O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O„RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT SНARQSHUNOSLIK
INSTITUTI
IJTIMOIY PSIXOLOGIYA
fanidan
MA'RUZALAR MATNI
Toshkent – 2017
o‗quv-uslubiy majmua namunaviy dastur va ta‘lim yo‗nalishining o‗quv
rejasi asosida
ishlab chiqilgan va “Sharq tillarini o‗qitish metodikasi va pedagogika‖ kafedra majlisining
____2017____ yildagi ____ - sonli majlisida, ―uzoq sharq va janubiy osiy tillari‖ fakulteti ilmiy-
uslubiy kengashining _____2017____ yildagi ___ - sonli majlisida muhokama qilingan.
T u z u v ch i: Kamalova S.R.
Taqrizchilar:
A.Shoyusupova
«Sharq tillarini o‗qitish metodikasi va
pedagogika‖ kafedra» kafedrasi dotsenti,
pedagogika fanlari nomzodi
A.Rasulov
O‗zMU ―Psixologiya‖ kafedrasi dotsenti,
psixologiya fanlari nomzodi
Fanning o‗quv-uslubiy majmuasi Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Ilmiy-uslubiy
kengashida ko‗rib chiqilgan va tasdiqlangan (_______2017 yildagi ___- sonli bayonnoma)
K I R I S H
Bugun mustaqil yurtimiz fuqarolari psixologiyasida ro‗y berayotgan o‗zgarishlar,
ulardagi hayotda, uning qadriyatilariga, kasb-kori, oilasi va yaqinlariga bo‗lgan
munosabatlarida tobora milliy istiqlol mafkurasining asosiy mazmun va mohiyatlari
mujassamlashmoqda. Shu ma‘noda psixologiya fanining muhim tarmog‗i bo‗lmish
ijtimoiy psixologiya oldida turgan vazifalar ko‗lami va salmog‗i kattadir.
Biz jamiyatimiz hayotida ro‗y berayotgan barcha o‗zgarishlarning ijtimoiy
psixologik mohiyatini ijtimoiy psixologiyaning bugungi xolati va istiqboli nuqtai
nazaridan tahlil qilish orqali bu fanning jamiyatdagi o‗rni va imkoniyatlariga baho
berishni niyat qildik.
Ma‘ruza matnida ko‗tarilayotgan masalalar ijtimoiy hayot sirlarining muhtasar
bayoni bo‗lsa-da, ma‘lum ma‘noda ijtimoiy psixologiyaning ilmiy amaliyot va ilmiy
tadqiqot quroli sifatidagi imkoniyatlari to‗g‗risida tasavvur beradi.
Ijtimoiy psixologiyaning vazifalaridan kelib chiqib, o‗quvchilar hukmiga havola
etilayotgan ushbu kitobning asosiy maqsadi insonning jamiyat bilan bo‗ladigan ko‗plab
murakkab munosabatlari tizimining ijtimoiy psixologik mexanizmlarini yoritib berishdir.
Ushbu darslik yoshlarga aynan psixologik bilimlar asoslarini bersa-da, umid qilamizki,
ularni o‗z atrofida ro‗y berayotgan islohotlarga holis baho berish, o‗zi va o‗zgalar
ruhiyati sir-asrorlarini befarq bo‗lmaslik, o‗z layoqatlarini o‗stirishning elementar
vositalaridan bohabar bo‗lishga yordam beradi.
Ma‘ruza matni tarzida yaratilgan ushbu kitob ijtimoiy psixologiya asoslari
bo‗yicha muxtasar bilimlarni bergani bilan uning har bobi yakunida tavsiya etilgan
topshiriqlar, mashqlar, testlar va mustaqil bajarish uchun berilgan mavzular talabalarni
o‗z ustida ishlashga o‗rgatadi va psixologiyaning boshqa masalalarini ham mustaqil
o‗rganish va ruhiy hodisalarni tahlil etishga ko‗maklashadi.
Muallif har bir talaba kitobni mutoala qilish jarayonida unda ko‗tarilgan
muammolarga befarq qolmaydi, jahonda va mustaqil yurtimizda ro‗y berayotgan
olamshumul voqealar mohiyatini anglashda va ularga nisbatan faol hayotiy mavqening
shakllanishida ko‗makdosh bo‗ladi, deb umid qiladilar.