1.2. Ijtimoiy psixologiyaning uch nazariy manbai
19 asrning oxiri va 20 asr boshlarida fanda uch nazariya paydo bo‗ldiki, ular haqli
ravishda ijtimoiy psixologiyaning mustaqil ilmiy yo‗nalish sifatida shakllanishiga
o‗zlarining munosib hissalarini qo‗shdilar. Bu uch nazariyani birlashtirib turgan narsa shu
bo‗ldiki, ularning har biri mustaqil tarzda shaxs bilan jamiyat munosabatini ilmiy asosda
tushuntirishni izlanishlarning asosiy mavzusi deb hisobladilar. Bu uch manba - xalqlar
psixologiyasi, omma psixologiyasi va ijtimoiy xulq-atvor instinktlari nazariyalaridir.
Dostları ilə paylaş: |