O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


Ekstrovert va introvert toifali shaxslar



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/95
tarix02.01.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#43036
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   95
izhtimoij psixologiya

Ekstrovert va introvert toifali shaxslar 

 Bu  tiplar  muloqotga  kirisha  olish  qobiliyatiga  ko‗ra  farqlanadi.  Masalan, 

ekstrovert  —  o‗ta  muloqotga  kirishuvchan,  o‗zini  odamlar  guruhisiz  tasavvur  qila 

olmaydigan  shaxsdir.  Uning  uchun  muloqot  haqiqiy  ehtiyojidir,  boshqalarning  uni 

tushunish-tushunmasliklaridan  qati  nazar,  u  doimo  o‗z  fikr-istaklarini  o‗rtoqlashgisi 

keladi.  Ekstrovert  uchun  konkret  kim  bilandir  muloqotda  bo‗lish  emas,  umuman  kim 

bilan  bo‗lsa  ham  muloqotda  bo‗lish  xohishi  muhim.  Shuning  uchun  ham  u  umuman 

begona  odam  bilan  gaplashib,  kirishib  keta  oladi.  Gaplashgisi  kelmagan  begonaning 

psixologiyasini tushunishi qiyin ("Qanday  qilib gaplashishni xohlamaslik  mumkin?",  — 

deb  uylaydi  u).  Ekstrovertning  qiziqishlari  ham  tez-tez  o‗zgarib  turadi,  do‗stlari, 

o‗rtoqlarini  ham  almashtirib  turishga  intiladi.  Bundan  tashqari,  u  o‗ta  kirishuvchan 

bo‗lganligi  uchun  ham  har  qanday  sharoitda  vaziyatdan  chiqish  usullari  to‗g‗risida  tez 

xulosaga  keladi,  o‗ta  qiziquvchan,  dunyoda  bo‗layotgan  hodisalar,  ''mish-mishlar"ni 

bilish uning uchun zarur. Ekstrovert kek saqlamaydi, bugun urushgan odami bilan ertaga 

hech narsa bo‗lmaganday apoq-chapoq bo‗lib ketishi mumkin. 

Introvert  esa  ekstrovertning  teskarisi.  U  ko‗proq  ichki  dialog  formasidagi 

muloqotni  afzal  ko‗radi,  ya‘ni  yolg‗izlikda  mulohaza  yuritish,  o‗zi  haqida  o‗ylash  va 

shunga  o‗xshaganlar  uning  uchun  asosiy  ishdir.  Shuning  uchun  ham  unda  muloqotga 

ustanovka juda sust, odamlarning uni tushunmay qolishlaridan doimo xavotirda bo‗ladi. 

Introvert  kitoblar  olami,  falsafiy  fikrlashlar  qulidir,  chunki  u  odamlar  guruhida  sodir 

bo‗lib  turadigan  ziddiyatlardan  cho‗chiydi,  o‗zini  olib  qochadi.  Agar  muloqotda 

bo‗ladigan bo‗lsa, 2—3 kishidan ortiq bo‗lmagan guruhni afzal ko‗radi. Shunda ham har 

kuni  emas,  ba‘zan-ba‘zan  uchrashib  turish,  gaplashganda  ham  ''shaxsiy"  mavzularda 

emas, umumiy gaplar haqida suhbatlashishni yaxshi ko‗radi. Chunki u ekstrovertdan farq 

qilib, o‗z  ''Men"ining boshqalarga o‗xshamasligini doimo esda tutadi. Introvert   doimiy 




standartlar,  belgilangan  normalar  olamida  yashaydi,  qiziqqan  narsasi  bilan  umrini 

oxirigacha  bo‗lsa  ham  shug‗ullanishga  tayyor,  umr  yo‗ldoshiga  sodiq,  vafodor. 

Do‗stlarga ham xuddi shunday. 

 


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin