O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


Ijtimoiy xulq-atvor instinktlari nazariyasi



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/95
tarix02.01.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#43036
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   95
izhtimoij psixologiya

1.2.3. Ijtimoiy xulq-atvor instinktlari nazariyasi 

 Ijtimoiy  xulq-atvor  instinktlari  nazariyasi  XX  asrning  boshida  Angliyada 

shakllandi.  Uning  asoschisi  ingliz  psixologi  Uilyam  Makdugall  bo‗lib,  u  o‗zining

 

1908 



yilda yozgan "Ijtimoiy psixologiyaga kirish"   kitobidagi inson xulq-atvorlarining motivi 

yoki  uni  harakatga  keltiruvchi  kuch  instinktlardir,  -  deb  yozgan.  Keyinchalik  u  instinkt 

tushunchasi bilan birga layoqat, intilish  iboralarini ham ishlata boshladi. Uning fikricha, 

xulq-atvorni    ta‘minlovchi  narsa  tug‗ma,  psixofiziologik  tayyorlik  holati  bo‗lib,  u 

nasldan-naslga  uzatiladi.  Makdugall  barcha  harakatlarni  refleksiv  holda  tushuntirishga 

intilib,  refleksiv  yoyga  xos  bo‗lgan  barcha  qismlar  —  ya‘ni  efferent  qabul  qiluvchi, 

reseptiv  bo‗lim,  efferent  (harakat)  va  markaziy  bo‗limdan  iborat  tizim  sifatida  tasavvur 

qiladi. Barcha ijtimoiy harakatlar ham ana shunday refleksiv tabiatga egadir, deb uqtiradi 

u. 

Shunga o‗xshash fikrlar E. Ross ("Ijtimoiy psixologiya ) va Dj. Bolduin ("Ijtimoiy 



psixologiya  bo‗yicha  tadqiqotlar")  qarashlarida  ham  rivojlantirilgan.  Masalan,  Bolduin 

ikki  turli  irsiyat  xaqida  —  tabiiy  va  ijtimoiy  irsiyat  haqida  yozib,  ijtimoiy  odamlardagi 

taqlid  qilish  qobiliyati  bilan  bog‗liq,  deb  yozadi.  Jamiyatda  yashayotgan  odamlar  bir-

birlariga  ta‘sirlarini  o‗tkazishga  moyildirlarki,  bu  narsa  ular  o‗rtasidagi  munosabatlarni 

boshqarib turadi. 

Shunday qilib, bu yo‗nalish tarafdorlarining  fikricha, barcha ongli harakatlarning 

boshi — ongsizlikdir, ya‘ni instinktlar bo‗lib, ular asosan hissiyotlarda namoyon bo‗ladi. 

Hissiyot bilan instinktlar bog‗liqligini Makdugall juftliklarda ko‗rsatishga harakat qilgan: 

masalan,  kurash  instinkti  —  qo‗rquv,  g‗azab  hissi;  nasl  qoldirish  instinkti  —  rashk 

ayollardagi  tobelik  hissi;  o‗zlashtirish  instinkti    —    xususiylikka  intilish    hissi    va  

hokazo. Ijtimoiy hodisalarni tushuntirishda tug‗ma instinktlar rolining yuqori qo‗yganligi 

uchun  bu  nazariya  ilmiy  taraqqiyot  bosqichida  salbiy    o‗rin  tutdi,    deb  aytishimiz 

mumkin.  Lekin  uning  ayrim  hodisalar  sabablarini  tushuntirishga          harakat  qilishi  fan 

oldiga ulkan  vazifalarni  qo‗ydi. Ijtimoiy psixologiya  fan  sifatida  ana  shu  muammolarni 

tadqiq qilishi lozim edi. 

Demak,  yuqorida to‗xtab  o‗tilgan uchala nazariyaning ahamiyati shundan iborat 

ediki,  ular  yangi  tug‗ilishi  lozim  bo‗lgan  fan  —  ijtimoiy  psixologiyaning  tadqiqot 

mavzuini  ochib  berdi.  Qolaversa,  bu  uchchala  yo‗nalish  ham  nazariy  qarashlarni  isbot 

qilishda  ob‘ektiv      tekshiruv      usuli      hisoblangan      eksperimentdan  foydalanish 

zaruriyatini  ko‗rsatdi.  Bu  narsa  yana  bir  bor  maxsus  fanning    kelajak    rejalarini  

aniqlashga yordam berdi. 


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin