ASOSIY QISM:
1.1.
Ijtimoiy psixologiya fanining tarixi
Rus olimasi G.M.Andreeaa ta‘kidlaganidek, ijtimoiy psixologiya sohasida
ishlayotgan mutaxassisning aslida kim ekanligi - psixologmi, faylasufmi yoki sotsiologmi
- uning ushbu fan predmetiga yondashuvida o‗z aksini topadi, chunki agar u sotsiolog
bo‗lsa, ijtimoiy qonuniyatlarni avval boshdan jamiyatdagi an‘analar va umumiy qoidalar
tilida tushuntirishga intilsa, psixolog - konkret olingan shaxe psixologiyasining
qonuniyatlarini umumjamiyat qonun-qoidalariga tadbiq etishga harakat qiladi. Shuning
uchun ham G.Andreyeva ijtimoiy psixologiyaning mavzu bahsi haqidagi hozirgi zamon
qarashlarini umumlashtirib, bu o‗rinda uch xil yondashish: sotsiologik, psixologik, ham
sotsiologik va psixologik mavjud ekanligini asoslaydi. Nima bo‗lganda ham, shuni asosli
tarzda e‘tirof etish zarurki, ijtimoiy psixologiyaning alohida fan bo‗lib ajralib chiqishiga
sabab bo‗lgan ilmiy manbalar ikki fan - psixologiya va sotsiologiya fanlarining erishgan
yutuqlari va har qaysisining doirasida ma‘lum muammolarning yechilishi uchun yana
qo‗shimcha alohida fanning bo‗lishi lozimligini tan olish tufayli yuzaga keldi. Shuning
uchun ham uzoq yillar mobaynida ijtimoiy psixologiya sohasida tadqiqotlar olib
borayotgan shaxsning kimligiga qarab, izlanishlarning natijalarida u yoki bu yondashuv -
psixologik yoki sotsiologik yondashuvning ustuvorligi yaqqol ko‗zga tashlandi. Demak,
bu fanning tug‗ilishi, o‗z predmeti sohasini aniqlab olishiga sabab bo‗lgan sotsiologiya
va psixologiya fanlaridir va bu fanlar aslida uning "ota-onalaridir".
Dostları ilə paylaş: |