantik strukturadan ikkinchi semantik strukturaga o’tishi semantik transformatsiyasi sifatida qaraladi. Bu xildagi transformatsiya grammatik transformatsiyasiga o’xshash bo’lsa ham, bu o’rinda so’z ma’nolarining kengayishi va torayishi, qayta nomlanish asosida tushunchalar o’rtasidagi bog’lanish va tafakkurdagi formal-logik qonuniyatlar yotadi.
So’z tilning eng asosiy va markaziy birligi bo’lib, tradidsion jihatdan aytilish va ma’no birligi, tilshunoslar tomonidan haqiqiy va formal ma’nolar, formal va semantik ma’nolar, grammatik va leksik ma’nolarning qarama-qarshiligi sifatida qarab kelindi. So’zlarga belgilarning bir-biriga aloqasi jihatidan qaralsa, uning ikki tomoni aytilishi va mazmuni o’rtasidagi aloqa kengroq ochildi. So’zning semantik jihatdan ikki tomonlama birlik ekanligi tashqi (predmet qatori) va ichki (tilning qurilishi) tomonini ko’rsatadi. Shuning uchun ham so’z tilda ikki planda namoyon bo’ladi: 1-nominatsiya, ya’ni atash birligi sifatida ma’lum leksik ma’noga ega bo’lgan lug’tning elementi; 2-til qurilish strukturasining negizi sifatida ma’lum morfologik shakllanishga, ya’ni Grammatik ma’noga ega bo’lgan birlik.
So’zning talffuz tomoni ham nazarda tutilsa, u yuqoridagi fikr ikki plani bilan bir qatorda fonologik strukturasi bilan ham alohida birlik hisoblanadi. Shu tufayli “fonologik so’z”, “morfologik so’z” va “semantik so’z” tushuncha va terminlari farqlanib, ularning har biri alohida til yarusida fonologiya, morfologiya va semasiologiyada o’rganiladi. So’zga kengroq ma’noda bir necha fonemalarning birikuvidan yo’ki bir fonemadan iborat bo’lgan tildagi boshqa birliklardan aloxida talaffuz bilan ajraladigan va o’zining leksik ma’nosini saqlab qoluvchi tilning asosiy birligi deb ta’rif berish mumkin. So’zning mazmun jihatini bir necha komponentlarga bo’lish mumkin. Bu komponentlar “semantik uchburchak”da ko’rsatilganidek, leksik ma’no, belgi va denotat o’rtasidagi aloqalarni chuqur o’rganish orqali aniqlanadi.
So’zning nutqda ishlatilishi ularning tanlanishi, ya’ni boshqa so’zlar bilan semantik aloqasi va ma’lum so’zlarning boshqa so’zlar bilan ma’no jihatidan birikish qobiliyatiga bog’liqdir. So’zlarning tanlanishi ularning ma’lum leksik-semantik paradigmalariga u yoki bu semantik belgilari asosida birlashuvi deb qaraladi.So’zning birikuvchi ma’lum sentagmalarining a’zolari sifatida tildagi sintaktik qoidalar asosida tuziladi. So’zlarning tanlanish jihati va ularning o’rtasidagi semantik munosabatlar paradigmatik aloqalar deb qaraladi. So’zlarning ma’no jihatidan birikishi sintagmatik aloqalarni izohlaydi.Ulrning bir-birlari bilan uzviy bog’liq.Chunki so’zning ma’lum paradigrammaning a’zosi ekanligi uning boshqa so’zlar bilan ma’no jihatdan birikishini ham nazarda tutadi.
So’zlar real borliqni aks ettiruvchi sifatida bir-birlari bilan bog’lanadi va tematik guruhlarga birlashadi: masalan, qush nomlari guruhsi, meva nomlari guruhsi va boshqalar. Har xil Tillarda buday tematik guruhlarning leksik-semantik doirasi keng va tor bo’lishi mumkin. Biroq bu xususiyat tillarni boy yoki kambag’al deb atashga asos bo’la olmaydi.Masalan, Yangi Britaniya orolidagi melaniziya Tilida banan mevasini 100 ga yaqin turlariga oid so’zlar mavjud.Biroq bu tilda qush, o’simlik, xayvon so’zlari yo’q.melaniziya tilida birgina aeo so’zining o’zi “barcha uchadigan qush, kapalak va boshqalar” ma’nosini ifodalaydi. Boshqa ko’pgina Tillarda “banan” faqat bir so’z bilan ifodalanadi.