Jamiyat - bu insonlar majmuidir. Uning taraqqiyoti va ma‘naviy salohiyati ko‗p
jixatdan ana shu insonlar o‗rtasida yuzaga keladigan o‗zaro munosabatlarning tabiatiga,
ular amalga oshiradigan murakkab ijtimoiy hamkorlik faoliyatining mazmuniga bog‗liq.
Har bir inson jamiyatda yashar ekan, u unda o‗ziga xos o‗rin va mustaqil mavqe
egallashga intiladi, shuning uchun u o‗ziga xos intilish, layoqat va faollik namunalarini
namoyish etadi. Insonlar o‗rtasidaga o‗zaro munosabatlarni hamda har bir shaxsning
jamiyatdagn o‗rni va uning turlicha ijtimoiy munosabatlari tabiatini o‗rganuvchi qator
Ijtimoiy psixologiya juda qadimiy va shuning bilan birga u o‗ta navqiron fandir.
Uning qadimiyligi insoniyat tarixi, madaniyati va ma‘naviyatining qadimiy ildizlari bilan
belgilanadi. Ular aslini olib qaraganda, u yoki bu jamiyatda yashagan kishilar o‗rtasidagi
ijtimoiy munosabatlarning va tafakkurning xosilasi ekanligi bilan e‘tirof etilsa, u - o‗z
uslubiyoti, predmeti va fanlar tizimida tutgan o‗rnining yangiligi insoniyat
taraqqiyotining eng yangi davrida shakllanganligi va rivojiga turtki berganligi bilan
tavsiflanadi. Darhaqiqat, ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida tan olinishi xususida so‗z
borar ekan, uning rasman e‘tirof etilishi 1908 yil deyiladi. Chunki aynan shu yili ingliz
olimi V. Makdugall o‗zining "Ijtimoiy psixologiyaga kirish" kitobini, amerikalik
sotsiolog E.Ross esa "Ijtimoiy psixologiya", deb nomlangan kitobini chop ettirgan edi.
Bu asarlarda birinchi marta alohida fan - ijtimoiy psixologiyaning mavjudligi tan olindi
va uning predmetiga ta‘rif berildi. Ikkala muallif ham - biri psixolog, ikkinchisi sotsiolog
bo‗lishiga qaramay, bu fanning asosiy predmeti ijtimoiy taraqqiyot hamda psixik
taraqqiyot qonuniyatlarini uyg‗unlikda o‗rganishdir, degan umumiy xulosaga kelishgan.
Dostları ilə paylaş: