O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


Xalqlar psixologiyasi nazariyasi



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/95
tarix02.01.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#43036
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   95
izhtimoij psixologiya

1.2.1. Xalqlar psixologiyasi nazariyasi 

 Halqlar psixologiyasi  nazariyasi  ijtimoiy  psixologik  nazariya sifatida 19 asrning 

o‗rtalarida Germaniyada shakllandi. Undagi asosiy g‗oya shu ediki,  ayrim individlardan 

yuqori  turadigan  ruh  mavjud  bo‗lib,  bu  ruh  o‗zidan  ham  yuqori  turadigan  ilohiy 



yaxlitlikka bo‗ysunadi. Bu ilohiy  yaxlitlik esa xalq yoki millatdir. Ayrim individlar ana 

shu  yaxlitlikning  bo‗laklari  bo‗lib,  ular  bu  ruhga  bo‗ysunadilar.  Ya‘ni,  shaxs  bilan 

jamiyat  o‗rtasidagi  qarama-qarshilik  muammosi  jamiyat  foydasiga  hal  qilinadi.  Bu 

nazariyaning tarixiy-mafkuraviy asosi bo‗lib Gegel falsafasi va nemis romantizmi xizmat 

qilgan.  «Xalqlar  psixologiyasi»  iborasi  birinchi  marta  faylasuf  M.Lasarus  hamda 

tilshunos  G.Shteyntallarning  «Xalqlar  psixologiyasi  to‗g‗risida  kirish  so‗zi»  kitobida 

ifodalab berilgan:  «Tarixni  yurgizuvchi asosiy kuch bu xalq  yoki shu  yaxlitlikning ruhi 

bo‗lib,  bu  ruh  san‘atda,  dinda,  tilda,  afsonalarda,  an‘analarda  o‗z  aksini  topadi. 

Individning ongi shu yaxlitlikning mahsuli bo‗lib, ularning yig‗indisi o‗z navbatida xalq 

ongini  tashkil  etadi.  Xalqlar  psixologiyasining  vazifasi  xalq  ruhi  mohiyatini  o‗rganish, 

xalq  ruhiyati

  K


onunlarini  ochish,  xalq  psixologiyasiga  oid  bo‗lgan  o‗ziga  xos 

xususiyatlarning paydo bo‗lishi va yo‗nalishini tushuntirib berishdir». 

Ushbu    kitobda  mualliflar  shaxs  bilan  jamiyat  munosabati    xususida  quyidagi 

mulohazalarini bayon etadilar: «Odam o‗z mohiyati jihatidan ijtimoiy mavjudot bo‗lib, u 

jamiyat  hayoti  bilan  uzviy  bog‗liq,  chunki  u  o‗ziga  o‗xshashlarga  qarab  rivojlanadi, 

boshqalarga  taqlid  qilib  harakat  qiladi  va  ular  ta‘qibidan  qochadi...».  Xalqlar 

psixologiyasining  asoschilari  faqat  nazariy  mulohazalar  yuritish  bilan  cheklanadilar, 

chunki ularda o‗z fikrlarini isbot qilish uchun tadqiqot ishlari yo‗q edi. 

"Psixologiyaning otasi" hisoblangan Vilgelm Vundt esa xuddi ana shu tadqiqotga 

asoslangan  ma‘lumotlar  to‗plashga  o‗z  diqqatini  qaratdi.  U  o‗zining  "Inson  va  hayvon 

ruhi  haqida  leksiyalar"i  (1863  y)  va  1900  yilda  bosmadan  chiqqan  o‗n  tomli  "Xalqlar 

psixologiyasi"  asarlarida  asosan  o‗zi  to‗plagan  empirik  ma‘lumotlar  asosida  xalqlar 

psixologiyasiga  bag‗ishlangan  fikrlari  tizimini  bayon  etdi.  Uning  fan  oldidagi  xizmati 

shundan  iborat  ediki,  empirik  ma‘lumotlar  to‗plash  usullari,  to‗plangan  manbalarni 

sharhlash  borasida  bebaho  bilimlar  to‗pladi.  Uning  fikricha,  psixologiya  fani  ikki 

qismdan  iborat:  fiziologik  psixologiya  va  xalqlar  psixologiyasi.  Fiziologik  psixologiya 

inson ruhiyatini o‗rganuvchi eksperimental fan bo‗lib, oliy psixik jarayonlar — tafakkur 

va  nutqdan  tashqari  barcha  narsani  tajriba  usulida  tadqiq  etish  mumkin.  Tajriba  usulida 

o‗rganib bo‗lmaydigan barcha oliy ruh holatlarini xalqlar psixologiyasi o‗rganadi, chunki 

undagi o‗rganish usullari o‗ziga xosdir — u madaniy mahsullar hisoblangan til, afsonalar, 

odatlar, san‘at asarlari, inson tafakkurining murakkab tomonlarini ochib beradi. 

Shunga  qaramay  Vundtning  qarashlari  idealistik  asosda  bo‗lgan,  ya‘ni  u  individ 

bilan  jamiyat  o‗rtasidagi  murakkab  dialektik  munosabatni  idealistik  asosda  turib  hal 

qilgan  va  jamiyatning  rolini  absolyut  tushunib,  shaxsning  tarixini  yaratishdagi,  ijtimoiy 

jarayonlardagi  faol  o‗rnini  ko‗ra  bilmagan.  Uning  izdoshlari  —  Rusiyalik  A.  Potebni, 

nemis olimi T. Geyger va boshqalar ham u yo‗l qo‗ygan mafkuraviy kamchilikni oldini 

ola  olmadilar,  lekin  ular  bir  fikrda  yakdil  edilarki,  xalqlar  psixologiyasi  individual 

psixologiyadan farq qiladi, shuning uchun ham maxsus fan kerakki, u o‗ziga xos usullar 

yordamida  shaxs  va  jamiyat  munosabatlari  qonunlarnni  ochib  berishi  lozim.  Xuddi  ana 

shu xulosalar ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida shakllanishiga ilmiy asos bo‗ldi. 




Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin