O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


Ijtimoiy psixologiya fanining vazifalari



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/95
tarix02.01.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#43036
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   95
izhtimoij psixologiya

1.4. Ijtimoiy psixologiya fanining vazifalari 

 

Ijtimoiy psixologiya va umuman ijtimoiy faoliyat 6ilan shug‗ullanuvchi fanlarning 



asosiy  vazifasi  -  barkamol  avlod  tarbiyasini  ta‘minlovchi  barcha  ma‘naviy,  ruhiy  va 

insoniy  munosabatlar  mohiyatini  tahlil  qilish,  ularni  boshqarishning  eng  samarali 

usullarini  xayotga  tadbiq  etishdir.  Bu  o‗rinda,  ayniqsa  ijtimoiy  tafakkurning,  yangicha 

dunyoqarash  va  munosabatlarning  shakllanishini,  insonning  o‗ziga  va  o‗zgalarga  ta‘sir 

etishining mexanizmlarini o‗rganish eng dolzarb masalalardandir. 

Taniqli  fransuz  olimi  Serj  Moskovisi:  ―Ijtimoiy  psixologiyaning  vazifalarini 

bevosita  jamiyat  belgilaydi‖,  deb  yozgan  edi.  Demak,  fan  sifatida  ijtimoiy 

psixologiyaning oldida turgan vazifalari, muammolari bevosita jamiyatdan kelib chiqadi.  




Xo‗sh,  bugungi  kunda  ijgimoiy  psixologiya  fan  sifatida  o‗z  bahs  mavzusini  o‗z 

predmetini  qaysi  ob‘ektlarga  qaratmoqda  va  bundan  kelib  chiqib  bu  fan  oldida  qanday 

vazifalar mavjud? 

 

1.4.1. Kichik guruhlar va jamoalar psixologiyasi 



Birinchidan,  uning  asosiy  yo‗nalishi  kichik  guruhlar  va  jamoalar  psixologiyasini 

o‗rganishdan iboratdir. Har bir shaxs hamisha malum ijtimoiy guruxlap doirasida faoliyat 

ko‗rsatadi.  Bu  uning  oilasi,  mehnat  jamoasi,  ko‗cha-kuydagi  norasmiy  guruhdagi 

do‗stlari  davrasi,  o‗quv  jamoasi  va  hokazolardir.  Shaxsning  yakka  va  turli  guruhlar 

doirasida o‗zini tutishi, xulq-atvori, mavqei, unga o‗ziga xos guruhiy ta‘sirlar, guruhdagi 

shaxslararo moslik, liderlik, guruhiy taz‘yiqqa beriluvchanlik kabi qator hodisalar aslida 

o‗sha  guruhlarni  boshqarish,  o‗zaro  munosabatlar  sharoitini  yaratish  -  bu  odamlarni 

samarali  o‗zaro  muloqotga  o‗rgatishning  zaruriyatidir.Guruhlardagi  kishilar  o‗rtasida 

o‗zaro muloqot, o‗zaro bir-biriga ta‘sir usullari, odamlarni samarali muloqotga o‗rgatish 

ham guruhlar ijtimoiy psixologiyasining muhim vazifasi hisoblanadi. 

 

1.4.2. Shaxsni ijtimoiy-psixologik o‗rganish 

Ikkinchidan,  shaxsning  ijtimoiy  psixologik  qiyofasi  masalasi  ham  bugungi 

kundagi o‗zgarishlar va manaviy jihatdan poklanish davrida o‗ta muhim sohadir. Shaxsni 

ijtimoiy psixologik o‗rganish  tadqiqotlarining ob‘ekti sifatida qaralganda, avvalo uning 

xulq-atvori,  ijtimoiy  motivlari,  uning  yo‗nalishlari,  xulq-atvor  normalari,  shaxsning 

jamiyatda  turli  ijtimoiy  rollari,  mavqei,  ijtimoiy  qo‗shilish  omillari-ijtimoiylashuvi; 

shaxsning  o‗z-o‗ziga  bahosi,  munosabati,  hurmati  hamda  ijtimoiy,  tarixiy  va  madaniy 

shart-sharoitlarning shaxs ongiga ta‘siri, shaxs tiplari o‗rganiladi. 

 

1.4.3. Ommaviy ijtimoiy-psixologik hodisalar 

Uchinchidan,  jamiyat  miqyosida  ro‗y  beradigan  ommaviy  hodisalar  ijtimoiy 

psixologiya  uchun  tadbiqiy  ahamiyatga  ega.  Ijtimoiy  psixologiyada  ommaviy  hodisalar 

deganda  turli  kishilar  guruhida  shaxslararo  munosabatlar  va  o‗zaro  ta‘sir  jarayonlari; 

milliy  etnopsixologiya  hamda  sinflar  psixologiyasi  muammolari;  milliy  madaniyat,  urf-

odatlar,  an‘analar,  udumlar,  aqidalarning  shaxs  shakllanishidagi  roli;  olomon 

psixologiyasiga oid psixologik qonuniyatlar; turli guruhlarda odamlarning bir-birini idrok 

qilishlari va tushunishlari, o‗zaro ta‘sir masalalari tushuniladi. 

Chunki  alohida  shaxs  tarbiyasida  ommaviy  hodisalarning,  katta  guruhlarning 

tasirini  inkor  etish  -  masalaga  bir  yoqlama  yondashish  bilan  barobardir.  Masalan,  shaxs 

uchun  u  mansub  bo‗lgan  millat,  elat  yoki  xalqning  ruhiyati,  uning  ongidagi  asrlar 

davomida  saqlanib  kelayotgan  ananalar,  rasm-rusumlar,  aqidalar,  udumlar,  faoliyat 

stereotiplari kabilar o‗z muayyan tasir kuchiga  ega. 



 

1.4.4.Oila—ijtimoiy psixologiyaning o‗rganish ob‘ekti sifatida 

To‗rtinchidan,  oila—ijtimoiy psixologiyaning o‗rganish ob‘ekti sifatida. Bu yerda 

oilaga xos psixologik jarayonlar, oila a‘zolarining bir-birlariga munosabatlari, nikohdagi 

o‗zaro  moslik  masalalari,  oilaviy  mojarolarning  psixologik  omillari,  oilada  bola 

tarbiyasining ijtimoiy psixologik metodlari o‗rganiladi. 

Ajratilgan  vazifalardan  yana  biri    shuki,  hozirgi  davrda  ijtimoiy  psixologiya  o‗zi 

bilan bevosita aloqador bo‗lgan boshqa psixologiya tarmoqlari bilan hamkorlikda keskin 

o‗zgarishlar davrida har bir inson ongida nima sodir bo‗ladi, u bu o‗zgarishlarni qanday 



idrok  qilmoqda,  uning  hayotiy  mavqeini  qanday  qilib  maqsadga  muvofiq  tarzda 

faollashtirish mumkin, degan savollarga ilmiy asoslangan javob topib berishdir. 



Boshqaruv  psixologiyasi,  sanoat  va  ishlab  chiqarish  psixologiyasi  ham  shunday 

guruhiy jarayonlarning qonun va qoidalarini tadqiq etish tufayli ajralib chiqqan tadbiqiy 

sohalardir. 

Ijtimoiy  psixologiya  o‗rganadigan  eng  asosiy  va  yuqorida  ta‘kidlab  o‗tilgan 

muammolarni o‗z ichiga olgan masalalardan biri - 6u muomaladir. Psixolog olimlarnnng 

fikricha,  bugungi  kunda  ijtimoiy  psixologiyaning  predmeti  ham  va  uning  doirasida 

o‗tkaziladigan  barcha  tadqiqotlarning  umumiy  ob‘ekti  ham  muomaladir.  Uning  inson 

hayotida  tutgan  o‗rnini  aniqlash  turli  ijtimoiy  faoliyatlar  sharoitida  samara  beradigan 

muomala turlari va uslublarini yoritish, uning sof psixologik mexanizmlarini tadqiq etish, 

fanning  eng  muhim  tadbiqiy  yo‗nalishlaridandir.  Shuning  uchun  ham  har  bir  konkret 

sharoitda  shaxslararo  muloqot  samaradorligini  oshirish  omillarini  o‗rganish  hozirgi 

ijtimoiy psixologiyadagi muhim muammolardandir. 

 


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin